O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

To'rtinchidan, 
viloyatlarning  kelajak  taraqqiyoti  ana  shu  hu-dudlardagi  oliy  ta'lim  markazlari 
bilan  bevosita  bog'liq.  Viloyatlarda  ishlab  chiqarishni  yanada  rivojlantirish  uchun  yangi  sohalarni 
egal-lash,  yangi  ixtisosliklarni  tashkil  etish,  zarur  kadrlarni  shu  joylarda  tayyorlash  imkoniyati 
tug'ildi. 
Oldindan markazda o'qigan kadrlarni viloyatga yuborish masa-lasi ancha-muncha muammo edi. 
Viloyatlarda universitetlar tashkil etilishi bilan bu muammoning ham yechimi topildi. 
Beshinchidan, 
viloyatlardagi  universitetlar  vositasida  dunyo-ning  eng  ilg'or,  mashhur  o'quv 
yurtlari  bilan  hamkorlik  qilish  im-koniyatlari  paydo  bo'ldi.  Bu  esa  o'z  navbatida  dunyo  tajribasini 
ha-yotga  tezroq  olib  kirish,  fan  va  texnikani  yangi  o'zanga  burish,  shu  asosda  mamlakat 
taraqqiyotini jadallashtirish imkonini berdi. 
Mamlakat  shaharlarida  oliy  universal  ta'limni  joriy  etishda  ri-vojlangan  davlatlar  tajribasiga 
suyanib  ish  tutildi.  Jumladan,  Ame-rika  Qo'shma  Shtatlarining  Kembrij  shahridagi  Garvard, 
Stenford, Priston, Buyuk Britaniyaning Oksford, Lid, Fransiyaning Strasburg, Lion, Dijon, Grenobl 
shaharlari  nomi  bilan  ataluvchi  universitetlari  bu  mamlakatlarning  poytaxtlarida  emas,  turli 
viloyatlarida  joylashgan  bo'lishiga  qaramasdan,  o'zining  yuksak  malakali  kadrlar  tayyorlash  va 
ilmiy salohiyatlari bilan jahonda nom qozongan. 
O'zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so'ng  yoshlarga  hozirgi  zamon  eng  ilg'or  bilimlarin i 
berish,  ularni  davr  talabiga  mos  muta-xassis  qilib tarbiyalashda  izchil  ishlar  olib  borila  boshlandi. 
Mustaqillik  yillarida  iqtidorli  talabalarni  xorijda  o'qitish  ishlari  yo'lga  qo'yildi.  Respublikaning 
xalqaro  aloqalari  kengayishi  natijasida  o'quvchilarga  hukumatlararo  bitimlar  bo'yicha  xorijiy 
mamlakatlar-ning nufuzli oliy o'quv yurtlarida bilim olish imkoniyati yaratildi. 
Har  yili  respublikada  umumiy  ta'lim  maktablarining  test  si-novlaridan  o'tgan  50  dan  ziyod 
o'quvchisi AKSYLS yo'li bilan AQSHga o'qishga yuboriladigan bo'ldi. 
Yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlashda  talabalarning  xorijda  o'tadigan  stajirovkalariga  va 
qo'shma korxonalar, firmalar, au-ditorlik kompaniyalarida ishlab chiqarish praktikasidan o'tishlariga 
katta ahamiyat berilmoqda. Shu kunlarda mamlakatimizdan 700 nafar talaba xorijiy mamlakat o'quv 
yurtlarida  iqtisodiy  ixtisoslar  bo'yicha  o'qishmoqda.  Bir  necha  ming  talaba  3  oydan  bir  yilgacha 
xorijiy o'quv yurtlarida ta'lim olmoqda. 
Mustaqillik  yillarida  bozor  iqtisodiyotiga  o'tish  mulkchilikning  xususiy  shakllari  ishlab 
chiqarishini  kengaytirish  sharoitida  o'rta  hunar  ta'limini  yanada  takomillashtirishni  ham  talab  qila 
boshladi.  Bu  muammo,  ayniqsa,  qishloq  joylarida  muhim  ahamiyat  kasb  et-moqda.  Qishloqda 
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish, qishloq  yoshlarini  faol tadbirkorlik 
faoliyatiga  jalb  etish  uchun  1995-yildan  boshlab  qishloq  yerlarida  joylashgan  hunar-texnika  bilim 
yurtlari va o'rta maxsus o'quv yurtlari faoliyatini tub-dan qayta isloh qilish amalga oshirildi. 


- 77 - 
 
Har  bir  viloyat  va  tumanlarda  tadbirkorlik  o'quv  yurtlari,  kasb  lit-seylari,  biznes  maktablar 
kichik  va  o'rta  biznes,  fermerlik  xo'jaliklari,  aholiga  xizmat  ko'rsatish  sohalari  uchun  kollejlar 
ochildi. 
Shu  kunlarda  160  ta  ana  shunday  hunar  litseylari  biznes-maktablari  va  41  ta  kollej  faoliyat 
ko'rsatmoqda. Ularda 112,3 ming yigit-qiz o'qimoqda. Umuman mamlakatda xalq xo'jaligi talablari 
uchun 466 hunar-texnika bilim yurti kadr tayyorlab bera boshladi. 
Yana shuni aytish lozimki istiqlol yillarida O'zbekistonda umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirishga 
ham katta e'tibor berildi. 
Umumiy ta'lim uzluksiz davlat ta'limi tizimida asosiy bo'g'in bo'lib, ta'lim oluvchilarning ilmiy 
bilimlar olishini, mehnat ta'limi, boshlang'ich kasb-kor ko'nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egal-
lashlarini,  shuningdek,  o'z  ijodiy  qobiliyatlari  va  ma'naviy  fazilatla-rini  rivojlantirishlarini 
ta'minlaydi. 
Umumiy ta'lim «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 9-bandiga muvofiq uch bosqichdan iborat: 

 
boshlang'ich ta'lim (I-IY sinflar); 

 
tayanch ta'lim (V-IX sinflar); 

 
o'rta ta'lim (X-XI-XII sinflar). 
Ta'lim  haqidagi  davlat  siyosatining  asosiy  mohiyati  tayanch  ta'limining  (to'qqiz  yillik) 
majburiyligidir. 
Oliy  Majlisning  1997-yil  29-avgust  kuni  bo'lib  o'tgan  IX  sessiyasida  O'zbekiston 
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga binoan ta'limning 
yangi tizimi joriy etildi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida ta'lim 
quyidagi turlarda amalga oshi-riladi: 

 
maktabgacha ta'lim; 

 
umumiy o'rta ta'lim; 

 
o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; 

 
oliy ta'lim; 

 
oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; 

 
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 

 
maktabdan tashqari ta'lim. 
Shuningdek,  mazkur  qonunning  12-moddasida  umumiy  o'rta  ta'limning  quyidagi  bosqichlari 
ko'rsatilgan: 

 
boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar); 

 
umumiy o'rta ta'lim (I-IX sinflar). 
Xuddi shu sessiyada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ham qabul qilindi. 
1993-yil 1-yanvariga respublikada umumiy ta'lim maktablari-ning soni 8963 taga yetdi. 
Yangi  o'quv  dasturlari  va  darsliklarini  ishlab  chiqish  ta'lim  si-fatini  oshirishda  yagona  mezon 
bo'ldi.  Mamlakatda  prinsip  jihatdan  yangi  o'rta  o'quv  yurtlari  -  gimnaziyalar,  ya'ni,  ayrim  fanlar 
chuqur o'rganiladigan maktablar tarmog'i tez rivojlandi. Masalan, 1991-yildagi 
Bozor  iqtisodiyotiga  o'tilayotgan  hozirgi  sharoitda  ta'lim  jara-yonining  turli  bosqichlariga 
mansub  bilim  maskanlari  o'rtasidagi  uzviy  bog'liqlikni  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  ko'tarish 
dolzarb vazifalardan biridir. 
Mamlakat  hukumatining  qarori  bilan  umumta'lim  maktablarini  2005-2009-yillar  mobaynida 
qayta  ta'mirlash,  zamonaviy  o'quv  qu-rollari  va  fan  laboratoriya  bilan  ta'minlash  ishlari  qizg'in 
bormoqda. 
Aytish mumkinki, dunyo davlatlari orasida O'zbekiston xalq ta'limiga budjet hisobidan mablag' 
ajratishda birinchi o'ririda turadi. Buni 2007-yil 26-fevralda e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining  «Xalq  ta'limi  muassasalarini  moliyalashtirish  mexa-nizmini  takomillashtirish 
to'g'risida»gi farmoni ham tasdiqlaydi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq prinsipial yangi 
tipdagi  o'rta  hunar  o'quv  muassasalari  tarmog'i  shakllandi.  Zamonaviy  o'quv-laboratoriya 
uskunalari  bilan  jihozlangan  533  ta  kasb-hunar  kolleji  va  54  ta  akademik  litsey  barpo  etildi. 
Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo'yicha mamlakatimiz industri-yasi yaratildi. 


- 78 - 
 
Yangi ta'lim standartlari va o'quv dasturlari ishlab chiqildi. 
Bugungi  kunda  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  yosh  avlod-ga  uzluksiz  ta'lim  berish  va  uni 
tarbiyalash  jarayonini  yaxlit  qam-rab  oladigan  yagona  ta'lim  majmui  hisoblanadi.  Bunda  ta'lim  ti-
zimining  har  bir  bo'g'ini  alohida  o'rin  va  mas'uliyatga  egadir.  Dasturni  to'liq  amalga  oshirish, 
qo'yilgan vazifalarga erishish ana shu bo'g'inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o'zaro 
uyg'unligiga bog'liqdir. 
Shu  bilan  birga, tahlillar shuni ko'rsatadiki,  butun tizimning eng  muhim  boshlang'ich  bosqichi 
bo'lgan  maktab  ta'limining  ort-da  qolayotgani  yaxlit  uzluksiz  ta'lim  zanjirida  eng  zaif  bo'lib  qol-
moqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo'lib, ularning 40 foizga yaqini 
tipovoy bo'lmagan moslashtiril-gan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya 
holatidadir.  Ko'pgina  maktablar  markazlashtirilgan  isitish  sistema-siga  ega  emas,  ichimlik  suvi  va 
tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan. O'quvchilarning 28 foizdan  ко' prog'i ikki-uch smenada o'qitiladi. 
Maktablarning  o'quv-laboratoriya  uskunalari  bilan  jihozlanish  da-raj  asi  29  foizni,  zamonaviy 
kompyuter  texnikasi  bilan  ta'minlanishi  esa  15  foizga  yaqinni  tashkil  qiladi.  Maktablarning  faqat 
yarmigi-na  sport  zallariga  ega,  ularning  sport  uskunalari  va  anjomlari  bilan  jihozlanishi  esa  23 
foizdan oshmaydi. Ayniqsa, qishloq joylardagi maktablarning moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda. 
O'qituvchilar, eng avvalo boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mehnatini rag'batlantirish borasida 
tarkib  topgan  tizim  maktab  ta'limida  hamon  zaif  bo'g'in  bo'lib  qolmoqda,  bunda  pedagoglar 
iste'dodi,  kasb  mahorati  ularning  mehnatiga  haq  to'lash  chog'ida  hali  ham  belgilovchi  mezonga 
aylanmayapti. 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  muvaffaqiyatli  amalga  oshi-rishning  muhim  sharti  sifatida 
maktab ta'limining orqada qolishiga  barham  berish  hamda  maktablarning  moddiy-texnika  bazasini 
mus-tahkamlash  va  uzluksiz  ta'limning  yagona  tizimini  shakllantirish  bilan  bog'liq  mavjud  jiddiy 
muammolarni  bartaraf  etish  maqsadida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2004-yil  19-
fevraldagi F-1910-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi guruhlar tomonidan 
respublika  mintaqalaridagi  barcha  umumiy  ta'lim  maktablari  to'liq  ro'yxatdan  o'tkazildi.  Ularning 
moddiy-texnika bazasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil o'rganib chiqildi. 
Shuningdek,  farmonda 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish