O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


66 
8-MAVZU. KIMYOVIY VA BIOLOGIK OMILLARNING 
MIKROORGANIZMLARGA TA‘SIRI 
 
Reja: 
1.Kimyoviy omillarning mikroorganizmlarga ta’siri 
2.Biologik omillarning mikroorganizmlarga ta’siri 
 
TAYANCH SO

Z VA IBORALAR

Kimyoviy omillar, biologik omillar,
muhitning pH,
mikrob hujayrasining o’tkazish 
xususiyati,diapazon,
antiseptiklar, parazitizm. 
 
Kimyoviy omillarning mikroorganizmlarga ta‘siri. 
pH-muhitning reaksiyasi
uning ishqoriyligi yoki kislotaliligi mikroorganizmlar 
hayotiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Muhitning pH i ta‘sirida mikroorganizm fermentlarining 
aktivligi o‘zgaradi. Masalan, bir turdagi achitqilar kislotali muhitda etil spirtini va biroz 
glitserin hosil qiladi, ishqoriy muhitda esa glitserinning miqdori ko‘payadi, spirtniki esa 
ko‘payadi. Muhitning pHi o‘zgarishi mikrob hujayrasining o‘tkazish xususiyatiga ta‘sir 
etadi. 
Har xil mikroorganizmlar muhitining turli pH lariga moslashganlar. Ko‘pchilik 
mog‘or va achitqilarga kam kislotali 3-6 pH li muhit qulaydir. Bakteriyalar 6,5-8 pH da, 
neytral va kam ishqorli muhitda yaxshi o‘sadilar. Ko‘pchilik bakteriyalarning rivojlanishi 
rN 4-9 chegarasida bo‘ladi, mog‘orlar kengroq 1-2 dan 11gacha diapazonda o‘sadi. Har bir 
mikroorganizm o‘ziga xos pH chegarasida rivojlanadi. Chegaradan pH pastroq yoki 
yuqoriroq bo‘lsa mikroblarning hayoti sustlashadi. 
Ko‘pchilik mikroorganizmlar uchun kislotali muhit ishqorli muhitga nisbatan 
zararliroq bo‘ladi, ayniqsa chirituvchi bakteriyalar uchun kislotali muhit zararli. Hayot 
jarayonida kislota hosil qiluvchi mikroorganizm sut achitqi va sirka achitqi bakteriyalar 
kislotali muhitga ancha bardoshli bo‘ladilar. Ba‘zi mikroorganizm o‘zlari ham muhitning 
pH ini o‘zgartira oladilar. Chunki ular hayot jarayonida turli pH ni o‘zgartiradigan 
moddalar hosil qiladi. Ba‘zi mikroorganizm muhitda ma‘lum miqdorda kislota to‘plab, 
o‘zlarining metabolizm mahsulotlaridan halok bo‘ladilar, boshqa mikroorganizmlar esa 
muhitning pH ini o‘zlariga ma‘qul bo‘lgan tomonga o‘zgartiradilar. Masalan, achitqilar 
kislotali muhitda neyiral mahsulot etil spirtini ishlab chiqadilar, neytral muhitda esa avval 
sirka kislotasini hosil qilib, pH ni optimal darajaga tushirib, keyin spirt ularning hayotini 
o‘zimizga ma‘qul tomonga boshqarish mumkin, ularni rivojlantirish yoki o‘sishini 
to‘xtatish mumkin. Masalan, chirituvchi bakteriyalarni kislotali muhitga bo‘lgan salbiy 
munosabatlarini bilgan holda ba‘zi mahsulotlar sirka kislotasini qo‘shib marinadlanadi 
yoki tuzlanadi. Tuzlangan karam va boshqa sabzavotlarda sut achitqich bakteriyalari 
rivojlanib hosil qilgan sut kislotasi hisobiga pH-ni kamaytiradi. 
Muhitning oksidlovchi-qaytaruvchi sharoitlari mikroorganizmlar hayotida katta 
ahamiyatga ega. Muhitdagi oksidlangan va qaytarilgan moddalarning bir-biriga nisbatan 
miqdori muhitning oksidlovchi- qaytaruvchi potensial o‘lchami bilan belgilanadi, 
muhitning pH iga bog‘liq. Muhitdagi oksidlanish-qaytarilish sharoitlarini gN2 deb 


67 
belgilanadi. gN2 bu muhitdagi molekulyar vodorodning bosimini (atm) manfiy logarifmi. 
Manfiy logarifm teskari belgi bilan olinadi. Ba‘zi mikroorganizm qisqa boshqalari keng 
gN2 chegaralarida o‘sadi. Muhitdagi oksidlanish-qaytarilish sharoitlarini o‘zgartirib, 
mikroorganizmning rivojlanishini susaytirish yoki tezlashtirish va kulturalarning fiziologik 
faolligini dam o‘zgartirish mumkin. 
Mikroorganizmlar bilan kurashish uchun ishlatiladigan zaharli moddalar 
antiseptiklar deyiladi. Ularning mikroorganizmlarga ta‘siri ularning miqdori va ta‘sir etish 
muddatiga bog‘liq. Ko‘pchilik zaharlar juda oz miqdorda mikroorganizmlarga ijobiy ta‘sir 
etadi. Zaharli moddalarning miqdori oshib borsa, ularning hayot jarayonlari to‘xtab keyin 
o‘ladilar. Zaharli moddalarning mikroorganizmlarga ta‘siri yana boshqa omillarga ham 
bog‘liq: pH , temperatura, kimyoviy tarkib. 
Anorganik birikmalardan og‘ir metallar tuziladi, ayniqsa simob va kumush tuzlari 
mikroorganizmlarga juda kuchli zahardir. Ba‘zi metallarning ionlari (kumush, oltin, mis, 
rux) juda oz miqdordagi aniqlashga iloj bo‘lmaydigan konsentratsiyasi ham 
mikroorganizmlarga zararli ta‘sir ko‘rsatadi. 
Ko‘pchilik oksidlovchi moddalar: xlor, azon, vodorod peroksidi, yod, kaliy 
permanganat; mineral kislotalardan: bor, sulfid, ftor-vodorodli kislotalar va gazlardan esa: 
karbonat angidrid, vodorod sulfid, sulfid angidrid mikroorganizmlarga bakterotsid zararli 
ta‘sir etadi. 
Muhitdagi 20-30% karbonat angidrid ko‘p mikroorganizmlarning rivojlanishini 
sustlashtiradi, 50-80% karbonat angidrid mikroorganizmlarning rivojlanishini to‘xtatadi, 
ba‘zilarda esa o‘ldiradi. Shuning uchun karbonat angidrid ko‘pchilik oziq-ovqat 
mahsulotlarini saqlashda qo‘llaniladi. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini saqlaydigan xonalar 
havosida 10% karbonat angidrid bo‘lsa, mahsulotlarni 2-3 marta uzoqroq saqlash mumkin. 
Karbonat angidridning ko‘proq miqdori mahsulotlar sifatini tushiradi. 
Ba‘zi organik birikmalar: fenol, fezol, formalin mikroorganizmlar uchun kuchli 
zaharlardir. Bakteriyalarning vegetativ hujayralari 2-5% fenol eritmasida o‘ladi, ularning 
sporalari esa 5% eritmasida ikki hafta davomida turadi. 
Mikroblar uchun spirtlar, organik kislotalardan: salitsil, moy, sirka benzoy, sarbin 
kislotalar zaharlidir. Efir moylari, oshlovchi moddalar va ko‘pchilik buyo‘qlar ham 
mikroorganizmlarga zaharlidir. 
Antiseptiklar hujayra ichiga kirib, pratoplazma moddalariga ta‘sir etib, ularni 
qaytarib 
bo‘lmas 
darajada 
o‘zgartirib 
mikroorganizmlarni 
halok 
qiladilar. 
Antiseptiklarnilng ta‘sir etish prinsipi har xil. Og‘ir metallar tuzlari, spirtlar, fenol 
protoplazmaning oqsil moddalarini kaogulyasiya qiladilar. Kislota va ishqorlar oqsillarini 
gidroliz etadilar. Ko‘pchilik zaharlar fermentlarni yemirib yuboradilar. Xlor, azot, vodorod 
peroksid protoplazmaning oksidlanish jarayonini o‘zgartiradi. Mikroorganizmlarga 
o‘zlarining metabolitlari va boshqa mikroorganizmlarning metabolitlari zaharli ta‘sir 
etadilar. Ma‘lum antiseptiklarning muhitdagi miqdorini sekin asta oshirib borilsa, 
mikroorganizmlar ularga moslashib olishlari mumkin. Antiseptiklar tibbiyotda, qishloq 
xo‘jaligi va sanoatda qo‘llaniladi. 
Antiseptiklar odamlar uchun ham zararli bo‘lgani sababli oziq-ovqat sanoatida kam 
ishlatilinadi. Faqat insonga kam ta‘sir etuvchi moddalarni va mahsulotni ishlatish oldidan 


68 
oson ajralib chiqadigan antiseptiklarni oziq-ovqatlarga ishlatish mumkin. Go‘sht, baliq, 
pishloqni dudlashda tutun antiseptik xususiyatiga ega, chunki unda fenol, krezol,smolalar, 
formaldegid va organik kislotalar mikroorganizmlar uchun zaharlidir. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish