§2.2.O’ZBEKISTONDA MATEMATIKA RIVOJI
1. O’zbekistondamatematikafaniningdastlabkiqadamlari
O’zbekistondamatematikafanirivojlanishiO’rtaOsiyodavlatuniversitetiningochilishibilanb
evositabog’liqmilliymutaxassislarningyetishibchiqishidabumaskannitashkiletishga,
yordamgakelganrusmatematiklario’zhissalariniqo’shdilar.BularorasidaVsevolodIvanovic
hRomanovskiy (1879-1954) ningxizmatlarialohidaahamiyatgaega.
O’zbekistondaehtimollarnazariyasivamatematikstatistikabo’yichabutundunyogamashhuril
miymaktabningro’yobgakelishmaskaniO’zbekistonMilliyUniversitetibo’ldi.
Matematikaningbusohagadoirnazariyvaamaliytadqiqotlaruniversitettashkiletilganidanbos
hlanganbo’lib, ungamatematikolimVsevolodIvanovichRomanovskiyasossolgan.
Romanovskiy
1879-yili
5-dekabrda
Verxniyshahridatug’ildi.
Toshkent
real
bilimyurtidao’qidivauni
1890-yilda
tugatdi.
Keyingima’lumotni
Sankt-
Peterburguniversitetidaoldiva u 1901-yilda fizika-matematikafakultetigao’qishgakirdi.
1906-yilda
universitetnitugatib,
Romanovskiy
u
yerda
professor
unvonigatayyorlashuchunqoldirildivamagistrimtihonlarinitopshirgandanso’ng 1908-yili
real bilimyurtio’qituvchisibo’libishlayboshladi.
1911-yilda Romanovskiy varshava universiteti dotsenti, so’ngra professori lavozimini
egalladi. O’sha davrda Romanovskiy xususiy hosilali differensial tenglamalar va sonlar
nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar olib bordi, ,,Analizga kirish’’ maruza kursini nashr etdi.
34 yil davomida Romanovskiy kafedraga mudirlik qildi, ma’lum davrda fizika-
matematika fakulteti dekani, 1933-1936-yillari Toshkent qoshidagi fizika-matematika
tadqiqotlar Institutini boshqardi.
1936-yilda unga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi unvoni berildi. 1948-yili u
Davlat mukofoti laureate bo’ldi.
Matematik statistika sohasi bo’yicha Romanovskiyning ishlari keng qamrovli
muammolarni o’z ichiga oladi. Bu yo’nalishda uning ,,korrelyatsiya nazariyasi
elementlari’’ (1928), ,,matematik statistika’’ (1938), ,,Matematik statistikaning elementar
kursi’’ (1939), ,,Tajriba ishida matematik statistikani qo’llash’’ (1947) va ,,Xatolar
nazariyasining asosiy masalalari’’ (1947) kabi kitoblari katta axamiyat kasb etadi. Uni
dunyoga mashhur qilgan bosh masala empirik xarakteristikalarning taqsimot
funksiyalarini tadqiq etish bo’ldi. Romanovskiyning chekli Markov zanjirlariga oid
izlanishlarini alohida ta’kidlab o’tish joizdir. Ikkinchi jahon urushiga qadar
Romanovskiyning chop etgan ,,Matematik statistika’’ (1938), ,,Elementarniy kurs
matematicheskoy statistika’’ (1939) monografiyalari butun dunyo matematiklarining
diqqatiga sazovor bo’ldi. Umuman Romanovskiydan 200 dan oshiq ilmiy maqola va
monografiyalar meros qoldi. Bu hozirga o’zbek matematikasining oltin fondini tashkil
etmoqda. Uning xizmatlari istiqloldan so’ng hukumatimiz va Prezidentimiz tomonidan
yuksak darajada baholanib, 2004-yilda ,,Buyuk Xizmatlari uchun’’ ordeni bilan
taqdirlandi. O’zbekiston Fanlar akademiyasining matematika instituti uning nomi bilan
ataladi.
NIKOLAY NIKOLAYEVICH NAZAROV
Nikolay 1908-1947-yillarda yashagan. U o’rta maktab ma’lumotini oilada olib 12
yoshidayoq Turkiston davlat universitetiga kirish imtihonlarini a’lo baholarga topshirib,
Romanovskiy iltimosiga ko’ra universitet talabasi qilib qabul qilindi. U universitetni 16
yoshida matematik ixtisosi bo’yicha tugatdi. 1926-1929-yillarda sobiq SSSR Fanlar
Akademiyasining Steklov nomli matematika institute aspirant, 1929-yildan O’rta Osiyo
davlat Universiteti Oliy matematika kafedrasida assisent, so’ngra dotsent, 1935-yildan
professor, 1938-yildan matematik analiz kafedrasi mudiri bo’ldi. 1938-yilda
,,Gammershteyn tipidagi chiziqli bo;lmagan integral tenglamalar’’ degan mavzusida
doktorlik dessertatsiyasini yoqladi. N.N.Nazarovning ishlari uch xil yo’nalishga
bag’ishlangan: orthogonal polinomlar nazariyasi, interpolyatsiya nazariyasi va nazariy
mexanika.
TOSHMUHAMMAD NIYOZOVICH QORI-NIYOZIY
Qori-Niyoziy 1897-1970-yillarda yashagan. Qori Niyoziy 1897-yilning sentyabrida
Qo’qonda tug’ilgan. Rus maktabini tamomlab, 1917-yili Farg’onada maktab taashkil etdi,
maktabga 1925-yilgacha raxbarlik qildi. U Toshkent universiteti fizika-matematika
fakultetiga o’qishga kirdi. 3-kursda taxsil olayotganida oliy matematikadan mashg’ulot
olib boorish topshirildi. U yerni tugatib universitet professori bo’ldi.
Qori-Niyoziyning o’zbek tilida ,,Tekislikda analitik geometriya’’, ,,Ruscha-o’zbekcha
matematik terminlar lug’ati’’ (1953), ,,Fazoda analitik geometriya’’ (1933), ,,Differensial
va integral hisob’’ (1933), ,,Matematik analiz asosiy kursi’’ 1-tom (1937), 2-tom
,,Differensial tenglamalar’’ (1938) va boshqa asarlari bor.
Qori-Niyozov 1931-1932-yillarda Toshkent universiteti rektori, 1939-yilda fizika-
matematika fanlar doktori dissertatsiyasini himoya qiladi. Keyinchalik Fan ilmiy
qo’mitasi Prezidiumi raisi, sobiq SSSR Fanlar Akademiyasi o’zbek filiali Prezidiumi
raisi, O’zbekiston maorif xalq komissari, fan, madaniyat va san’at raisi o’rinbosari
lavozimlarida faoliyat olib bordi.
U 1950-yili ,,Ulug’bekning astranomik maktabi’’ monografiyasi uchun Davlat
mukofotiga, 1968-1969-yillarda nashr etilgan uch jildlik o’zbek tilidagi ,,Matematik
analiz asosiy kursi’’ darsligi uchun O’zbekiston Beruniy nomidagi davlat mukofotlariga
sazovor bo’ldi. 1967-yili O’zbekiston fani va madaniyatini rivojlanishiga qo’shgan
xizmatlari uchun Mehnat qahramoni unvoni berildi.
TOSHMUHAMMAD ALIYEVICH SARIMSOQOV
T.A.Sarimsoqov 1915 yil 10-sentabrda Farg’ona viloyatining Shahrixon qishlog’ida
tug’ildi. 1931-yili Qo’qonda o’rta maktabni 8-sinfini tamomlab, O’rta Osiyo davlat
universitetining fizika-matematika fakulteti talabasi bo’ldi. 1936-yili aspiranturaga
kiradi. 1938-yili ,,Ikkinchi tartibli differensial tenglamalar ildizlarining taqsimoti va bazi
algebraik tenglamalarning asimptotik yechish’’ nomli dissertatsiyasini himoya qildi va
dotsent unvonini olib, umumiy matematika kafedrasini boshqardi.
1943-yilda O’rta Osiyo Davlat Universitetining rektori, O’zbekiston Fanlar
Akademiyasining akademigi, 1943-1946-yillar Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti,
1946-1952-yillarda Fanlar Akademigi prezidenti bo’lib ishladi. 1960-1971-yillarda
O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’limi vaziri lavozimida, ko’p yillar davomida
Toshkent universiteti rektori, umumiy matematika kafedrasi mudiri, fakultet dekani
o’rinbosari, 1944-1957-yillarda universitetning ehtimollar nazariyasi va matematik
statistika kafedrasiga mudirlik qildi, 1964-yilda u funksional analiz kafedrasini tashkil
etdi.
T.A.Sarimsoqov Ozbekiston matematika fani va oliy ta’limni rivojlantirishdagi katta
xizmatlari uchun ko’plab medal va ordenlar bilan taqdirlangan. U Davlat Mukofotiga
(1948), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga (1967-1994) sazovar bo’lgan.
Unga ,,O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi’’ (1960) va Mehnat
qahramoni (1990) unvonlari berilgan.
T.A.Sarimsoqov tadqiqotlarida nazariy ishlanmalar, aniq amaliy masalalar bilan
muvoffiq tarzda olib borilgan. U Markovning ehtimoliy sxemalarini O’rta va Oldingi
Osiyo ustidagi sinoptik jarayonlarni o’rganish tadbiqlari bilan shug’ullandi. 50-yillar
oxiridan son o’qi o’rnida konusli topologik fazolardan fundamental matematik
konstruksiyalardan foydalanish imkoniyatlari muammosini tadbiq qildi. Umumiy
topologiya, funksional analiz va ehtimollar nazariyasi asosiy g’oyalarini umumlashtirib
yarim tartiblangan topologik – algebraik obyekt bilan almashtirish g’oyasini rivojlantirdi.
1969-yilda uning ,,Topologik yarim maydonlar va ehtimollar nazariyasi’’ monografiyasi
chop etildi. Unda xususan Markov zanjirlari batafsil yoritildi. Bir jinsli Markov zanjirini
yarim maydon, stoxastik operator va boshlang’ich taqsimotdan iborat uchlik sifatida
aniqlab zanjirning ergodik teoremasini va regulyarlik haqidagi teoremani isbotladi.
T.A.Sarimsoqovning tadqiqotlarida katta o’rnini nokommutativ ehtimollar nazariyasi
egallaydi. Bu nazariyada operator algebradagi holatlar xossalari hamda bunda vujudga
keluvchi ehtimolliklar taqsimoti o’rganilib, u kvantli statistik mexanikaning matematik
apparati hisoblanadi.1985-yilda uning ,,Ehtimollar nazariyasining kvant nazariyasiga
kirish’’ monografiyasi chop etildi.
T.A.Sarimsoqov tomonidan 170 dan ziyod ilmiy ishlar, 8 ta monografiya va 2 ta darslik
chop etilgan. U ko’pgina qiziqarli ilmiy ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi.
SA’DI HASANOVICH SIROJIDDINOV
S.H.Sirojiddinov 1921-1989-yillarda yashagan. Toshkent universiteti fizika-matematika
fakultetida taxsil olgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi matematika va mexanika
Instituti aspiranturasida taxsil oladi. 1947-yili ,,Ko’p o;lchovli Ermit polinomlar
nazariyasining bazi masalalari haqida’’ nomli dissertatsiyasini himoya qiladi va
Institutning katta ilmiy xodimi vazifasida ishlay boshlaydi.
S.H.Sirojiddinov 1949-1952-yillarda Steklov nomidagi Matematika institutining
doktori, 1953-yil Institut Ilmiy kengashida ,,Bir jinsli Markov zanjirlari uchun limit
teoremalar’’ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi va 1955-yili monografiya
shaklida chop etadi.
U 1956yil Toshkent universitetining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
kafedrasiga
mudirlik
qildi.
1957-yilda
S.H.Sirojiddinov O’zbekiston Fanlar
Akademiyasining muhbir azoligiga, 1966-yildan haqiqiy a’zoligiga saylandi. 1966-1970-
yillar va 1983-1987-yillarda Toshkent universitetining rektori, 1970-1983-yillarda
O’zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.
Sirojiddinovning ilmiy tadqiqotlari asosan bog’liq bo’lmagan tasodifiy miqdorlar
yig’indisi va markov jarayonlari uchun limit teoremalarning analizga, kombinatorika va
sonlar nazariyasiga, matematik statistik masalalariga bag’ishlangan. Uning ,,bir jinsli
Markov zanjirlari uchun limit teoremalar’’ (1955), ,,Markov zanjiri bilan bog’langan
tasodifiy vektorlar yig’indisi uchun limit teoremalar’’ (1979), ,,Tasodifiy daydishlar
uchun chegaraviy masalalarida qatorlar usuli’’ (1987), ,,Hadlar soni o’suvchi additiv
masalalar’’ (1957) kabi bir qancha monografiyalari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |