Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1 .Biosferaning nima va u qanday xususiyatlari jihatidan yerning boshqa sferalaridan farqlanadi?
2. Biosfera haqidagi talimotini yaratishda Vernadskiyning xizmatlari nimalardan iborat?
3. Yer sharida modda va energiya aylanishida biosferaning rolini tushuntirib bering?
4. Ekosistemalarning qanday xususiyatlarini bilasiz?
5. Geografik qobiqning ifloslanishiga nimalar sababchi va uni toza saqlashga qaratilgan qanday chora-tadbirlarni bilasiz?
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari haqida ma’lumot tayyorlang.
2. Akademik V.I.Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limoti haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
3. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. O’qituvchilar uchun qo’llanma. T., 1992.
16- Mavzu. O’simliklar bilan umumiy tanishish
Reja
1.O’simliklar bilan umumiy tanishish
2. 0‘simliklarning odamlar hayotida tutgan o‘mi
Tayanch so’zlar: ona tabiat, o’simliklar, cho’llar, suvsiz, qumli, ko’kat, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini, madaniy o‘simliklar.
Ma’lumki, ona tabiatni rang-barang o‘simliklar olamisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yer yuzida o‘simlik turlari juda keng tarqalgan. Bu o‘simliklarni jazirama chollardan tortib, to baland tog‘lar cho‘qqisigacha bo‘lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. 0‘zbekistonda tabiiy holda o‘sadigan yuksak o‘simliklarning 4500, 0‘rta Osiyoda 8000, Yer yuzida esa 500000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Tabiatda o‘simliklar uchramaydigan joy nihoyatda kam.
0‘simliklaming turli sharoitda o‘sishi tabiatshunoslik darslaridan sizga ma’lum. 0‘simliklar o‘sishda joy tanlamaydi. Ular suvsiz, qumli va sho‘rxok cho‘llarda, hamisha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadigan joylarda, inson qadami yeta olmaydigan g‘oyat baland tik qoya-toshlarda, g‘orlar ichkarisida va suv ostida ham o‘saveradi. Tabiatda dengiz, daryo, ko‘l va kanallarda, shuningdek, botqoqliklarda o‘sadigan o‘simliklar ham kam emas. 0‘simliklar uzoq yillar davomida turli sharoitda o‘sishga moslashgan.
Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingiz siz uchun yangi fan -biologiyaning bir bo‘limi - botanikani yanada mukammal o‘rganishingizda katta yordam beradi.
Botanika-yomoncha «botane»-ko‘kat, o‘t, o‘simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o‘simliklarning pay do bo‘lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog‘liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o‘rganadi hamda o‘rgatadi.
0‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini mukammal o‘rganganimiz sari tabiatni asrab-avaylashimiz zarurligini to‘liqroq anglab boramiz. Madaniy o‘simliklarni to‘g‘ri parvarish qilishni bilishimiz esa ulardan yuqori hosil olish imkonini beradi.
Biz yashab turgan jonli tabiatni o‘simliklar olamisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Yashil o‘simliklar barcha tirik mavjudot uchun hayot manbayi hisoblanadi. Ulardan hayvonlar, qushlar, hasharotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |