3- savol bayoni: Lizosomalarni 1955 yilda belgiyalik bioximik (sitolog) De Dyuv tomonidan (sichqon)topilgan. (Nobel). Lizosomalarni gidrolitik fermentlarga ega ekanligini payqadi. Kalamush jigaridan olingan fraksiyalarni o’rganish mobaynida olim ularning ba’zilari turli moddalarni parchalash hususiyatiga ega bo’lgan gidrolitik fermentlarga ega ekanligini payqaydi. Bu fermentlar maxsus sitoplazmatik tanachalar LIZOSOMALAR ekanligi va ularning fermentlari faqatgina lizosoma membranasi shikastlanganda, shok holatlari yuzaga kelganda yoki lizoso,alarning o’zi boshqa bir vakuola bilan qo’shilganda faollashadi.
L izosomalar Postlizosomalar Haqiqiy L Prolizosomalar Birlamchi lizosomalar, Ikkilamchi lizosomalar Birlamchi lizosomalar dastlabki hosil bo’lgan lizosomalr hisoblanadi. Ular mayda 100 nm kattalikdagi vakuolalar. Ular qalinligi 50-90 nm keladigan membranalar bilan o’ralgan. Ichi fosfotaza fermentiga to’lgan bo’ladi. Pinositoz va fagositozda ishtirok etadi va ikkalamchi lizosomalarni hosil qiladi.
Morfologiyasiga qarab lizosomalarning 4 tipi farqlanadi.
Birlamchi L
Ikkilamchi L
Autofagosomalar
Telolizosomalar (qoldiq tanachalar)
4-savol bo’yicha dars maqsadi: Lizosomalarni hujayra hayotidagi muhim ahamiyatini tushunib etadi
4- savol bayoni:Lizosomalar hujayra hayotida muhim vazifani bajaradi.
Turli moddalarni parchalash
Bir-biri bilan qo’shilish
Moddalar manomerlargacha parchalanib gialoplazmaga chiqariladi
Hujayra ichi mahsulotlarini o’zgartirish (qalqonsimon bez, tiroglobulinni-tiroksinga)
Sanitar
9.2- Avtofagosomalarning hosil bo’lish jarayoni
Avtolizda (o’z-o’zini yemirishda)
Rekonstruksiyalash (qayta qurish)
Zahira moddalarni parchalash
Bular biologik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lgan oqsil nuklein kislotalari va polisaharidalrni parchalaydi. Bu moddalar hujayraga ovqat sifatida fagotsitoz va pinotsitoz yo’li bilan kiradi. Lizosoma ularni parchalanishida -lizisida katnashadi. Shuning uchun bu organoidni nomi ham lizosoma (lisis- eritish va soma-tana) deb nomlangan. Lizosomalarning yigindisini hujayralarning “ovqat xazm qilish sistemasi” deb atash mumkin, chunki ular hujayraga kirayotgan barcha moddalarni o’zgarishida ishtirok etadi.
Undan tashqari lizosomalarni fermentlari ta’sirida hujayraning ulgan ba’zi bir strukturalari, yoki butun bir hujayralar xazm bo’lib ketishi mumkin. Lizosomalar ba’zi bir organlarni, masalan, it balikni dumini rezorbsiyasida, yuk bo’lishida asosiy rolni o’ynaydi.
Lizosomalarni fermentlar o’zi turgan hujayrani ham xazm qilib yuborishi mumkin. Olimlarni fakricha hujayralarni “o’zini xazm bo’lib ketishidan” lizosomalarni membranalari saqlaydi. Bu membranani bir butunligini buzilsa hujayra va uning organoidlari xazm bo’lib ketishi mumkin. Lizosamalar hozirgi vaqtda barcha hujayralarda topilgan.