O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 497,58 Kb.
bet4/12
Sana01.01.2022
Hajmi497,58 Kb.
#303117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fazliyeva Dilnoza

Tribunat. Xalq tribunlari triblar bo‘yicha o‘tkaziladigan plebey yig‘ilishlarida saylangan. Xalq tribuni lavozimiga faqat plebeylar saylanishi mumkin edi. Dastlab ikki tribun saylangan, keyin ularning soni o‘ntaga yetgan. Xalq tribuni shaxsi daxlsiz bo‘lgan. Ularning asosiy vazifasi plebeylarning manfaatlarini himoya qilish edi. Plebeylar manfaati uchun xalq tribunlari diktator va senzordan tashqari magistratlar faoliyatiga aralashishlari mumkin bo‘lgan. Xalq tribuni magistrat topshirig‘i, xalq yig‘ini, senat qarorini Veto (taqiq) bilan bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan. U hatto magistratni qamoqqa olish huquqiga ega bo‘lgan. Tribunlar plebey yig‘inlarini chaqirish huquqiga ega edi. Shahardan tashqarida tribun o‘z vakolatini yo‘qotgan. Ular magistrat emas edilar. Tribunning uyi har qanday plebey uchun boshpana bo‘lib, u kecha-kunduz ochiq turgan.

Senat. Senat podsholik davrining oxirida patritsiy urug‘lari oqsoqollari kengashi asosida paydo bo‘ldi. Jamoa ishlarini harbiy boshliq bilan birga boshqarishda katta obro‘ga ega edi. Podsholik davrida podsho oldidagi davlat kengashi edi. Mil. avv. 509-yilda podsho hokimiyati qulagandan so‘ng senatning ahamiyati kuchaydi. Respublika davrida senat 300 a’zoga ega bo‘lgan. Senat harbiy ishga, tashqi siyosatga, moliya ishlari va davlat mulkiga rahbarlik qilar edi. U diniy e’tiqod ustidan nazorat qilib, favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega edi. U hukumat vazifasini amalga oshirdi. Mil.avv. 287-yilgacha har qanday qonun loyihasi senatda muhokama qilinganidan keyingina xalq yig‘ini muhokamasiga olib chiqilar edi. Xalq yig‘inida qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan keyingina qonun kuchiga kirar edi. Shunday qilib, senat o‘ziga kerakli yo‘nalishda xalq yig‘ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik qilib, davlat moliyasining egasi edi. Mansabga saylangan magistratlar o‘z faoliyati uchun senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatga tobe edilar. Mil.avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansabdor magistratlar senat tarkibiga kirar edilar. Senatorlar ro‘yxatini senzorlar tuzganlar. Ularning rahbari eng keksa va obro‘li senator – princeps senatus (u munozara paytida birinchi bo‘lib so‘zlagan) edi. Senat ro‘yxatida birinchi senzorlar, keyin konsullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish huquqiga oliy magistratlar: diktator, konsullar, pretorlar haqli edi. Senatning qarori senatus konsul (senatus konsultum) yoki dekret (dekretum – qaror) deyilar edi. Senat Rim oligarxiyasining tayanchi edi. Senator unvoni umrbod edi. Odatda, senatorlar ro‘yxati ilgari magiustratura lavozimini egallagan yoki egallab turgan kishilardan ma’lum bir mulk senzi asosida (Oktavian davrida 1 mln sestersiy) nobillarning tor doirasidan tuzilgan. Imperiya davrida Oktavian hukmronligidan boshlab, senatning funksiyalari cheklana boshladi (ayniqsa moliya, harbiy ish, tashqi siyosat, provinsiyalar boshqaruvi). Imperiya davrida senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiya davrida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Imperiya davrida senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiyaning tugashi arafasida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Amalda hokimiyat prinseps qo‘lida bo‘lib, senat davlatning oliy tashkilotlaridan biri hisoblanar edi. Imperator Diokletian davridan senat o‘z ahamiyatini to‘la yo‘qotdi, u Rim shahar kengashiga aylandi.


Download 497,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish