Excel dasturining yana bir imkoniyati - diagramma yordamida echimlarni
grafik ko’rinishda ham ifodalash mumkin. Buning uchun Вставка - >
Диаграмма buyrug’idan foydalaniladi.
47
2.3.Elektron jadvallar moduli bo’yicha ma’ruza, amaliy-laboratoriya
mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish metodikasi
Mamalakatimizning rivojlanishi, dunyo miqyosidagi o’rni va solohiyatida
ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi va kiritilayotgan yangiliklar
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar va amaliy
ishlar «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’grisida» gi qonunlarda
ko’rsatilgan talablarga mos keladi [1].
Ta’lim tizimidagi bu islohotlarning amalga oshirilishi natijasida har bir
fanning mazmunini qayta tahlildan o’tkazish, ta’lim bosqichlarida fanning uzviylik
va uzluksizligini ta’minlash asosida hayot bilan boglab olib borish jihatidan qarab
o’tish kerak. Shu sababli kasb-hunar kollejlarida informatika fani umumta’lim
fani sifatida kiritilgan.
Informatika umumta’lim fanining maqsadiga ko’ra, o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarga informatika ning amaliy
jihatlari
haqida
bilimlar
berish,
zamonaviy
kompyuterlarning
dasturiy
ta’minotlaridagi amaliy dasturlar paketidan foydalanib, mutaxassislikka yaqin
amaliy ishlarni bajarish, ularning kelgusi mutaxassislik hayotidagi malakasini hosil
qilish va zamonoviy axborot texnologiyalari haqida ma’lumotlar berishdan iborat.
Bu esa talabalarning o’zi ustida ishlashini, tanlagan kasbiga, maqsadiga erishishni
hamda o’z ishlarini nazorat qilishlarini talab etadi.
Ushbu fanni o’qitish asosan ma’ruza va amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari
ko’rinishda amalga oshiriladi. Kasb-hunar kollejlaridagi informatika umumta’lim
fanidan amaliy-laboratoriya mashgulotlarini olib borishda guruhlar ikkita kichik
guruhlarga bo’linadi. Bunday dars jarayonini tahlil qiladigan bo/lsak, quyidagi
kamchiliklarni kuzatish mumkin:
-o’quvchilarning topshiriqni tushunmasdan bajarishiga olib keladi;
-kerakli manbalardan foydalanmaslik, an’anaviy dars shakllarida qotib
qolishlariga olib keladi;
48
- ko’p vaqt ketadi;
-kasbiy faoliyatlariga oid topshiriqlar berilmasdan, mavzudan tashqariga
chiqmasdan qoladi.
Yuqoridagilarni bartaraf qilish har bir pedagogning burchidir. Informatika
umumta’lim fani yuzasidan olib boriladigan mashgulot nazariy va amaliy
shakllarda tashkil etadi. Nazariy darslar ma’ruza shaklida, amaliy darslar esa
amaliy-laboratoriya va mustaqil ta’lim shakllarida olib boriladi.
Kasb-hunar kollejlarida informatika umumta’lim fanidan olib borilayotgan
darslarni kuzatish jarayoniga oid mulohazalardan bu bo’lim bo’yicha quyidagi
xulosalarni aytib o’tishni joiz deb topdik.
- Nazariya bilan amaliyot birgalikda olib borilmaydi;
- nazariy darslarda pedagogik va axborot texnologiyalari kamdan kam vaqtda
qo’llaniladi.
- amaliy darslarda topshiriqlarni tanlashga e’tibor berilmaydi;
- o’qituvchilarning metodikasi turlicha;
- mutaxassislik sohalariga tadbiqlari uchun vazifalar berilmaydi;
- mavzuning asosiy imkoniyatlari kasbiy sohalarga taalluqlilari ko’rsatib
o’tilmaydi.
o’qituvchi fan metodikasiga kirishdan oldin darsga tayyorlanish davrida dars
ishlanmasi(plan
konspekt)
yozishi
kerak.
Hozirgi
kunda
pedagogik
texnologiyalarning kirib kelishi bilan dars ishlanmalari takomillashib bormoqda.
Dars ishlanmasi tuzishdan ko’zlangan maqsad o’qituvchining dars soatidagi
foaliyatini rejalashtirish, dars mazmunini boyitish, ta’lim samaradorligini
oshirishdan iborat. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari bilan birga ta’lim
jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarining keng qo’llanilishi
tufayli darsga qo’yilgan talablar ham o’zgarib bormoqda.
Biz nazariy darslarning tashkil etilishi va undagi ma’lumotlarni uyidagi
«Texnologik xarita» orqali amalga oshirdik:
1. Darsning mavzusi.
49
2. Darsning maqsadi.
3. Darsning turi.
4. Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushuncha va atamalar.
5. Dars uchun jihozlar va ma’lumotlar manbalari.
6. Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
Yuqoridagi texnologik xarita tartiblari va uni o’qitish jarayonidagi
o’zgarishlarni o’zgarmas deb qabul qilmaslik kerak. Chunki mashғulot turi va uni
o’qitish usullariga qarab o’zgartirib borish ham mumkin.
Laboratoriya mashғulotlari dars tizimi shaklida olib borilmaydigan mashғulot
turi bo’lib, u maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba
maydonchalarida, shuningdek, bevosita ta’lim ishiga aloqador ma’lum bir
masalalarni (ob’ektlarni) kuzatish, o’rganish yo’li bilan olib boriladigan
mashғulotdir[80].
Amaliy-laboratoriya mashQuloti talaba yoshlarning fan bo’yicha amaliy ish
ko’nikmalarini shakllantirib, fan va texnikaga ijodiy yondoshishini ta’minlaydi.
Nazariy olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlaydi, yangi texnologiyalarning
tahlili va uni kelgusi ishida rejlashtirishga imkon yaratadi. Bu mashғulotda
talabalarga ilmiy izlanishlar olib borish malakasini beradi va tajriba natijalarini
tahlil qilish va uni kelgusi kasbiy faoliyatida qo’llay olishning umumiy
metodikasini egallash imkonini beradi. Unda talabalar mustaqil ravishda
topshiriqlar bajaradilar va tajribadan o’tkazadilar. Natijada o’z-o’zini baholash
imkoniyati yaratiladi, ya’ni nimalarga qodir, nimalarni o’rganishi kerakligini
anglab etadilar.
Amaliy-laboratoriya mashғulotlarini tashkil etish va ularni o’tkazish usullari
haqida ham bir qator olimlar ilmiy tadqiqot olib borishgan. Ulardan
A.Abduqodirov, I.Isakov, Abduraximov D., Toshtemirov D. lar ilmiy ishlarida
ta’lim tizimidagi informatika va boshqa fanlar bo’yicha laboratoriya
mashғulotlarining o’rni, ahamiyati, tashkil etish usullari va ularni o’qitishda
qo’llash haqida to’xtalib o’tganlar.
50
Biz quyida amaliy-laboratoriya mashғulotlarini rejalashtirish va uni tashkil
qilishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan holda
quyidagi bosqichlarini keltirishni lozim topdik.
- amaliy-laboratoriya mashғulotining mavzusi;
- mavzuning maqsadi, o’quvchilar shu mavzu asosida nimalarni bilib oladilar
va qanday ko’nikma, malakalarni hosil qiladilar;
- nazariy materiallar bilan qisqacha tanishtirish, mavzuga tegishli ayrim
formulalar va funktsiyalar tavsifini keltirish;
- namunaviy topshiriqlarni keltirish;
- talabalarning mustaqil bajarishi mumkin bo’lgan topshiriqlarni quyidagicha
3 turga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |