Nazorat uchun savollar:
1. Geografik qobiqda modda va energiya aylanasida gidrosferaning tutgan o’rni nimalardan iborat?
Suv o’zining fizik-ximik xususiyatlari jihatidan boshqa menerallardan qanday farq qiladi?
Qanday haroratda suvning eng zich holati ro’y beradi?
Okean va dengiz suvi nimalar ta’sirida ifloslanmoqda va uni saqlash uchun qanday choralar mavjud?
Suvning katta va kichik aylanasi qanday vujudga keladi?
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Fan-texnika taraqqiyotining yangi ma’lumotlari asosida materiklar va okeanlarning vujudga kelishi haqida ma’lumotlar tayyorlang.
2.Gidrosferada suvning aylanishi haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
3. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. O’qituvchilar uchun qo’llanma. T., 1992.
14- Mavzu. Atmosfera
Reja
1.Atmosfera haqida umumiy ma’lumot
2. Atmosferaning tarkibi
3. Atmosferaning tuzilish sxemasi
Tayanch tushuncha:atmosfera,organik sfera,argon, kislorod, vodorod, korbanat angidrid gazi.
Sayyoramizni o’rab olgan havo qobig’i atmosfera deyiladi. Yerning havo qobig’i esa har xil gazkarning mexanik aralashmasidan iborat. Atmosferaning qalinligi 3000 km ga etadi. Atmosferaning massasi esa Gidrosfera massasidan 100 marta, litosfera massasidan 1000 marta kam bo’lib, 5,15* 10 15 tonnaga teng.
Atmosfera sayyoramiz uchun ayniqsa, uning biosferasi ( organik sfera) uchun, jonli organizmning nafas olishi uchun katta ahamiyatga ega. Bulardan tashqari, yerning havo qobig’i sayyoramiz yuzasini kunduzi qattiq qizib ketishdan, kechasi esa sovub ketishdan saqlovchi go’yoki bir ko’rpa vazifasini o’taydi. Atmosfera, shuningdek, Yerni kozmosdan keladigan ko’plab metioritlardan saqlaydi: meteorlar atmosferada qizib yonib ketib, yerga yetib kela olmaydi.
Atmosferaning tarkibi. Atmosfera (yer yuzasi yaqinida) asosan azot ( 78,08 %) va kislorod (20,95%) dan iborat bo’lib , undan kamroq miqdorda argon (0,93%), korbanat angidrid (0,03%), geliy, neon, ksenon, kripton, vodorod, ozon, ammiyak, yod va boshqa gazlar (0,01%) bor.
Atmosfera tarkibidagi gazlarning foiz miqdori uning quyi qismida o’zgarmaydi. Faqat korbanat angidrid gazining miqdori sanoanlashgan katta shaharlarda bir oz ko’proq, aksincha , Arktika, Antarktida va okeanlar ustida bir oz kamroq bo’ladi.
Atmosfera tarkibidagi gazlar ichida kislorod juda katta ahamiyatga ega.U organism nafas olishining zaruriy shartidir. Atmosferada taxminan 10 darajasida 15 tonna kislorod bor. U organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog’, uglerodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi. Tabiatda o’simliklar sarflangan kislorodning o’rnini to’ldirib turadi. Atmosferada azot kislorod aralashmasi rolini o’ynab, oksidlanish sur’atini va binobarin , biologic protseslarni tartibga solib turadi.
Korbanat angidrid gazi tabiatda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’simliklar uchun zarurdir. Shuningdak, u Yerning issiqlik balansini tartibga solib turadi, chunki korbanat angidrit qisqa to’lqinli quyosh radiatsiyasini o’tkazib yuborib, Yer tarqatadigan uzun to’lqinli issiqlik nurini yutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |