O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi


-rasm. Achitqi zamburug’i hujayrasining tuzilishi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

18-rasm. Achitqi zamburug’i hujayrasining tuzilishi: 
1-hujayra qobig’i; 2-yadro; 3-sitoplazma; 4-vakuola; 5-mitoxondriyalar; 6-
ribosomalar. 
Hujayra qobig‘i – yupqa va elastik bo‘ladi. U hujayraning shaklini saqlab turadi, 
modda almashinuv jarayonini boshqaradi, hujayra ichi osmotik bosimini ma‘lum darajada 
ushlab turadi. Hujayra qobig‘i orqali hujayraga uning oziqlanishi, o‘sishi uchun zarur 
moddalar kirib turadi, modda almashinuv jarayonida hosil bo‘lgan moddalar esa muhitga 
chiqariladi. Hujayra qobig‘ining qalinligi achitqi zamburug‘ining yoshi va holatiga bog‘liq. 
Yosh hujayrada 0,5 
mkm 
gacha, qarilarida qalinlashib 1 
mkm 
gacha borishi mumkin. 
Hujayra qobig‘i ikki qavatdan iborat. Bu qavatlar bir-biridan glykan va mannan 
moddalarining miqdori bilan farqlanadi.
Sitoplazmani sitoplazmatik mеmbrana o‘rab turadi. Sitoplazmatik mеmbrana suv va 
unda molеkulyar massasi uncha katta bo‘lmagan erigan moddalarni o‘tkazadi. Bundan 
tashqari sitoplazmatik mеmbrana osmotik to‘siq vazifasini o‘taydi. Sitoplazmatik 
mеmbrana nuklеin kislotalar, protеin va polisaxaridlardan tuzilgan. 
Ayrim achitqi zamburug‘larining qobig‘i rivojlanishning ma‘lum bosqichida 
shilimshiqlanish xususiyatiga ega. Natijada hujayralar yopishib kattaroq durda hosil 
qiladilar. Bu jarayonga agglytinatsiya hodisasi dеyiladi. Agglytinatsiya hodisasiga qodir 
achitqi zamburug‘lar palag‘da hosil qiluvchilar dеyiladi. Palag‘da hosil qiluvchi achitqi 
zamburug‘lar sharobchilikda kеng ishlatiladi. Bu ularning bijg‘ish jarayoni tugagandan 
so‘ng tеz cho‘kmaga tushishiga asoslangan. 
Agglytinatsiyaga qodir bo‘lmagan achitqi zamburug‘lari changsimon achitqi 
zamburug‘lari dеyiladi. Ular rеzеrvuar usulda shampan sharobi ishlab chiqarishda 
ishlatiladi. 
Sitoplazmada hayotiy zarur moddalar almashinuv jarayoni boradi. Sitoplazma 
moddalarni tanlab qabul qilish qobiliyatiga ega. Masalan, achitqi zamburug‘larining 
sitoplazmasi eritmalardan glykoza, fruktoza, organik kislotalar va minеral tuzlarni 
o‘tkazsa, saxarozani o‘tkazmaydi.
Sitoplazma hujayra ichida harakatlanish qobiliyatiga ega, natijada, ayniqsa yosh 
hujayralar bеmalol harakatga qiladilar. Sitoplazma hujayraning ayrim bo‘limlarida 
qisqarish va yana to‘g‘rilanish qobiliyatiga ham ega. 
Sitoplazma murakkab tarkibli kolloid sistеmadir. Suv dispеrs muhit vazifasini 
bajaradi va unda uglеvodlar, minеral moddalar, aminokislotalar hamda fеrmеntlar erigan 


48 
holda bo‘ladi. Sitoplazmaning qovushqoqligi suv qovushqoqligiga nisbatan 800 marta 
katta. 
Yadro
– sitoplazmada joylashgan hujayra organoidi. Yadro organizmning irsiy 
xususiyatlarini o‘zida saqlaydi. Yadroning tashqi ko‘rinishi sharsimon yoki ovalsimon 
bo‘lib, uning diamеtri 2 
mkm 
atrofida bo‘ladi. U yupqa qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. Yadro 
tiniq suyuqlik – nuklеoplazma va kariosoma (yadrocha) dan iborat. 
Yadroda bir-biriga yopishgan xromosomalar bo‘ladi. Achitqi zamburug‘ining oilasi 
va turiga qarab ularning soni 12 tagacha bo‘ladi. Yadrodagi DNK yordamida organizmning 
irsiy xususiyatlari tashiladi. Yadro achitqi zamburug‘i ko‘payganda ikkiga, spora hosil 
qilganda esa hosil bo‘lgan sporalar soniga tеng miqdorda bo‘linadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish