O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi


Mikroorganizmlarga biologik omillarning ta‘siri



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

Mikroorganizmlarga biologik omillarning ta‘siri 
Tabiiy sharoitlarda mikroorganizmlarning turlari alohida o‘smay birgalikda o‘sadilar. 
Ular orasida har xil munosabat tug‘ilishi mumkin. Ba‘zan ikkita yoki bir nechta 
organizmning birgalikda hayot kechirishi ular uchun yaxshi va foydali bo‘ladi. Bunday 
turdagi munosabatni simbioz deyiladi. Simbiontlar bir birlari bilan qisman metabolitlari 
bilan almashadilar. Masalan, kefir zamburug‘larida sut achitqi bakteriyalar va achitqilar 
simbiozda yashaydilar. Sut achitqi bakteriyalari sut kislotasini, achitqilar esa vitaminlarni 
hosil qilib, ular o‘zaro metabolitlari bilan almashadilar. O‘simliklardagi simbiozning 
yorqin misoli lishayniklar. Ular mog‘or zamburug‘lari va suv o‘tlarining simbiozi 
natijasida bunyod bo‘lganlar. Birinchisi geterotrof bo‘lib organik modalardan, ikkinchisi 
esa avtotrof bo‘lib, mineral moddalardan oziqlanadi. Alohida mog‘or zamburug‘i va 
suvo‘tlari o‘sha sharoitlarda o‘sa olmaydilar. Yuqori o‘simliklar va bakteriyalarning 
simbiozi misoli:dukkakli o‘simliklar va tuganak bakteriyalari. Ko‘pincha hayvon va 
bakteriyalar o‘rtasida simbioz munosabati uchraydi. Masalan, Afrikadagi parranda-
asalxo‘rdan boshqa hech bir hayvon asalarilar mumini o‘zlashtira olmaydilar. Asalxo‘r 
ichaklarida esa maxsus bakteriyalar yashab, mumni parchalaydi. Yana misol: kuya , termit 
va (boshqa hasharotlar: yog‘och, soch, yung va boshqa materiallarni eganda ichaklaridagi 
mikroblar o‘sha materiallarni parchalaydilar. Mikroorganizmalar qiyin hazm bo‘ladigan 
materiallarni parchalab, egasining organizmi o‘zlashtirishiga yordam beradilar. Ko‘pchilik 
uy hayvonlari ham (sigar, ot, qo‘y, echki va boshqalar) kletchatka parchalovchi 
mikroorganizmlar yordamida dag‘al ozuqalarni o‘zlashtira oladilar. 
Agar bir organizm ikkinchisining hisobiga rivojlansa, va birgalikdagi hayotda 
foydani faqat bir organizm olsa, munosabatlarini «parazitizm» - deb ataladi. Masalan, 
o‘simliklardan zarpechak, daraxtlardagi zamburug‘lar parazitlardir. O‘simlik hayvon va 
odamlarda yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarning hammasi parazit. Djek London 
"Alaya chuma" kitobida yuqori darajada rivojlangan sivilizatsiya yuqumli kasaldan yo‘q 
bo‘lib, yana hayot tosh davridan boshlangan. Ammo hayotda bunday bo‘lmaydi, chunki 
epidemiyalar ko‘p davlatlarni xonavayron qilsada, butun sivilizatsiyani yo‘q qila olmaydi. 
O‘simliklar va hayvonlar dunyosida butun biologik turni yo‘qota oladigan fojeali 
epidemiya bo‘lmaydi. Egasini butunlay qirib yuborish parazitlar uchun foydasi yo‘q. 
Chunki egasi tirik tursa, parazitlarga ham ovqat, ham uy tayyordir. Egasi o‘lganda uning 
tanasidagi hamma yoki ko‘pchilik parazitlar o‘ladi. Ammo tabiatda ko‘p hayvonlarni 
o‘ldiruvchi vayronali epidemiyalar (epizootiyalar) bo‘lib turadi. 
Mikroorganizmlar orasida shunday munosabatlar ham bo‘ladiki, birinchi 
mikroorganizmning hayot kechirishi ikkinchisini rivojlanishini ta‘minlaydi. Bunday 
munosabatlar metabioz deb ataladi. Masalan, sutdagi mikroorganizmlarning almashinuvida 
sutda birinchi bo‘lib sut achitqi bakteriyalari rivojlanib, muhit pH ni pasaytiradi va mog‘or 
zamburug‘lari rivojlanishiga sharoit tug‘diradi. Zamburug‘lar esa achitqilarga, ular 
chirituvchi bakteriyalariga metabolitlari tufayli birin-ketin rivojlanishlari uchun qulay 
sharoitlar yaratadi. 


69 
Yana misol: achitqilar qanday substratlarda qandni spirtga aylantiradi. Spirtli 
muhitda esa sirka achitqich bakteriyalar spirtni sirka kislotaga aylantiradi, so‘ng mog‘or 
zamburug‘lari uni karbonat angidrid va suvgacha parchalaydilar. 
Mikroorganizmlar o‘rtasida antogonizm munosabatlari ham mavjud. Bunda bir 
turdagi mikrob ikkinchisiga salbiy ta‘sir etib, ularni o‘ldiradi. Mikroorganizm 
antogonizmining sababi turlidir. Ba‘zan ozuqada bir mikrob ikkinchisiga nisbatan tezroq 
rivojlanib, ikkinchisiga ozuqa yetishmay, o‘smay qoladi. Boshqa vaqt mikroorganizm 
ozuqaning pH ini o‘zgartirib, ikkinchi mikroorganizm uchun noqulay sharoit yaratadi. 
Masalan , sut achitqich bakteriyalari chirituvchi bakteriyalarga nisbatan antogonistdir. Bu 
xossa sabzavotlarni tuzlashda kuzatiladi. Tuzlangan mahsulotlarda sut achitqich 
bakteriyalari rivojlanib, chirituvchi bakteriyalardan saqlaydi. I.I.Mechnikov sut achitqich 
bakteriyalari chirituvchi bakteriyalar uchun antogonistligini birinchi bo‘lib aniqlagan va 
inson umrini uzaytirish uchun har kuni yotishdan avval bir stakan qatik ichish kerak deb 
tavsiya qilgan. 
Petri chashkalariga ozuqa moddali agarni quyib, uning yuzasida bir vaqtda turli 
mikroorganizmlar o‘stirilsa, ko‘pincha antogonizm xossasini kuzatish mumkin. Antogonist 
- mikrob koloniyasini atrofida steril zonalar shu antogonistga nisbatan sezgir 
mikroorganizmlar o‘sa olmagan zonalar hosil bo‘ladi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish