6-Mavzu: O‘RTA OSIYo ALLOMALARINING MIRZO ULUG‘BEK AKADEMIYaSIDAGI FAOLIYaTI
Asosiy savollar:
Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek akademiyasi tarixi.
Samarqand akademiyasida Mirzo Ulug‘bek faoliyati.
Samarqand akademiyasidagi olimlar merosi. (Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Al-Koshiy, Ali Qushchi)
Tayanch tushuncha va iboralar:
Temuriy shaxzodalar, Ulug‘bek akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek, rasadxona, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Al-Koshiy, Ali Qushchi, “Ziji Ko‘ragoniy”.
1-asosiy savol: Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek akademiyasi tarixi.
Darsning maqsadi:
Talabalarga Ulug‘bek akademiyasi tarixi, u ilm dargoxidan bizga qoldirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar haqida tushuncha berish.
Identiv o‘quv maqsadlar:
1-asosiy savolning bayoni:
Sharkda vujudga kelgan ilk akademiyalardan yana biri Ulug‘bekning astronomik maktabidir. Samarqanddagi Madrasa qurilishi 1417 yili boshlanib, uch yilda nihoyasiga yetkaziladi. Tez orada Ulug‘bek madrasaga mudarris va olimlarni to‘play boshlaydi va shu tariqa uning Samarqanddagi astronomik maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlariga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Axmad va Kozizoda Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug‘bek Xurosonning Koshon shahridan G‘iyosiddin Jamshid Koshiyni chaqirtiradi. Samarqandga Movarounnahrning turli shaharlaridan va Xurosondan to‘plangan olimlarning soni, 1417 yilga kelib 100 tadan ortib ketadi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, rassomlar, me’morlar bor edi. Lekin astronomiya va matematika sohasidagi olimlar sharafliroq va obro‘liroq edi. Ular orasida Qozizoda bilan Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar.
1420 yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo‘ladi. Zayniddin Vosifiy «Badoi’ ul-vaqoi’» kitobida aytishicha birinchi mudarris etib mavlono Shamsuddin Muhammad Xavafiy tayinlanadi. Madrasada asosiy ma’ruzalarni Qozizoda, Ulug‘bek, Koshiy va keyinroq Ali Qushchi o‘qiydilar.
Bu ilmiy maktabga, birinchi mudarris etib mavlono Shamsuddin Muhammad Havofiy tayinlanadi. Ulug‘bekning astronomik maktabida asosiy ma’ruzalarni Qozizoda Rumiy, Shamsuddin Havofiy, Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Nizomiddin al-Birjandiy va keyinroq Ali Qushchi o‘qiydilar. «Ulug‘bek akademiyasi» nomini olgan bu ilmiy maktab Sharq madaniyati va fani tarixida ulkan ahamiyat kasb ztdi, mamlakat ravnaqiga, shuningdek qo‘shni xalqlarning madaniy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu yerda ko‘plab buyuk siymolar shakllandi. Jumladan, Abdurahmon Jomiy, Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, Sakkokiy, Lutfiy, Qosimi Anvar, hatto, Alisher Navoiy kabi olimu shoirlarning ijodi shu maktab an’analari asosida kamolga yetdi.
Akademiyalar tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ko‘ramiz. Bugun Ma’mun akademiyasi haqida gap ketar ekan, antik davrdaga Platon akademiyasi va Bog‘dod akademiyasini Ma’mun akademiyasining tarixiy ildizlari sifatida e’tirof etamiz. Ayni paytda Ma’mun akademiyasining Ulug‘bek akademiyasiga katta ta’sirini kuzatamiz. Abu Nasr ibn Iroq, Beruniy, Chag‘miniyning astronomiyaga oid asarlari Ulug‘bek akademiyasida darslik sifatida o‘qitilgani ma’lum.
Akademiyalar tarixini kuzatar ekanmiz, barchasida tabiiy fanlarga, fundamental tadqiqotlarga, xususan, astronomiyaga ustuvorlik berilganligini ko‘ramiz.
Yaqin, O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoda ilmiy ishlarni akademiya shaklida tashkil etish an’anaga aylandi. O‘rta Osiyoda bu jarayon keyin ham davom etdi. 15- asrda Samarqandda Ulug‘bek o‘zining akademiyasini tashkil qildi. Fan tarixiga bu ilmiy markaz «Ulug‘bekning Samarqand akademiyasi» va «Ulug‘bekning Samarqand astronomiya maktabi» nomlari bilan kirdi. Birinchi nomni fransuz faylasufi va yozuvchisi Volter (1694-1778) bergan bo‘lsa, ikkinchi nomni akademik Qori Niyoziy berdilar. Marhum akademigimizning Ulug‘bekning ilmiy markazini Volter singari atamaganining sababini biz davr taqozosi, deb bilamiz.
Sovetlar davri adabiyotlarida «Ulug‘bekning Samarqand astronomiya maktabi» deb yuritilgan ilmiy dargox, haqiqiy akademiya edi, chunki uning qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va o‘z davrining oliy o‘quv yurti — Madrasa bor edi. Rasadxonada yerli ziyolilar bilan bir qatorda turli yurt va elatlardan taklif etilgan mashhur astronomlar hamda matematiklar xizmat qilishar edi. Astronomlar sayyoralar va yulduzlarning Osmon kurrasidagi holatini kuzatishar, olingan ma’lumotlarga esa ilmiy dargox, qoshidagi matematiklardan iborat hisobdonlar matematik ishlov berishar edi. Ana shu tariqa astronomik va trigonometrik jadvallar vujudga kelar edi.
Rasadxona xodimlari, jumladan Ulug‘bekning o‘zi ham, madrasada dars berishar edi. Madrasada diniy — Kur’oni karim, hadis va tafsirdan tashqari, tabiiy fanlar — riyoziyot, xandasa, ilmi hay’at, ya’ni astronomiya, tibbiyot, ya’ni meditsina, surat al-arz, ya’ni geografiya kabilar o‘qitilar edi.
Ulug‘bek akademiyasida mashhur olimlar — Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchilar xizmat qilishgan. Keyinchalik bu akademiyada Hasan Chalabiy ibn Muso ibn Maxmud Qozizoda Rumiy, Mu’iddin al-Koshiy, Mansur ibn Mu’iniddin al-Koshiy va boshqa olimlar ishlashgan. Olib borilgan astronomik kuzatishlar asosida «Ulug‘bek ziji» vujudga kelgan. Akademiya xodimlari tamonidan bir qancha matematik risolalar bitilgan.
Ulug‘bek akademiyasida fanning turli sohalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilgan. Ammo hali astronomiya va matematikadan boshqa sohalari bilan sharqshunoslar yetarlicha shug‘ullanishmagan.
Ulug‘bek barpo etgan Samarqad madrasasi va ilmiy to‘garagi Sharq madaniyati va fani tarixida nihoyat ulkan ahamiyat kasb etib, mamlakat ravnaqiga, shuningdek, ko‘p xalqlarning madaniy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu yerda ko‘plab buyuk siymolar shakllandi. Jumladan, Xurosoning Jom shahrida 1414 yili tug‘ilgan bo‘lajak ulkan shoir Jomiy Ulug‘bekning Samarqand madrasasida tahsil ko‘rdi. Bu yerda u Qozizoda, Ulug‘bek va Ali Qushchi kabi ulkan olimlarning ma’ruzalarini eshitdi va ularning tarbiyasida bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |