Oila - Fabaceae - Burchoqdoshlar
Turkum. Gledichiya - Gleditchia
Tur. Tikan daraxt - Gleditchia triacanthus L.
Gledichiya daraxti shox-shabbasi, nafis barglari tufayli juda ko’rinishlidir.
Yaproqi to’q-qizil, yaltiroq tusini kuzgacha yo’qotmaydi. Guli mayda,
yashilsimon, may-iyunda gullaydi. Mevasi yirik qo’ng’ir malla tusdagi uzun
dukkaklardan iborat. Bu daraxt 8-10 yoshga kirganda meva qila boshlaydi.
Gledichiya har qanday tuproqda o’sa oladi. Qurg’oqchilikka chidaydi. 20-25
yoshlik daraxtining bo’yi 15 m ga etadi. Bu daraxt urug’idan ko’paytiriladi. Bu
daraxtning yog’ochi juda qattiq bo’lib, vagonsozlik va mebelchilik sanoatida
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |