O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


Mustaqillik  yillarida  mamlakatda  oily  ta`limni  rivojlantirishga  ham  katta  e`tabor



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

Mustaqillik  yillarida  mamlakatda  oily  ta`limni  rivojlantirishga  ham  katta  e`tabor 
berildi.shu  Mqsadda  2006-yili  26-fevralda  mamlakatimiz  Prezidentining  «M.V.  Lomonosov 


- 79 - 
 
nomidagi  Moskva  davlat  universitetining  Toshkent  shahridagi  filiali  faoliyatini  tashkil  etish 
to`g`nsida»gi Farmoni qabul qilindi. 
Tibbiy  xizmat  sohasida  zamon  talablariga  javob  beradigan  malakali  kadrlar  tayyorlash 
maqsadida 2005-yili poytaxtimizdagi  ikkita rneditsina oliy o'quv  yurti  negizida Toshkent Tibbiyot 
Akademiyasi tashkil etildi. 
Ma'lumki,  rivojlangan  fani  bo'lmagan  davlat  rivojlangan  va  kuchli  davlat  bo'la  olmaydi.  Ayni 
ana shu nuqtayi  nazar hozirgi  mu-rakkab o'tish davrida olimlar zimmasiga ulkan  mas'uliyat  yukla-
moqda. 
Davlatning  ilmiy  salohiyatini  saqlabgina qolmay, balki uni  iloji  boricha o'stirish,  mavjud  yirik 
muammolarni yechishga qayta moslashtirish, shuningdek, yangi samarador texnikalarni yaratish va 
amalda tatbiq etish masalasi g'oyat dolzarblik kasb eta boshla-di. Mustaqillik olimlarga ham, fanga 
ham  yangi  imtiyozlar  yaratib  berdi.  Jumladan,  akademik  fan  o'z  tizimi  va  shaklini  o'zi  belgilay 
boshladi.  O'zbekiston  Fanlar  akademiyasining  50  yillik  tarixida  bi-rinchi  bor  akademiyaning 
haqiqiy  a'zosi,  yurtboshimiz  I.  Karimov  tashabbusi  bilan  fundamental  ilmiy-tadqiqotlarni  qo'llab-
quvvatlash akademiya jamg'armasi tuzildi. 
1997-yil  1-yanvardagi  ma'lumotlar  bo'yicha  Fanlar  akademiya-sida  8  ta  bo'lim  bo'lib,  135 
akademik, 156 O'zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a'zolari faoliyat ko'rsata boshladi. 
2006-yili  Ko'hna  Urganchda  Ibn  Sino,  Al-Xorazmiy,  Beru-niy  kabi  buyuk  allomalar  tashkil 
etgan  Xorazm  Ma'mun  akademiyasining  1000  yilligi  keng  nishonlandi.  Bu  o'z-o'zidan  milliy 
fanimiz o'tmishi bilan istiqbolini bog'laydigan mo'tabar voqelikka aylandi. 
2006-yilda  FA  tomonidan  180  fundamental,  281  amaliy  va  12  innovatsion  loyihalar  hamda 
fundamental  tadqiqotlarni  qo'llab-quvvatlash  fondi  tomonidan  185  ta  grant,  shuningdek,  xalqaro 
fond-larning 106 granti bajarildi. 
Shu  bilan  bir  qatorda,  FA  olimlari  tomonidan  2006-yilda  3596  ilmiy  ish,  shu  jumladan,  3439 
ilmiy maqola va tezislar, 157 ta mo-nografiya, darslik, o'quv qo'llanmalar va risolalar chop etildi, 30 
ta patent va 10 ta dasturiy mahsulotlarga guvohnoma olindi, 2 ta litsen-ziya sotildi. 
Fanlar  akademiyasi  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  tomonidan  xo-rijiy  iste'molchilarga  2147,4 
ming  AQSH  dollari  miqdorida  ilmiy  mahsulotlar  sotildi,  bu  esa  2005-yilga  nisbatan  43  foizga 
ortiqdir. 
Ana  shu  maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda,  1997-yili  2009-yilgacha  bo'lgan  davrga 
mo'ljallangan  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  qabul  qilingan  edi.  O'zining  mazmun-mohiyatiga 
ko'ra  noyob  bo'lgan  ushbu  dastur  12  yillik  ta'limga  o'tishni,  uzluksiz  ta'limning  yaxlit  tizimini 
yaratishni  ko'zda  tutadi.  Dastur  umumta'lim  maktablaridagi  to'qqiz  yillik  o'rta  ta'limni,  akademik 
litsey va kollejlardagi uch yillik maxsus kasbga tayyorlash tizimini o'z ichiga oladi. 
Mamlakatimiz  oliy  o'quv  yurtlari  huzurida  tashkil  etilgan  akademik  litseylar  yoshlarga  o'zi 
tanlagan  mutaxassislik  bo'yicha oliy  ma'lumot olish uchun  yanada chuqur  bilim egallash, kollejlar 
esa  maxsus  fanlarni  o'zlashtirish  bilan  bir  qatorda,  mustaqil  hayotga  qa-dam  qo'yayotgan  har  bir 
bitiruvchi yigit-qizga o'z qobiliyatini yuza-ga chiqarish va jamiyatda munosib o'rin topish uchun 2-3 
mutaxassislik bo'yicha o'rta malakali kasb egallash imkonini beradi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida 2009-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan Maktab 
ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ham amalga oshirilmoqda. 
Ta'lim sohasida milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlan-ganidan buyon 1 ming 140 taga 
yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan 
qu-nldi  va  kapital  ta'mirlandi,  zamonaviy  mebel,  o'quv-laboratoriya  uskunalari  bilan  jihozlandi, 
ularda kompyuter sinflari va lingafon xonalari tashkil etildi. 
Oliy ta'lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, baka-lavr va magistrlar tayyorlashning 
Yevropa tizimiga  o'tildi.  Bugungi  kunda  mamlakatimizning  65 ta oliy  o'quv  yurtida  850  yo'nalish 
va mutaxassislik bo'yicha 300 mingga yaqin talaba bilim olmoqda. 
O'tgan  yillar  mobaynida  zamonaviy,  har  tomonlama  jihozlangan  o'quv  yurtlarini  barpo  etish 
uchun 5 milliard dollardan ortiq budjet-dan tashqari mablag'lar yo'naltirildi. 


- 80 - 
 
Hozirgi  kunda  yurtimizda  ta'lim  sohasiga  yo'naltirilayotgan  xa-rajatlar  hajmi  mamlakatimiz 
yalpi  ichki  mahsuloti  tarkibida  12  foizdan  ortadi.  Holbuki,  jahon  tajribasida  bu  ko'rsatkich  3-5 
foizdan oshmaydi. 
Hech  shubhasiz,  bugun  ta'lim-tarbiya  va  ilm-fan  sohasiga  sarf-lanayotgan  mablag'lar 
mamlakatimiz  kelajagining  egasi  bo'lgan  yosh  avlodni,  yuksak  intellektual  salohiyatli  jamiyatoi 
shakllantirish yo'lida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish