O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 0,62 Mb.
bet43/55
Sana12.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#172632
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
2020 Lotincha O'OAIM

Identiv o‘quv maqsadlar:

1. «Boysung‘ur Akademiyasi»ning tarkibi haqida tushunchaga ega bo‘ladi.

2. «Boysung‘ur Akademiyasi»dagi tarjima asarlarini biladi.

3. «Boysung‘ur Akademiyasi»ning ilmiy merosini sharhlay oladi.

4. Boysung‘ur Mirzoning o‘z akademiyasidagi faoliyatini izohlaydi.
2-asosiy savolning bayoni:

«Boysung‘ur Akademiyasi» juda tez, shiddatkor va barakali taraqqiyot, takomil, tadrijot bosqichlari:

I. Sohibqiron Amir Temur davrida tamal toshlari qo‘yilib, Shohruh va Mirzo Boysung‘urlar hukmronliklaridagi tiklanish (XIV-XV asrlar);

II. Sulton Abu Said Mirzo va ayniqsa Sulton Husayn Boyqaro Mirzo davridagi gullab-yashnash – o‘z taraqqiyoti va takomilining eng yuksak avj burjiga ko‘tarilish davri (XV asr);

III. Shayboniy o‘zbeklar, boburiylar va safaviylar davridan oldingi davrning yuksak nomlari – ijodkorlari, namunalariga taqlid qilish, ular darajasi va an’analarini saqlab qolishga urinish (XVI-XVII asrlar) davrlarini bosib o‘tgan edi.

Xondamirning «Makorim ul-axloq»ida «Boysung‘ur Akademiyasi»ning tarkibi, yo‘nalishi, muammolari va vakillari tavsifida:

I. Islomiy ilmlar, ilohiyot, Kalom va Hikmat (Falsafa).

1. Sa’duddin Taftazoniyning avlodi Ahmad Taftazoniy. «Sharhi faroiz»i – shariat va Kalom.

2. Ataulloh Husayniy. Ravzat ul-ahbob fis siyratin nabiy va olval as’hob – Rasululloh siyrati, hayot yo‘li – sura, mag‘oziy ilmlari.

3. Mavlono Fasihiddin Muhammad Nizomiy Xavafiy. «Hoshiyayi mavoqif fi ilm-ul-Kalom». Izduddin Abdurahmon al-Ijjiyning ana shu nomdagi Kalom ilohiyot falsafasi bo‘yicha yozgan shoh asariga bitilgan «hoshiya».

4. Imodiddin Abxariy. «Sharhi «Mishkot-ul-anvor» - Kalom bo‘yicha Imom G‘azzoliy yozgan «Mishkot-ul-anvor» asariga Abxariy sharhi.

5. Abdurazzoq Kirmoniy. Risola dar ilmi farosat.

6. Kamoliddin Mas’ud Shervoniy. Hoshiyayi sharhi «Hikmat ul-ayn» - Nosir Xusrav va boshqa buyuk mutafakkirlarning shu nomdagi asarlariga yozilgan sharhga Shervoniy hoshiyasi.

7. Xoja Hovand Abullaysiy. Hoshiyayi «Miftoh» - buyuk mutakallim va faylasuf Faxruddin Roziyning «Miftoh-ul-g‘ayb» - «Qur’oni karim ilohiy haqiqatlari sirlarini ochish kaliti» nomli asariga yozilgan hoshiya.

8. Mavlono G‘iyosiddin. Sharhi «Mu’joz...» Qur’oni Karimda keltirilgan mo‘jiza ilmiga oid kitobga yozilgan sharh.

9. Mavlono Jomiy. Shavohid un-nubuvvat – Payg‘ambarlik isbotiga oid kitob.

10. Voiz Koshifiy. Tafsiri Husayniy – Qur’oni Karimning forscha tafsiri. 

II. Fiqh, Shariat ilmlari.

Imom Nabaviy. Sharhi arba’in.

Mavlono Fasihiddin Muhammad Nizomiy Xavafiy: Hoshiyayi muxtasar – imom Quduriy (X asr) “Muxtasar”iga hoshiya. Hoshiyayi sharhi hidoyati hikmat – “Hidoya”ga yozilgan sharhga hoshiya.

G‘iyosiddin Muhammad. Hoshiyayi sharhi Mu’jizi Mavlono Nafis.

Abul Qosim Abul Laysiy. Hoshiyayi Mutavval.

Abul Qosim Abul Laysiy. Hoshiyayi Talvih.

Ixtiyoriddin Hasan Turbatiy. Iqtibosot – shariat bo‘yicha muhim fatvo kitobi.

III. She’r san’ati, tasviriy san’at, badiiyat (ectetika) nazariyasi.

Amir Abdulloh Husayniy. Risola dar sanoe’ va badei she’riy – she’riyat ilmi, badiiy ijod va san’at, estetika nazariyasi.

Amir Abdulloh Husayniy. Risolayi qofiya.

Abdurahmon Jomiy. Layli va Majnun.

Abdurahmon Jomiy. Xusrav va Shirin.

Ahmad Pir Shams. Abdurahmon Jomiyning «Nafohat ul-uns... »idagi arabiy she’rlar tarjimasi va sharhlari.

A’louddin Kirmoniy. Masnaviyot.

Ahmad Sheroziy. Qasidai Masnu’ – She’r san’atiga oid qasida.

Mas’ud Gulistoniy. Yusuf va Zulayho.

G‘iyosiddin Muhammad Jalol. Sihri Hilol.

Shamsiddin Muhammad Badaxshiy. Risolayi muammo.

Kamoliddin Mir Husayn. Risolayi muammo.

Alisher Navoiyning asarlari alohida ro‘yxatni tashkil etgan.

IV. Tabiiy-ilmiy bilimlar, tarix va maqomatlar.

Abdurahmon Jomiy. Risola dar ilmi musiqiy.

Mavlono Fasihiddin Muhammad Nizomiy Xavafiy. Sharhi miatatul amil – mexanikada qo‘llaniladigan minglab amallar (usullar) haqida risola.

Darvesh Ali Tabib. Tazkirat un-nufus – inson nafslari, ruhi turlari, joni haqida ruhiy-psixologik risola.

Kamoliddin Abdul-Vose’a (Jomiyning o‘g‘li). Holoti Hazrati Maxdumiy.

Amir Xond (Mirxond). Ravzat us-safo fis-siyarul-anbiyo val-muluk val-xulafo – yetti jildlik mashhur tarixiy asar.

Xondamir. Maosir ul-muluk – Tarixiy risola.

Xondamir. Xulosat ul-axbor – Tarixlar xulosasi.

Xondamir. Habib us-siyar – jahon tarixi bo‘yicha katta hajmli va ko‘p jildlik kitob.

Xondamir. Makorim ul-axloq – Navoiy hayoti, merosi, tarixi.

Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy.

V. Navoiyning o‘zi tarbiyalab voyaga yetkazgan, g‘oyalar bergan, homiylik qilgan yuzlab buyuk muhandis, me’mor ustalar, nafis rangtasvir san’ati vakillari. Sulton Ali Mashhadiy, Kamoliddin Behzod, Abdul-Jamil Muzahhib va boshqalarni nomlari, asarlari, ixtiro va kashfiyotlari.

VI. Jamoat binolari: madrasa, xonaqoh, yetimxona, ko‘cha, maydon, bog‘, xiyobon, mozor, masjid, guzar, ariq, to‘g‘on, hovuz, kanal, yo‘llar va h.k. qurish.

XV asrda Temurning nevarasi Boysung‘ur Mirzo, Sulton Husayn Boyqaro va uning yaqin qarindoshi Alisher Navoiyning kutubxonalarida gullab yashnagan rassomchilik akademiyalarida: G‘iyosiddin Naqqosh, Xalil Mirzo, Qosim Ali, Behzod, Hoji Muhammad Naqqosh, Mahmud Muzahhib va boshqalar tomonidan ishlangan rasmlarni eslatib o‘tish zarur. Bu san’atkorlarning vujudga keltirgan shoh asarlaridan Firdavsiy «Shohnoma»sining... «Boysung‘ur nusxasi»dagi Xalil Naqqosh rasmlarini, ... Alisher Navoiy kulliyotiga va ... Nizomiy «Xamsa» siga Mahmud Muzahhib tarafidan, Oksforda Bodlen kutubxonasida (№ 2121) mavjud Navoiy «Xamsa»siga rassom Qosim Ali tarafidan (Alisherning o‘zi ishtiroki bilan) ishlangan rasmlarni, To‘pqopi, Evqof va Yulduz kutubxonalarida Alisher va Nizomiyning asarlarining saratli nusxalarini alohida qayd etib o‘tamiz».

O‘n beshinchi asrning atoqli madaniyat arboblaridan biri, iste’dodli shoir, adabiyot va san’atning jonkuyar homiysi bo‘lgan Boysung‘ur 1397 yilning 16 oktabrida Shohrux oilasida dunyoga keladi. Boysung‘ur tadbirkorligi, ishchanligi, bilimdonligi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. Shuning uchun ham otasi 1414 yili 17 yashar Boysung‘urni Tus, Mashhad, Obivard, Habushan, Niso, Astrobod, Mozandaron, Shumulqon, Jurjon kabi viloyatlarga hokim qilib tayinlaydi. U davlatni iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksaltirishga, ilm-fanni taraqqiy ettirish, qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatni yaxshilashga alohida e’tibor beradi. Boysung‘ur Mirzo 19 yasharligida Shohrux davlatining vaziri qilib tayinlanadi. Otasi safardaligida davlatni u boshqargan.

Mashhur tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy: «U o‘zining davlati gulshanida ehson niholidan boshqa narsani ekmadi. Davlat ahvolining tashvishi uning ravshan zamiridan joy olgan edi», — deb yozgan. Hirot hamda Mashhaddagi Gavharshodbegim masjidlari bezagiyu katibalarini Boysung‘ur Mirzo bajargan.

Boysung‘ur Mirzo vazirlik ishini olib borish bilan birga badiiy ijod, madaniy-ma’rifiy, ilmiy ishlar bilan ham shug‘ullanardi. O‘sha vaqtda u Hirotda juda katta kutubxona tashkil qilib, qirqqa yaqin xattot, sahhof (muqovachi), varroq (qog‘oz tayyorlovchi), naqqosh, lavvoh (lavha chizuvchi) va boshqa hunar egalarini shu yerga to‘playdi. Ular xushnavis xattot Mavlono Ja’far Tabriziy boshchiligida qo‘lyozma yig‘ib ko‘chirish, bezash va tarqatish bilan shug‘ullanganlar. Davlatshoh Samarqandiy uning mana shu faoliyatini ta’riflab: «Shahzoda Boysung‘ur hunarlarvar va hunarmandlikda jahonda mashhur bo‘ldi. She’riyat va xattotlik uning zamonida rivoj topdi. Hunarmand va fazl egalari uning avozasini eshitib, tevarak atrofdan xizmatga keldilar. Xushxat kotiblardan qirq kishi uning kutubxonasida kitobat qilish bilan mashhur edilar. Boysung‘ur Mirzo hunarmandlarni e’zozlab, shoirlarni do‘st tutar edi», - deydi.

Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Boysung‘ur kutubxonasida kitob ko‘chirish bilan birga, kitoblarga zar bilan lavhalar chizish, go‘zal naqsh va suratlar solish, o‘tmish mutafakkirlarining ijodi va tarjimai holiga doir faktlarni to‘plab o‘rganish, noyob kitoblarning nusxasini ko‘paytirish, ayrim ijodkorlarning mukammal kulliyotini yaratish kabi ilmiy ijodiy ishlar ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Boysung‘ur ustod Sayid Ahmad naqqosh, Xo‘ja Ali musavvir, sahhof Qavomiddin Tabriziyga Ahmad Bog‘dodiy chizgan sur’atlardan nusxa ko‘chirishni topshiradi. Chunki, Ahmad Bog‘dodiy Amir Temur uchun chizgan suratlar majmuasi (albom)dagi ayrim rasmlar nursizlanib, o‘z jilosini yo‘qotayotgan edi. Boysung‘urning ilm dargohida bajarilgan ishlar, ko‘chirilgan, nafis san’at bilan zeb berilgan qo‘lyozmalarning ba’zilari bizga qadar yetib kelgan. Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma»si, «Kalila va Dimna», «Jome’ ut-tavorix» kabi asarlarning mavjud nodir nusxalari ana shular jumlasidandir.

Ma’lumki, Eron va O‘rta Osiyo xalqlarining qadimga xalq og‘zaki ijodi materiallari voqeanomalar asosida yozilgan «Shohnoma» jahonda eng ko‘p tarqalgan mumtoz asarlardan hisoblanadi. Bu asar o‘tmishda shu darajada ko‘p ko‘chirilib tarqatilganidan uning qaysi biri to‘la va asl nusxasi ekanligini aniqlash qiyin bo‘lgan. Chunki, kotiblar ko‘chirish paytida ayrim dostonlarni qisqartirib, tushirib qoldirar yoki Firdavsiy asariga o‘zlaridan yangi epizodlar, lavhalar qo‘shar edilar Bu holni ko‘rgan Boysung‘ur Mirzo «Shohnoma»ning 41 ta nusxasini to‘platadi. Kutubxonada xattot va olimlar tomonidan 1425-1430 yillar davomida qiyosiy o‘rganish natijasida «Shohnoma»ning asl nusxasi tiklanadi. Bu asarni mashhur xattot Ja’far Tabriziy ko‘chiradi, kutubxona musavvirlari zsa kitobni ajoyib lavhalar va suratlar bilan bezaydilar. Boysung‘ur Mirzo esa unga "Muqaddimai Boysung‘uriy" nomi bilan so‘zboshi yozadi. Boysung‘ur unda Firdavsiyning hayoti va ijodiga doir qimmatli ma’lumotlarni bayon etarkan, «Shohnoma»ning yozilish tarixi, shoirning fojiaviy hayot yo‘li, asarning manbalari, afsonaviy obrazlar, nasriy «Shohnoma»ga doir ajoyib ma’lumotlar keltirib., Firdavsiy ijodini to‘g‘ri baholaydi. Mana shu nusxa hamda «Boysung‘ur muqaddimasi» hozirgacha Firdavsiy ijodini to‘liq o‘rganib, «Shohnoma»ni ilmiy tanqidiy nuqtai nazardan tiklashda noyob manba hisoblanib kelinmoqda. Unga uch xattot 22 ta rasm chizgan. O‘sha nusxa Eronning Koxi Guliston kitobxonasida saqlanmokda.

Boysung‘ur Mirzo Amir Xusrav Dexlaviyning ijodi va adabiy me’rosini o‘rganish hamda to‘plash bilan ham shug‘ullangan. U shoir devoniga kirgan she’rlaridan 120 ming baytini, devoniga kirmagan g‘azallaridan esa 2 ming baytini jamlab, uni kitob xoliga keltiradi. Boysung‘ur Mirzo iste’dodli shoir, xushnavis xattot ham bo‘lgan. Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Sayfiddin Ali Safiy kabi san’atkorlar uning o‘zbek va fors-tojik tillarida go‘zal she’rlar yozgani haqida xabar beradilar. Lekin hanuzgacha uning she’rlar devoni topilmagan. U olti xil xatni mukammal bilgan. Ayniqsa, suls yozuvida undan o‘tadigan topilmagan.

Boysung‘ur Mirzo o‘nlab shoirlar, san’atkorlar va olimlarni o‘z panohiga olib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ham bergan. O‘z davrining mashhur shoirlaridan Bobo Savdoiy, Muhammad Pahlavon, Kotibi Nishopuriy, Mavlono Yusuf Amiriy, Amir Rukniddin Nuzlobodiy, Amir Shohi Sabzavoriy, Hofiz Yusuf Andigoniy va boshqalar bevosita Boysung‘urning moddiy yordamidan fayz topganlar.

Bobo Savdoiy uning bevosita homiyligi, ko‘p muruvvatlari tufayli katta shuhratga ega bo‘lgan. Uning bog‘i Safedida doim mushoira majpislari bo‘lib turgan.

Ko‘plab san’atkorlar, xattot va musavvirlar ham Boysung‘ur Mirzoning marhamatidan chetda qolmaganlar. Mashhur olim Xo‘ja Abdulqodir Marog‘iy, xushnavis xattot Shamsiddin Hiraviy, bastakor va xonanda Xo‘ja Yusuf Andug‘oniy,

muarrix va me’mor ustod Qavomiddin, o‘z zamonasining peshqadam musavviri mavlono Xalil shular jumlasidandir. XV asrning birinchi yarmida Hirotda qad ko‘targan go‘zal imoratlarning ko‘pchiligi ustod Qavomiddin va uning shogirdlari tomonidan qurilgan. Boysung‘urning moddiy yordami va homiyligida ijodiy kamolatga yetgan Xo‘ja Yusuf Andug‘oniy, keyinchalik Hirot musiqa maktabining peshvosi hisoblangan. Husayn Bayqaro ham musiqa bilimini undan o‘rgangan. O‘z davrining mashhur xattotlari Ja’far Tabieziy, Mavlono Zahiriddin Azhar Tabriziy, Mavlono Ma’ruf Bog‘dodiy va boshqalar Boysung‘ur kutubxonasida ijodiy ish bilan shug‘ullanganlar.

Alisher Navoiy Boysung‘urning faoliyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Boysung‘ur Mirzo xushtab va saxiy va ayyosh va hunarlarvar podsho erdi. Xattot va naqqosh va sozandadin va guyandadin muncha benazir kishikim, aning tarbiyatida orog‘a kirdi, ma’lum emaskim, hech podshoh zamonida paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay».

Xullas, XV asrning birinchi yarmidagi Hirot adabiy va madaniy hayotini rivojpantirishda Amir Temurning nevarasi, Ulug‘bekning ukasi Boysung‘ur Mirzo faol qatnashib, katta amaliy ishlarni bajargan. U madaniyat va san’at homiysi sifatida ko‘plab ijodkorlarning yetishib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Dotsent N.Norqulovnikg aniqlashicha, «Nigoriston»da tibbiyot, jug‘rofiya, handasa, o‘simlikshunoslik bilan shug‘ullanuvchi olimlar guruhi ham bo‘lgan.

Mashhur sharqshunos M.M.Dyakonov Temuriylar davri madaniy hayoti haqida fikr yuritib: «Navoiy, Jomiy va Behzod davri Hiroti - XV asrning ikkinchi yarmi Hirot madaniy yuksalishi va gullab yashnashi sarchashmalarini Shohrux davri Hirotidan qidirish kerak», - degan. Shubhasiz, bu davr madaniyatining yuksalishida Boysung‘ur Mirzoning xizmati katta.

Boysung‘ur 1433 yili vafot etadi. Gavharshodbegim madrasasiga dafn etiladi. Amir Shohiy, Sayfiddin Naqqosh Isfahoniylar marsiya bitgan. Uning uch o‘g‘li - Rukniddin Mirzo Alouddin, Qutbiddin Mirzo Sulton Mahmud, Mirzo Abdulqosimlar bo‘lgan.

Nazorat savollari:

1. Boysung‘ur akademiyasi tarjima merosini ayting?

2. Boysung‘ur akademiyasi tarjima merosini tarixiy ahamiyati nimada?

3. Boysung‘ur akademiyasi tarjima merosi deganda nimani tushunasiz?

4. Boysung‘ur Mirzoga berilgan baholarni izohlang.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish