2-savol bo’yicha dars maqsadi: Amitoz hodisalarni biladi.
2-savol bayoni: Amitoz-bu yadroning tortilib ikki qismga to’g’ri bo’linishidir. Amitoz o’tgan asrni o’rtalarida bayon etilgan bo’lib, hujayralar ko’payishini yagona formasi deb qabul qilingan edi. Faqat 70 yillarda mikroskopni texnikasi yaxshi rivojlanishi tufayli bo’linish protsessi ancha murakkab ekanligi aniqlandi.
Dastlabki olimlar amitoz deb hujayrada ikkita yoki ko’proq sondagi yadroni bo’lishini tushunganlar. Hozirgi vaqtda amitoz deb yadroni interfaza holatida bo’linishiga aytiladi.
Amitozni aniqlashni va analizni qiyinligi shuki, hozircha DNK sintezi, xromosomalar reduplikatsiyasi va amitotik bo’linish o’rtasidagi aniq nisbat ma’lum emas.
Ba’zi olimlar umuman amitozni hujayralar reduplikatsiyaini ma’lum shakli ekanini inkor etadilar.
Amitoz bitta yadroni teng ikkiga bo’lishiga olib keladi. Amitozni boshqa formasida yadro fragmentatsilanib har kattalikdagi yadrolar hosil bo’ladi. Ba’zan yadro bo’linadi, ammo plazmatomiya bo’lmaydi. Bo’linishda yadro interfaza holida qoladi va hujayra ishlashdan tuxtamaydi. Shuning uchun, amitozni mitotik apparat hosil qilmay, xromosomalar spirallanmay yadroni bo’linishi deb qarash kerak.
Amitozda genetik materialni qiz hujayralarga to’g’ri taxsimlanishi hali aniq emas.
Shuning uchun, A.A Zavarzin shunday fikr berdi va u hozir ko’pchilik tomonidan tasdiqlanmoqda:hech qanday “generativ amitozlar” (ko’payishni amitozlari) yo’q. Amitozni hujayra yadrosini funkutsional holatlaridan biri deb qarash lozim. Bundan kelib chiqadiki, Flemming tomonidan berilgan “amitoz” termini, hujayralarni ko’payish usuli ma’nosini yo’qotdi.
Meyoz - Jinsiy hujayralarning rivojlanishi. Xayvon va o’simliklarning ko’payishi jinsiy bo’lishi mumkin, ya’ni u mutaxassislashagan jinsiy hujayralar: tuxum va spermatozoidlar tomonidan amalga oshiriladi yoki vegetativ yo’l bilan, ya’ni somatik hujayralar gruppasi tomonidan amalga oshadi. Jinsiy ko’payish yoki sitogoniya ko’p hujayrali xayvon va o’simliklarga ham, ko’pchilik sodda hayvonlarga ham xos. Birlamchi jinsiy hujayralarning somatik hujayralardan ajralishi, ko’pchilik hayvonlarda, odatda embrional taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida bo’ladi. Sung hujayralar jinsiy bezga yigiladi. Shunday qilib birlamchi jinsiy hujayralardan va somatik hujayralardan iborat - jinsiy bezning ko’rtagi - boshlangichi hosil bo’ladi. Ba’zi tuban hayvonlarda (bulo’tlar, kovak ichlilar) somatik hujayralar jinsiy hujayralarga aylanishi qobiliyatiga ega; umurtqalilarda bu topilgan emas. Jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda rivojlanadi. Spermatozoidlar urug’donlarda, tuxum hujayralar esa tuxumdonlarda rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |