O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 0,62 Mb.
bet12/55
Sana12.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#172632
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
2020 Lotincha O'OAIM

3-asosiy savolning bayoni:

Ahmad al-Farg‘oniy

Yevropada Alfarangus nomi bilan tanilgan Abul-Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy o‘rta asrlarning eng ko‘zga ko‘ringan allomalaridan edi. Ahmad al-Farg‘oniyning ismi fan tarixida mashhur, lekin, uning hayoti va ilmiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar juda oz, noaniq bo‘lib, ko‘proq taxminlarga asoslangan. Olimning tug‘ilgan yili mantiqiy hisoblar bilan 797 yoki 798 yillar, deb qabul qilingan. O‘rta asr manbalarida Ahmad al-Farg‘oniy haqida quyidagi ma’lumotlar saqlangan.

Ibn an-Nadim o‘zining (vaf. 993 y.) «al-Fixrist» asarida olimning ismi Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy bo‘lib, u fozil astronom va bu sohadagi yetuk olimlardan ekanini zikr etadi hamda uning qalamiga mansub «Al-majistiy»ning qismlari (boblari)» va «Quyosh soatini yasash haqida kitob» risolalarini keltiradi bu yerda «Li majistiyning qismlari (boblari)» nomi bilan allomaning «Astronomiya ilmi asoslari» asari nazarda tutiladi.

Ibn al-Kiftiy (1173-1248) Ahmad al-Farg‘oniyning xalifa al-Ma’mun tasarrufidagi astronomlardan biri ekanini ta’kidlash bilan bir qatorda, olimning «Falakkiyot ilmiga kirish va yulduzlarning harakati» risolasini yozganini aytib o‘tadi. Muallifning ko‘rsatishicha, al-Farg‘oniyning o‘ttiz bobdan iborat ushbu asari, «Al-majistiy» kitobining mohirona uslub va tushunarli sharhlar bilan yaratilgan qisqartmasidan iborat.

Shunisi qiziqki, Ibn al-Qiftiy o‘z asarining keyingi sahifalarida Ahmad al- Farg‘oniyning otasi bo‘lsa kerak, degan taxmin bilan yana bir «boshqa», ya’ni Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy ismli astronomni ajratadi va uning «Boblar kitobi», «Muxtasar Al-majistiy» va «Quyosh soatini yasash haqida» kitoblarining muallifi, deydi. Biroq, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Ibn al-Qiftiy «ota» va «o‘g‘il» deb faraz qilgan ikki shaxs amalda bir kishi, ya’ni Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy bo‘lgan.

Ibn Abu Usaybi’a va Ibn Tog‘riberdi (1411-1470)lar Ahmad al-Farg‘oniyning Ravda oroliga (Misr) o‘rnatilgan nilometrni isloh qilish va kanal qazish sohasidagi gidromuhandislik faoliyati haqida ma’lumot beradilar. Nilometr Nil daryosidagi suvning balandlik darajasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan jihoz bo‘lib, u 861 yili Ahmad al-Farg‘oniy tarafidan isloh qilingan. Nilometr aslida 750 yili qurilgan bo‘lib, u birinchi marta 814-815 yili xalifa al-Ma’mun, ikkinchi marta esa 861 yili al-Mutavakkil davrlarida isloh etiladi. Sharqshunos Gaston Viet nilometrni tuzatish masalasini batafsil o‘rganib chiqqan. Ravda orolida joylashgan bu jihoz Nil daryosi suvi bilan maxsus quvurlar orqali bog‘langan tosh kuduq ko‘rinishidagi inshootdir. Quduq markazida tosh ustun joylashtirilgan bo‘lib, unga suv sathini aniqlovchi maxsus belgilar ishlangan. Nilning suvi yuqoridagi quvurlar orqali uch qismdan iborat quduqqa oqib tushadi va uning markazidagi ustun vositasida o‘lchanadi. Nil daryosi bo‘yida qurilgan bu qadimgi gidrotexnika inshooti Misr qishloq xo‘jaligi uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, uni Ahmad al- Farg‘oniy tarafidan isloh etilishi, olimning iqtidorli muhandis ham ekanligiga yorqin dalildir.

Ja’fariya shahridagi kanal qurilishi ishlarida al-Farg‘oniyning ishtiroki haqida Ibn Usaybi’a shunday yozadi: «Xalifa Mutavakkal al-Farg‘oniy davridagi tanilgan olimlar aka-uka Muhammad va Ahmad Banu Musolarga o‘z nomi bilan atalgan yangi «Ja’fariya» shahrini suv bilan ta’minlash maqsadida, u yerda kanal qazish ishlarini topshiradi. Muhammad va Ahmad Banu Musolar esa bu vazifani «Misrda yangi o‘lchash inshooti» (ya’ni nilometr)ni isloh qilgan Ahmad al- Farg‘oniyga yuklaydilar. Ammo, baxtga qarshi, al-Farg‘oniy vazifani bajarishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yib, kanalning boshlanish qismini, uning boshqa qismlariga qaraganda chuqurroq qilib quradi. Natijada kanalning boshidagi suv uning ortiga to‘la yetib bormaydi. Voqea tafsilotlaridan xabar topgan al-Mutavakkil, agar kanal qurilishidagi kamchiliklar tasdiqlansa, har ikki aka-ukani qatl etishini ma’lum qiladi. U masalani tekshirib ko‘rish uchun Bog‘doddagi yirik olim Sanad ibn Alini chaqirtiradi. Sanad ibn Ali aka-uka Banu Musolar bilan kelishgan holda, kanal qurilishida hech qanday kamchilikka yo‘l qo‘yilmaganini tasdiqlaydi va agar bu loyihada biror xato bo‘lsa, u oradan to‘rt oy o‘tib, kanal suvi pasayganidan so‘ng zohir bo‘lishi mumkin, degan xulosani tayyorlaydi». Al-Farg‘oniy va nilometr masalasi xususida so‘z yuritgan Ibn Tog‘riberdining yozishicha, xalifa al-Mutavakkil 861 yili Fustot (qadimgi Qohira)da «yangi nilometr»ni quradi. Bu loyihani amalga oshirish uchun u Erondan muhandis Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniyni chaqirtiradi.

Abul-Faraj Bar Ebrey (1226-1286) ham al-Farg‘oniyning xalifa al-Ma’mun davridagi mashhur astronomlardan biri ekanini e’tirof etadi va «Astronomiya ilmi asoslari» nomli risola uning kalamiga mansubligini qayd etadi.

O‘rta asrning mashhur bibliograflaridan Ibn Xallikan (1211 - 1282) Ravda orolidagi nilometr haqida so‘z yuritar ekan, uning muhandisini Ahmad ibn Muhammad «al-Qarsoniy» deb noto‘g‘ri keltiradi. Albatta, muallifning yo‘l qo‘ygan xatosini osonlik bilan anglash mumkin, chunki «al-Farg‘oniy va al-Qarsaniy» so‘zlari arab yozuvida bir-biriga juda o‘xshab ketadi.

P.G.Bulgakovning fikriga ko‘ra, Ahmad al-Farg‘oniy 865 yili vafot etgan.

Dunyoning turli qo‘lyozma fondlarida Ahmad al-Farg‘oniyning quyidagi asarlari saqlanib qolgan:

1.«Falakkiyot ilmi asoslari va samoviy harakatlarning usullari». Muallifning eng mashhur kitobi sanalgan bu risola Dublin, Istanbul, Leyden, Moskva, Oksford, Sankt-Peterburg, Qohira kutubxonalarida mavjud. Bundan tashqari, xuddi shu risola boshqa nomlar bilan quyidagi kutubxonalarda ham saqlangan:

a) «Boblar (qismlar) kitobi: «O‘ttiz bobdan iborat «Al-majistiy»ga kirish». Bu nusxa Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida saqlanadi.

b) «Al-majistiy» Prinsetonda saqlanadi.

v) «Falakkiyot» Larijda saqlanadi.

g) «Falakkiyot ilmi asoslari» Qohirada saqlanadi.

d) «Falakkiyot ilmiga kirish» Madalat (Marokash)da saqlanadi.

ye) «Shaharlar va davlatlarning nomlari» Tehronda saqlanadi.

2.«Handasa va hisob yordamida shimoliy va janubiy asturlobni yasash uchun komil kitob». Risolaning nusxalari Turkiya, Berlin, London, Larij, Tehron, Mashhad va Qohirada saqlanadi.

3.«Yetti iqlimning hisobi» Qohira va Gotada saqlanadi.

4.«Asturlobni qo‘llash haqida kitob» Rampurda saqlanadi.

5.«Al-Farg‘oniy jadvallari» Patnada saqlanadi.

6.«Jadiy diametri uchun al-Farg‘oniy jadvallari» Manisa (Turkiya)da saqlanadi.

7.«Oy yerning ustida yoki ostida joylashgan vaqtni aniqlash haqidagi risola» Qohirada saqlanadi.

8.«Quyosh soatini yasash haqida kitob» Qohira va Halabda saqlanadi.

9.«Al-Xorazmiy zijini tushuntirish». Ushbu risola bizgacha yetib kelmagan.

Al-Farg‘oniy asarlarining eng mashhuri «Astronomiya ilmi asoslari» bo‘lib, u 30 bobdan iborat. Ularda falakkiyot fanining asosiy masalalari - arab, yunon, suriyalik va forslarning Oy va Quyosh taqvimi (1-bob), samoning sfera shaklida ekani (2-bob), Yerning shar shaklida ekani (Z-bob), Yer osmon sferasining markazi ekani (4-bob), osmon jismlarining ikki ko‘rinma harakati (Quyosh, Oy va sayyoralarning sutkalik harakati (5-bob), Yerning aholi yashaydigan qismining tartibi va uning osmon sferasining barcha aylanishida ro‘y beradigan tun va kundagi o‘zgarishlar (6-bob), Yerning aholi yashaydigan choragining xossalari (7-bob), Yerni o‘lchash va uning obod qismini yetti iqlimga bo‘linishi (8-bob), Yerdagi mamlakatlar va shaharlarning nomlari, ularning qaysi iqlimga tegishli ekani (9- bob), burjlarning to‘g‘ri chiqishi va uning to‘g‘ri hamda og‘ma sferalardagi harakati (10-bob), kecha va kunduz vaqtlarining miqdori, tekis soatlar bilan zamonli soatlarning farqlari (11-bob), yoritgichlar sferasining shakli, tarkibi va ularning Yerdan uzoqlik darajalari (12-bob), Quyosh, Oy va qo‘zg‘almas yoritgichlarning sferalar bo‘yicha aylanma harakati (1 Z-bob), harakatlanuvchi beshta yoritgich (sayyoralar)ning uzunlik bo‘yicha harakati (14-bob), beshta harakatlanuvchi yoritgichning ekliptika bo‘yicha qaytma harakati (15-bob), sayyoralarning episikllari, ularning deferentlari o‘lchamlari (16-bob), yoritgichlarning o‘z sferalaridagi va ekliptikadagi davrlari (17-bob), qo‘zg‘almas yoritgichlar va sayyoralarning kenglik bo‘yicha harakati (18-bob), qo‘zg‘almas yulduzlarning soni, ularni kattaliklar bo‘yicha tasniflash (19-bob), Oy manzillari (20-bob), harakatlanuvchi va turg‘un yulduzlarning Yerdan masofalarini o‘lchash (21-bob), yoritgichlarni o‘lchash va har bir yoritgichning Yer o‘lchoviga nisbatan mikdori haqida (22-bob), yoritgichlar va ularning ekliptikadagi darajalarining meridiandagi, chiqishdagi, botishdagi bo‘ladigan ixtiloflari haqida (23-bob), yoritgichlarning chiqishlari va botishlari hamda ularning Quyosh nurida bekinishlari (24-bob), Hilol (yangi Oy)ning chiqishi va Oy nurining ortishi va kamayishi (25-bob), beshta yoritgichning Quyosh shu’lalari (osti)dan chiqishi (26-bob), Oy va sayyoralarning larallaks i (27-bob), Oy tutilishi (28-bob), Quyosh tutilishi (29-bob), Oy va Quyosh tutilishi vaqtlari orasidagi miqdorlar.

Olimning «Astronomiya ilmi asoslari» kitobi Yevropaga tarqalib, bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida falakkiyot fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitilgan.

Ahmad al-Farg‘oniyning yana bir muhim «Handasa va hisob yordamida shimoliy va janubiy asturlobni yasash uchun komil kitob» risolasining nusxalari Berlin, Qohira, Qastamonu, London, Mashhad, Larij va Tehronda saqlanadi. Hozirda uning rus tilidagi to‘liq tarjimasi Toshkentda nashrdan chiqdi.

Risola muqaddima va yetti bobdan tashkil topgan. Muqaddimada muallif «zat al-halaq» va asturlob kabi astronomik jihozlar ustida qisqa to‘xtar ekan, «ularni yasashda qadimgi olimlar qo‘llagan uslublardan foydalanib kelinmokda, lekin biror kishi ularni sharhlab va tasvirlab kitob yozganini bilmaymiz», deydi. Shuning uchun ham u bu jihozning shakllari, ishlatish uslublari, asturlob orqali hisoblanadigan miqorlarning aniqligi va boshqa mavzularda qadimgi olimlarning faoliyati to‘g‘ri ekanini sharhlab, «komil kitob» yozganini uqtiradi.

«Handasadagi tasdiqlarning muqaddimalari» nomli 1-bobda asturloblarning shakllari sharhlanadi. Keyingi boblar quyidagicha nomlanadi:

2.«Asturlobning tuzilish tamoyillarini tushuntirish».

3.«Asturlob tekisligida hosil bo‘ladigan doiralar kattaliklari va ularning markazlari holatini hisoblash yordamida aniqlash».

4.«Barcha iqlimdagi doira markazlari holatini jadvalga joylashtirish».

5.«Shimoliy asturlobni chizish».

6.«Janubiy asturlobni chizish».

7.«Biz yozgandan tashqari, asturlobni qurish haqidagi hamma farazlar mumkin emasligi va noto‘g‘ri ekanligi haqida»

Ahmad al-Farg‘oniyning bu risolasi handasa faniga oid yangi fikrlarning shakllanishi hamda astronomik jihozlar haqidagi nazariy tasavvurlar rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Olimning kosmografiya va stereografik proeksiya nazariyasiga oid qarashlari tadqiq etilgan.

Yuqoridagi ma’lumotlar, Farg‘oniyning «Bayt al- hikma»da faoliyat ko‘rsatib, falakkiyot, riyoziyot, geografiya fanlarining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim, shuningdek, astronomik jihozlar va gidroinshootlar qurish ishlarida yorqin iste’dod sohibi ekanini ko‘rsatadi.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish