O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti


-Mavzu: O‘RTA OSIYo ALLOMALARINING BOYSUNG‘UR SAN’AT AKADEMIYaSIDAGI FAOLIYaTI



Download 0,62 Mb.
bet41/55
Sana12.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#172632
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
2020 Lotincha O'OAIM

7-Mavzu: O‘RTA OSIYo ALLOMALARINING BOYSUNG‘UR SAN’AT AKADEMIYaSIDAGI FAOLIYaTI

Asosiy savollar:

  1. Xirotdagi Boysung‘ur san’at akademiyasi tarixi.

  2. Boysung‘ur akademiyasidagi tarjima merosi.

  3. Kamoliddin Behzod merosi.


Tayanch tushuncha va iboralar:

Temuriy shaxzodalar, Boysung‘ur akademiyasi, Boysung‘ur Mirzo, Kamoliddin Behzod, “Sharq Rafaeli”.


1-asosiy savol: Xirotdagi Boysung‘ur san’at akademiyasi tarixi.

Darsning maqsadi:

Talabalarga Xirotdagi Boysung‘ur san’at akademiyasi tarixi, u ilm dargoxidan bizga qoldirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar haqida tushuncha berish.



Identiv o‘quv maqsadlar:

1-asosiy savolning bayoni:

Movarounnahr va Xurosonda XV - XVI asrlarda murakkab tarixiy shart-sharoit, ijtimoiy-siyosiy va diniy-mafkuraviy vaziyat vujudga kelgan edi.

Ma’lumki, Amir Temur va temuriylar davrida umumbashariy turkiy sivilizatsiya, madaniyat, ilm-fan, diniy-falsafiy, badiiy-estetik tafakkur taraqqiyoti jahon ilm-fan, madaniyati, sivilizatsiyasiga ikki buyuk tamadduniy natijani berdi: Sohibqiron Amir Temurning haqiqiy merosxo‘ri Shohruh Mirzo (1397-1434)ning Gavharshod Og‘odan tug‘ilgan ikki o‘g‘illari Mirzo Ulug‘bek (1394- 1449) va Boysung‘ur Mirzo (1397-1434) dahosi, nomlari va faoliyatlari, ma’naviy, ilmiy merosi bilan bog‘liq bo‘lib, tarixga ularning nomlari bilan kirdi.

1.Samarqandda Mirzo Ulug‘bek "Asronomiya maktabi" negizida ravnaq topgan va gullab yashnagan tabiatshunoslik ilmlari Akademiyasi.

2.Hirotda Mirzo Boysung‘ur ishtiroki va tashabbusi bilan olimlar, kitobat san’ati, naqqoshlar, xattotlar, rassomlar, badiiy so‘z ustalari, tarixchi, diniy- axloqiy, falsafiy ilmlar vakillarining nafis tasviriy san’at va badiiyat ilmlari "Boysung‘ur Akademiyasi" tashkil topgan edi.

O‘zbekistonda Mirzo Ulug‘bek Akademiyasi, uning jahon ilm-fani, madaniyati, sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni, ahamiyati va ta’siri ko‘pchilikka ma’lum va mashhur. Biz ushbu o‘rinda mazkur "Boysung‘ur Akademiyasi" haqida, uning ayniqsa, badiiyat va nafis san’at sohasida yaratgan maktablari - "Boysung‘ur kutubxonasi", Husayn Boyqaro Mirzo (1438-1506) "Oliy Majlis"lari akademik uyushmalar ko‘rinishini olgan yig‘inlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

G‘arbiy Yevropa olimlari tomonidan (K.Brokelman, A.Z.V.To‘g‘on) "Boysung‘ur Akademiyasi" deb atalgan ijtimoiy-gumanitar fanlar, nafis rangtasvir, miniatyura, naqqoshlik, hattotlik, zargarlik, muzahhiblik, bastakorlik, notiqlik, voizlik, hofizlik, raqs, rassomlik, portret, peyzaj-manzara, natryumort, koshinkorlik, pushtingirlik (sport-sog‘lomlashtirish), bog‘, xiyobon, lark, mahobatli me’morchilik, dizayn san’atlari ilmlari, adab ilmlari vakillarining mazkur uyushmasi Mirzo Shohruhning ikkinchi o‘g‘li Mirzo Boysung‘ur (1397-1432) davriga kelib muntazam va izchil faoliyat ko‘rsatgan.

Mirzo Ulug‘bek Xuroson va Hirotni boshqaruvini o‘g‘li Mirzo Boysung‘urga topshirgan edi. "Boysung‘ur Akakdemiyasi"ning shakllanish, 1420-1428 yillarda yuz berib, uning gullab-yashnash davri 1428-1434 yillarga (ya’ni Boysung‘ur Mirzo vafoti arafasida), undan keyin Abu Sayd Mirzo, Husayn Boyqaro hukmronlik yillariga to‘g‘ri kelgan edi.

(Boysung‘ur Mirzo) turli-tuman hunarmandlar va san’at ahllarini shunday tarbiyat qildiki, ularning har biri zamon yaktosi va davron yagonasi bo‘lib yetishdilar.

Mavlono Ma’ruf Hattoti Bog‘dodiyning shogirdi Mavlono Shamsiddin al- Haraviyning yaxshi tarbiyat bilan shu darajaga yetkazdiki, u o‘zining xatlaridan aksarini "Qibl al-Xuttob" - "Kotiblar Qiblasi" Yoqut al-Musta’simiy nomi bilan yozdi va jahon ziyraklari ularni Yoqutning xati deb qabul qildilar, shuningdek, Mavlono Ja’far Tabriziy ham turli xat uslublari, ayniqsa, nasxu ta’liq xatini yozishda ikkinchi Xoja Mir Ali edi. Mavlono Ja’farning shogirdlari: Mavlono Zahiriddin Azhar, Mavlono Shahobuddin Abdulloh va Mavlono Jaloliddin Shayx Mahmudlar bugungi kunda asrning benazirlaridurlar va hech mubolag‘asiz bu jamoat uning atrofida vujudga kelgan bo‘lishi mumkin degan fikr bizning nazarimizda haqiqatga yaqin ilmda va xututi sitta - "yetti xat"ni ishlatishda Misrda - Ibn Muhla, shu kunning Sayrafiysi va zamona Yoqutidurlar, hamda u ruhoniy malakani sof himmat va to‘la jiddu jahd bilan imkon darajalarining eng yuqori pog‘onasiga yetkazgandurlar.

Boysung‘ur Mirzo tashabbusi bilan birgina Hirotda Abdurazzoq Samarqandiy shohidlik berganidek, mukammal ansambl, ilm-fan bilan shug‘ullanadigan, ijod, madaniyat, siyosat, din va san’at ahllari yig‘ilib, dam oladigan, bahs-munozaralar, bayram, hayitlar o‘tkaziladigan majmua - "Nigoristoni Sanoe’" tashkil etilib, unda katta va bosh kutubxona, kitobatxona, rassom, naqqosh, muzahhib, hunarmandlar yashaydigan va ijod qiladigan ustaxonalar tashkil etilgandi. Bu yerda Ja’far Tabriziy yetakchiligida 40 dan ortiq san’atkor ishlagan12.

Sulton Husayn Boyqaro davrida mazkur anjuman - maktab "Sanoyie zarifa" (Nafis tasviriy san’at) nomi ostida faoliyat ko‘rsatgan.

Hirotda "Boysung‘ur Akademiyasi" 100 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatgan.

"Boysung‘ur Akademiyasi"ning shakllanishi va taraqqiyoti, uning o‘ziga xos an’analarining Boysung‘ur Mirzo vafotidan to Shayboniylar, Boburiylar va Safaviylar davrlarigacha o‘tgan 100 yildan ortiq uzoq davr mobaynida qanday saqlab-qolinganligi, asrab-avaylanganligi va dunyoviy ko‘lamdagi ta’siri naqadar katta bo‘lganligini ko‘rsatuvchi bir necha misollar, manbaviy dalillar tahlilini beramiz.

Ustod Gungning shogirdi sifatida «Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda mohir rassom ustod Jahongir yashab ijod etgan. U asli buxorolik bo‘lib, ustod Gungning shogirdi hisoblanar edi. Rassom Jahongirni zamondoshlari o‘ta yuksak qadrlab, «Umdat ul-musavvirin» (Musavvirlar panohi va najoti) deb atashgan»,-deb yozadi prof. O.Usmon.

Ustod Jahongirning shogirdi esa Pir Sayyid Ahmad Tabriziy bo‘lib, u o‘z navbatida Kamoliddin Behzodning ustozi bo‘lgan.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish