Toldoshlar-Salicaceaeoilasi. Bu oilaga 3 turkumga mansub 400-420 tur
kiradi. Ular daryo bo’ylarida, to’qaylarda, ariq qirg’oqlarida, suv serob joylarda
o’sadi. Bu oilaga mansub o’simliklar qishda bargini to’kib turadi. Oilaning eng keng
tarqalgan turkumlari tol, terak, turang’il hisoblanadi.
Tol -Salix. 350-370 turni, terak (Populus) 50-60 turni o’z ichiga oladi. Ular
daraxt va butalardan tashkil topgan. Bular orasida majnuntol (Salix babulonica),
qoratol (S.excelsa), turang’a (Populus pruinosa), Baxofen teragi (P. bachofenii), oq
terak (P. alba), qora terak (P.nigra). Barglari oddiy, butun, gullari bir jinsli, ikki uyli.
Shuningdek, gulqo’rg’oni yo’q. Tollarda changchilar 2 ta, teraklarda 6-40 ta,
urug’chisi 2 ta mevacha bargning qo’shilib o’sishidan hosil bo’lgan. Mevasi
senokarp.