O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Minoy sivilizatsiyasining Krit davri



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Minoy sivilizatsiyasining Krit davri 
Krit-Miken madaniyati ingliz arxeologi A. Evansning (1851-1941) Krit orolida olib borgan 
arxeologik qazishmalari, G. Shlimanning (1822-1892) Kichik Osiyodagi Hisorlik tepaligida Troya 
shahri xarobalarini qazib ochishi, Yunoniston janubida Mikena va Tirinf shaharlarida olib brogan
qazishmalari natijasida ma‘lum bo‘ldi. A.Evans Krit orolidagi Knoss saroylarini ochib, 40 yildan 
oshiq vaqt davomida olib borgan qazishmalari natijasida Kritning afsonaviy podshosi Minoy nomi 
bilan atalgan ajoyib Minoy madaniyati manzarasini yaratdi.
Bundan tashqari Amorgos, Paros, Sifnos, Siros, Naksos, Tera, Melos, kabi Egey orollaridagi 
ko‘pgina madaniy yodgorliklar ochildi. Natijada m.a.II ming yillikgacha yashagan xalqlar yaratgan 
va bu xalqlar yutuqlarini ijodiy o‘zlashtirgan yunonlargacha bo‘lgan axeylarning Miken madaniyati 
deb atalgan madaniyatngi yaxlit ko‘rinishi shakllantirildi. 
Qadimda Egey havzasida uch madaniy birlik: eng qadimgi Krit yoki Minoy madaniyati 
(m.a.3000-1200 yillar, markazi Krit), Egey dengizi orollaridagi Kiklada madaniyati, Bolqon 
Yunonistonidagi Miken madaniyatlari mavjud bo‘lgan. 
M.a. III-II ming yilliklarda Egey dengizi orollarda ildizi Sharq bilan bog‘liq Krit-Miken 
sivilizatsiyasi shakllandi. Bu madaniyat Kritning afsonaviy podshosi nomi bilan Minoy 
sivilizatsiyasi deb ataladi. Krit sivilizatsiyasi hali yunonlar ibtidoiy jamoa davrini boshidan 
kechirayotgan paytda vujudga kelgan buyuk madaniyat edi. Krit yoki Minoy madaniyati ilk Minoy 
(m.a. 3000-2300/2100 yy), O‘rta Minoy (m.a. 2300/2100-1600 yy.) va so‘nggi Minoy (m.a. 1600-
1200 yy.) davrlariga bo‘linadi.
Ilk Minoy davri mobaynida Kritda ibtidoiy – jamoa munosabatlarining asta-sekin 
parchalanishi yuz bergan, u bilan birga mulkiy tabaqalanish ham sodir bo‘lgan. Miloddan avvalgi 
2200 yilda qabilalar ittifoqlar vujudga keladi va bu ittifoqlar markazlari – Knoss, Maliya, Fest 
bo‘lgan. Miloddan avvalgi III ming yillikda rivojlangan bronza asriga o‘tish yuz bergan. Ishlab 
chiqarish kuchlari tezroq rivojlanadi, dehqonchilik, hunarmandchilikda yangi bosqich boshlanadi. 
Xuddi shu vaqtda oltin va emaldan yasalgan mashhur Krit zargarlik buyumlari paydo bo‘ladi. Krit 
kulolchilik, haykaltaroshlikni sifati takomillashadi. Muhrlarning mavjudligi shaxsiy va xususiy 
mulk rivojlanganligini ko‘rsatadi. 
Kritning saroylar davri umumiy hisobda 2 qismga bo‘linadi: 1) eski saroylar davri (m.a. 2000-
1700 yy) va 2) yangi saroylar davri (m.a. 1700-1400 yy). 
M.a. 2000 yilda Knossda mahalliy hokimining ancha ilgari qurilgan qarorgohi o‘rnida juda 
ulkan va muhtasham saroy qurilgan. Saroy vaqt-vaqti bilan qaytadan qurib turilgan. Bu saroy 
binolari butun bir majmuadan iborat bo‘lib, ikki qavatli, ba‘zilarning taxminicha uch va hatto to‘rt 
qavatli qilib solingan. Pastki qavatdagi binolar yorug‘lik tushib turadigan quduqlar yordamida 


10 
yoritilgan. Markazli to‘g‘ri burchakli zal-megaron ommaviy yig‘inlar o‘tkaziladigan joy bo‘lgan. 
Sopol quvurlar tizimi orqali tashlandiq suvlar oqizib yuborilgan. Saroy binolarining devorlari 
shuvalib, bo‘yalgan (freskalar). Hashamdor xonalarning devorlari turli rasmlar bilan bezalib, ularga 
o‘simliklarning, afsonaviy hayvonlarning suratlari solingan va saroyda yashovchilarning hayotini 
tasvirlovchi manzaralar chizilgan. Krit me‘morlari bino shiftlarini saqlash va bezak uchun yuqoriga 
kengayib boruvchi ustunlarni ishlatganlar. 
Taxminan m.a. 1700 yilda kuchli yer silkinishi tufayli Knoss, Fest va Kato-Zakrodagi 
saroylar vayron qilingan. Aholi yashaydigan boshqa joylar ham zararlangan. Biroq tez orada 
saroylar qayta tiklangan va ―yangi saroylar‖ davri boshlangan. Knoss hokimini ustivor deb 
sanashimiz mumkin, chunki Knoss saroyi eng hashamatli bo‘lgan, orolning turli tomonlaridan unga 
qarab ketgan yo‘llarning qurilganligi shundan dalolat beradi.
Saroylar qayta qurilgandan keyingi davr Knoss Minosning hokimiyati ostida birlashtirilgan. 
Krit davlatining eng qudratli davri bo‘lgan bu vaqtda u Sharqiy O‘rta Yer dengizi havzasida 
hukmronlik qilgan. Fukididning guvohlik berishicha, bu Kritning ―talossokratiya‖, ya‘ni 
dengizlarda hukmronlik davri bo‘lgan. Krit Egey dengizidagi bir qancha orollarni, Kichik Osiyo
hamda, Bolqon sohilidagi, shuningdek Attikaning aholi yashaydigan manzillarini o‘z hokimiyatiga 
bo‘ysundiradi. Minotavr to‘g‘risidagi afsonaga ko‘ra Kritga bo‘ysungan yerlar, jumladan Attuka 
xiroj to‘lagan.
Kritliklar tajribali va jasur dengizchilar bo‘lib, O‘rta yer mamlakatlari bilan qizg‘in 
munosabat bog‘langanlar. Ular Misr bilan ham savdo sotiq aloqalarini olib borganlar va misr 
yozuvida ularni ―Keftiu‖ nomi bilan tilga olinadi. Krit Bolqon yarim oroli, Misr, Iberi-yaga oliy 
nav vino, zaytun moyini eksport qildi. Misrdan rangli shisha, fayans; Kipr orolidan mis; 
Suriyadan otash; Liviyadan qimmatbaho metallar va fil suyagi olib kelindi.
Orolda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik yuksak darajaga yetadi. Krit 
kulolchiligida badiiy san‘atning nihoyatda yuksak darajasida shakllangani ko‗rinadi. Sopol 
idishlarda tabiatning boy manzaralari mohirona tasvirlanadi. Bunday tasvirlar ko‗za 
(amforalar), zaytun yog‗i va vino saqlanadigan, bo‗yi 2 m gacha bo‗lgan xum (pifos)larning 
sirtiga chizilgan. 
Qaytadan qurilgan Knoss saroyida devorlarga solingan turli bezakli rasmlar zadagonlarning 
hashami yanada ortib ketganligini aks ettiradi (masalan, «Moviy kiyimdagi xonimlar»). Devorlarda 
saqlanib qolgan rasmlarda akrobatchi ayollarning quturgan buqaning boshidan va belidan oshib 
xavfli sakrashlari tasvirlangan. Ehtimol, bu biror diniy marosimga oid muqaddas harakat bo‘lishi 
mumkin.
Saroy xo‘jaligiga juda ko‘p mutaxassis hunarmandlar, turli yordamchi xodimlar, xizmatkorlar 
va shu kabilar xizmat qilgan. Ularning orasida qullar ham bo‘lgan. Agar qisman jamoaga qarashli 
bo‘lib, qisman yakka tartibda ijaraga berilgan va xususiy mulk bo‘lgan. Krit hukmdori faqat 
podsho bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga kohin va umuman xudo nazar qilgan shaxs hisoblangan 
va qonun chiqaruvchilik faoliyatini ham bajargan. 
Kritda iyeroglif yozuv va «A» chiziqli yozuvdan foydalanilgan, biroq afsuski ularni o‘qishga
hanuzgacha muvaffaq bo‘linmagan. Knoss saroyida 10 ming taxtachada qadimgi Krit yozuvlari 
topildi. A.Evans bu yozuvlarni 30 yil davomida o‗qishga urindi, lekin ocha olmadi. 1950 -yil 
B-chiziqli yozuv o‗qildi. U Knoss saroyining xojalik hujjatlari edi. Hozirga - cha B - chiziqli 
krit yozuvi o‗qilgani yo‗q. 
Kritliklar dinida totemizm elementlari bor edi. Shu bilan birga eng katta xudo ayol (Buyuk 
ma‘buda, Ona) o‘simliklarni, xayvonlarni va odamlarni himoya qiluvchi bo‘lgan. Devoriy tasvir-
freskalar va Krit xudolar panteonida ayol ma‘budalarning oldingi o‘ringa turgani ayollarning Krit 
jamiyati hayotida mavqeini yuqori darajada bo‘lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari gemma va 
uzuklarda qalqon tutgan ayol, kabutar bilan ma‘buda, tog‘ cho‘qqisidagi ma‘buda va ikki sher 
o‘rtasidagi ma‘buda tasvirlari buning yaqqol misoli bo‘ladi. Erkak xudo ham juda mashhur bo‘lib, u 
ikki yoqlama bolta (labris) shaklidagi xudo tarzida hamda buqa qiyofasida tasavvur qilingan. 


11 
M.a. XV asr o‘rtalarida Kritning ichki va tashqi ahvoli o‘zgardi. Krit o‘zining Sitsiliya va 
Egey havzasidagi mavqeini yo‘qotdi, dengiz davlati emirildi. Shu vaqtda Kritdan 100 km. Shimolda 
joylashgan Fera orolida (m.a. 1470 y.) vulqon otilib, uning natijsida hosil bo‘lgan tsunami Krit 
shaharlarida o‘iddat bilan yopirilib, ularni vaytsron qilgan. 
M.a. XV asr o‘rtalarida Kritning zaiflashganidan foydalangan Yunoniston janubida yashagan 
aaxey qabilalari orolga bostirib kirib, Kritning siyosiy yetakchiligiga chek qo‘ydilar. Egey havzasi 
ikki asr mobaynida doriylar kelgunga qadar axeylar hukmronligi ostida qolda. Axeylar Krit 
sivilizatsiyasining barcha yutuqlarni o‘zlashtira olmadilar. Aholi soni kamaydi, shaharlar bo‘shab 
qoldi, sivilizatsiya markazi Egey dengizining boshqa hududiga ko‘chdi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish