6.
Mil.avv. I ming yillik atrofida qabilalarning yangi to‗lqini Vil- lan madaniyatini
(Boloniya yaqinidagi joy nomi bo‗yicha) olib keldilar. Bu madaniyat vakillari
mayitlarni gulxanda yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlaganlar. Mil.avv. VIII asrda
Itali- yada ikki til guruhida so‗zlaydigan: lotin-sikull, sabin-umbrlar qabilalar guruhi
tashkil topdi. Lotinlar dastlab qadimgi Lat- siya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning
yuqori qismida, samniylar tog‗li Samniy viloyati, Shimoliy Kampaniya, Apuliya,
Lukaniya va Bruttiyada hayot kechirganlar. Tili umbrlar va sabin qabilalariga yaqin
bo‗lgan volsklar lotinlardan janubdagi hududda joylashganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |