Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Botanika fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat.
2. O`simliklarning oziqlanish xususiyatlari haqida tushuncha bering.
3. Botanika fanining bo`limlarini ayting.
4. O`simliklarning sezuvchanligi haqida tushuncha bering.
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Hozirgi kunda botanika fanining asosiy vazifalari haqida ma’lumot tayyorlang.
2. O`simliklarning oziqlanish xususiyatlari haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
18- mavzu. O’zbekistonning o’simlik qoplami
Reja
1. O’zbekiston o’simliklarining biologik xilma-xilligi
2.Biologik xima-xillik haqidagi konventsiya, uning O’zbekiston Respublikasi uchun ahamiyati
3. O’simliklarning kelib chiqish tarixi.
Tayanch iboralar: biologik xilma-xillik, genetik xilma xillik, hayvonlar, o’simliklar, ekotizimlar, o’rmonlar.
Yer sharidagi o’simliklar turlari bir birlaridan tashqi tuzilishi, xayotiy shakli turli sharoitda yashashi, ko’payishi, o’sishi, tarqalishi va boshqa belgilariga qarab bir biridan farq qiladi va shunga ko’ra ular evolyutsiyaning turli pog`onalarida turadi. “Biologik xilma xillik” yoki “bioxilma xillik”tushunchasi qisman yangi va hozirda xali keng ma`lum – emas. U yerdagi barcha xayotning xilma-xilligini hayvonlar, o’simliklar, mikroorganizmlar, ularning genlari va ekotizimlarini anglaydi. “Biologik xilma xillik” tushunchasida ma`lum bir organizm to’g`risida tsatistik ma`lumot emas, balki biologik dunyoning barcha qismlari o’rtasidagi o’zaro munosabat o’z aksini topgan. Ko’pincha “Biologik xilma xillik” 3 bosqichda ko’rib chiqiladi: 1) turlarning xilma xilligi, ya`ni barcha hayvonlar va o’simliklarning xilma-xilligi, shu jumladan (qo’ziqorinlar). Zamburug`lar va mikroorganizmlar; 2) genetik xilma xillik turlar doirasida genetik materialning xilma xilligi; 3) ekotizimli xilma-xillik-ekotizimlarxilma xilligi (o’rmonlar, tog`lar, dasht yoki savanna, cho’llar va boshqalar). Bularning oqsil molekulalaridan tashkil topgan dastlabki tirik organizmlar paydo bo’la boshlagan. So’ngra ular turli sharoitlarga moslashib tanalari murakkablasha boshlagan yangi belgilar shakllana boshlagan. Shu belgilarga ko’ra o’simliklar va hayvonlar bir-birlaridan keskin farq qiladi. Yer sharida o’simliklar turlari bir birlaridan tashqi va ichki tuzilishi xayotiy shakllari, yashash sharoiti, ko’payishi, tarqalishi va boshqa belgilari bilan farq qiladilar. Shunga ko’ra ular evolyutsiyaning turli pog`onalarida turadi. O’zbekiston o’simliklar qoplai, umumiy o’rta Osiyo tabiati bilan birgalikda o’rganildi. Ayniqsa birinchi jaxon urushidan keyin 1920 yillarning oxirida o’rganila boshlandi. U vaqtda adabiyotlarning tanqisligi, bor materiallarning chop etish imkoniyati bo’lmaganlikdan O’zbekiston o’simliklari qoplamini o’rganish ancha sust borgan. Bu sabablarning barchasi O’zbekiston o’simliklarini mukkamal o’rganishni talab etdi. SHuning uchun olimlar O’zbekiston o’simliklari haqidagi mavjud ma`lumotlarni yig`ish, tabiiy sharoitda ularni o’rganish va ular xaqida monografiyalar yozishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar. O’rganish natijasida 4 tomli “O’zbekiston o’simliklar qoplami” monografiyasi yozilib unda O’zbekistonning 3750 ta o’simlik turlari aniq ta`riflangan. O’zbekistonning yovvoyi o’simliklaroi tarkibiga mevali, em-xashak, dorivor, oshlovchi, sapaning saqlovchi, efirmoyli, bo’yoq va manzarali o’simliklar kiradi. Demak O’zbekiston o’simliklari o’zining biologiyasi, hayotiy shakllari, ko’payish, o’sish, rivojlanishi, tarqalishi jihatidan xilma-xildir. O’zbekiston o’simliklarni biologik xilma-xilligi, uning ahamiyati. O’simliklar tirik tabiatning tarkibiy qismi bo’lib, tevarak atrof muhit bilan chambarchas bog`langan va o’zining yashashi uchun zarur bo’lgan. Sharoitni sh tabiatdan topadi. O’simliklar oziqlanadi (assimilyatsiya qiladi) keraksiz moddalarni chiqarib tashlaydi (dissimlyatsiya qiladi), o’sadi, ko’payadi, tashqi ta`sirni sezadi va unga javob beradi, nihoyat nobud bo’ladi. O’simliklarning ko’p belgilari hayvonlarnikiga o’xshash, ayniqsa eng sodda tuzilgan o’simlik va hayvonlar o’rtasida aniq chegara sezilmaydi. Bu hayvonlar bilan o’simliklarning kelib chiqishi umumiyligidan dalolat beradi, qachondirki planetamizda dastlabki okeanlar suvida oddiy anorganik moddalar: uglerod, metan va suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo’lgan.
Akademik A.I.Oparin fikriga ko’ra, ularning ayrimlari liqildoq tomchi koatservatlar shakliga kirgan va keyin murakkablashib, tirik modda xosil bo’lishiga asos xisoblangan. Shunday qilib oddiy moddalardan muorakkab organik moddalar – oqsil.
Bularning barchasi biologik xilma xillikning tarkibi qismini tashkil etadi. Biologik xilma-xillik insonlarni oziq-ovqat, energiya va boshqa turli materiallar bilan ta`minlaydi, hosilni ximoya qiladi va kasalliklardan davolaydi. Biologik xilma-xillik –jamiyatning iqtisodiy., ekologik va madaniy estetik extiyojlarini qondirishning dolzarb va saloxiyatli resursi hisoblanadi. Bioxilma xillik bo’lmasa jamiyatning barqaror rivojlanishi mumkin emas.
Bu ilmiy asoslangan, dunyoda genofond, biologik turlar va ular shakllaniradigan ekotizimlar juda tiezlik bilan o’zgarib bormoqda. Buning sababi butun dunyo bo’ylab ta`minot, ishlab chiqarish savdo-sotiq, qishloq xo’jaligi va sanoatning rivojlanishi uy-joy ko’rinishi, yer yuzida aholi sonini oshishidir. Bulardan tashqari biologik xilma xillik insonlarning ta`sirida yuksak darajada o’smoqda.. Olimlarning xisoblashicha yer yuzida bugungi kunda 15 millionga yaqin tirik turlar bo’lib, har kuni ulardan taxminan 100 ga yaqini yo’qolib bormoqda.
Ularning yo’qolishi ko’p vaqtda, unchalik sezilmaydi, hozirgi kunda 1750 000 turlar mavjudligi aniqlangan. Kishilik jamiyati bunday yo’qotishlardan albatda zarar ko’radi. Bu esa yerda biologik kasallikni kamayishiga, yangi foydali oziq ovqatlarning cheklanishiga olib keladi.
Uncha ko’p bo’lmagan o’simlik va hayvon turlarini umumiy fandagi tomonlari o’rganilgan. Masalan: 265 000 o’simlik turlarini faqat 50 000 gina oziq-ovqat uchun madaniylashtirilgan: ekosistema tarkibiga kirgan uncha ahamiyatga ega bo’lmagan turlar ham xal qiluvchi vazifani bajarishi mumkin. Insonlar, ularning ahamiyatini sezilmasliklari mumkin. yerning tabiiy boyligi – u faqat turlarning terli tumanligina emas,, balki xar bir tirik mavjudotni yashab kelishi va rivojlanishi uchun imkon beradigan belgilarga ega bo’lgan genetik kod hamdir. Bu genlardan turli tuman dori darmonlar ishlab chiqishda va oziq-ovqatlarni xillarini ko’paytirishda foydalanish mumkin. Hozirgi kunda mavjud bo’lgan dori-darmonlarning deyarlik yarmini o’simliklardan oladi.
Bu sohada yanada ko’proq yangiliklar izlanishlar qilish mumkin. Butun dunyo oziq ovqat sanoati uchun juda kam genetik materiallardan foydalaniladi. Selektsioner olimlarning yuqori xosildorli navlarni yaratishi bilan qishloq xo’jalik ekinlarning kasalliklariga va xashoratlarning ta`siriga chidamliligini pasaytirib genetik bazasini qisqartirishga olib kelindi. Yo’qotilgan xususiyatlarni yovvoyi o’sadigan yaqin turlarning chidamli genlaridan foydalanib tiklash mumkin, lekin buning uchun er sharidagi chidamli, mustahkam genlarni himoya qilish, saqlash zarur. Shuning uchun biologik xilma xillik xozirgi va kelajak avlod uchun bebaxo umum xalq mulkidir.
Hozirgi kunda genofondga, turlarga, ekosistemaga ta`sir etuvchi xavfli faktorlarning soni juda katta. Insonlar ta`siri natijasida ekosistemalar buzilmoqda, turlar yuqolmoqda yoki yo’qolish tezlashmoqda. Biologik xilma xillikning bunday yuqotishlari, erdagi asosiy xayotning xavf ostida qolishiga olib keladi. Biologik turli tumanlik xaqida konventsiyaning tashkil etilishi. Ko’p yillar davomidagi antropogen ta`sirlar turlarning tarqalishiga sonining kamayishiga, ekologik sistemaga, genofondlarning o’zgarishiga olib kelishi aniqlandi. Bu esa xamma erda asossiy xayotning emirilishiga olib kelishi mumkin.
Turlarning yuqolib ketishi, sonlarning kamayishi, tabiatda o’sgan joylarning ekosistemaning buzilishi oldini olish maqsadida 1970-1980 yillardan keyin boshlangan edi. Lekin dunyodagi biologik xilma-xillikning bexisob zaxiralarini saqlab qolish uchun mablag` jratish. Faqat xalqaro birdamlik natijasidagina amalga oshishi mumkin va sekin asta konsensus tashkil etildi. Tuzilgan yangi xujjatlaravvalgi tabiatni qo’riqlash xaqidagi xujjatlarga asoslangan xolda, atrof muxitni barcha erlarda qo’riqlashinng yangi muxanizmini , ish rejalarini ishlab chiqishni o’z zimmasiga olish kerak. U yana kishilik dunyosini saqlab qolish uchun shimoliy va janubiy mintaqlarda yashagan davlatlarning o’zaro xamkorligini ta`minlash uchun sharoitlar yaratib berishi mumkin.
Shunday qilib biologik xilma xillik xaqida konventsiya vujudga keldi. U 1992 yilda Rio-de-Jeneyro shaxrida iyul oyida Birlashgan millatlar tashkilotining 156 davomiy yig`ilishida o’tkazildi va xujjatlar imzolandi. Avval ham ayrim turlarni, ekosistemalarning ayrim tiplarini saqlab qolish xaqida bir qncha xujjatlar imzolangan. Bu konventsiya biologik xilma xillikning barcha tamoyillarini genetik boyliklarini, turlarni, ekosistemani o’z ichiga olgan birinchi maratoba tuzilgan xalqaro katta bitimdir. Konferentsiya konventsiyaning asosiy organi bo’lib, unda qatnashgan davlatlar har vaqt yig`ilishib olib borilayotgan ishlari xaqida xisobot beradilar, fikrlar almashadilar, konsultatsiyalar alamashadilar.
O’zbekiston o’zining barqaror rivojlanishi uchun biologik xilma xillik resurslarini saqlashi muhim ekanligini e`tirof etib 1995 yilda biologik xilma xillik to’g`risidagi xalqaro konventsiyaga qo’shildi.
Konventsiyaning asosiy maqsadi:
1. Yerdagi, suvdagi barcha o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar xilma xilliklarini va yerning biologik resurslarini saqlash.
2. Mamlakatlar o’z biologik resurslaridan (o’rmon, baliqchilik va boshqa) ularga zarar keltirmasdan foydalanish
3. Genetik resurslardan foydalanish imkoniyatlari va shu asosda olinadigan foydalarni adolatli va teng taqsimlashni rag`batlantirish
Konventsiya hukumatlardan tabiat manbalarini boshqarish va ishlab chiqishda bioxilma-xillikni saqlash va samarali foydalanishni ta`minlashni talab qiladi. Bulardan tashqari konventsiyada alohida shart sifatida takidlanadiki unga qatnashgan davlatlar ma`lum bir tadbirlarni amalga oshirishlari shart: jumladan:
A. biologik resurslarni saqlash va betalofat foydalanish bo’yicha milliy strategiyalarni ishlab chiqish.
B. Jamiyatning xabardorligini va bilish saviyasini oshirish.
S. Tadqiqot va o’quv dasturlarini ta`sis etish.
D. Atrof muhitga ta`sirni baholash, maxsus jarayon yordamida iqtisodiy rivojlanish bosqichida bio-xilma xillik masalalarining zaruriy xisobini ta`minlash.
E. Tomonlar o’rtasidagi ilmiy va texnik xamkorlikni rag`batlantirish.
O’zbekiston nisbatan agrar mamlakat xisoblanadi va shu bois ham ko’p jixatdan tabiiy biologik resurslarning xolatiga bog`liqdir. Ilgari O’zbekistonning rivojlanishi muvozanatlanmagan, ishlab chiqarishga ayniqsa qishloq xo’jaligiga haddan ziyod ahamiyat berilgan, shu bilan birga tabiiy resurslarni boshqarish va muhofaza qilishga etarli e`tibor berilmas edi.
Boshqaruvning yuqori darajada markazlashuvi tabiiy manbalarni tiklash va ulardan oqilona foydvalanish o’rniga ularning tilofat ko’rishga olib bordi. So’ngi 30-40 yil mobaynida o’tkazilgan siyosat, ayniqsa qishloq xo’jalik sohasining hamda ekologiyaning noto’g`ri rivojlanishi natijasida O’zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining biologik resusrlariga jiddiy zarar etkazildi. Bu esa ayrim ekotizimlarning buzilishiga olib keldi. Ba`zilarda juda og`ir iz qoldirdi va respublikadagi umumiy ekologik barqarorlikni jiddiy xavf ostiga qo’ydi.
Demak O’zbekiston xalqaro konventsiyaga qo’shilgandan keyin (1995 y) xukumat olib borayotgan siyosatga muvofiq xamda konveniya doirasidagi ustivor majburiyatlarni bajarish uchun respublikada Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish dasturi va global ekologik jamg`armasi tomonidan faol qo’llab quvatlanadi“Biologik xilma xillik”ni saqlash bo’yicha milliy strategiya va harakat rejasi loyihasini tayyorlashga kirishdi. Mazkur loyixa hukumatning ijrosi agenti sifatida xarakat qiluvchi tabiatni muxofaza qilish Davlat qo’mitasi bilan xamkorlikda amalgaoshirildi. Ushbu xujjat bir vaqtning o’zida O’zbekistonning 1997 yil dekabr oyigacha bioxilma xillikni saqlash bo’yicha Milliy strategiya va xarakat rejasi ishlab chiqish yuzasidan olgan majburiyatlariga muvofiqtomonlar xalqaro konferentsiyasining hisoboti hisoblanadi.
O’simliklarning kelib chiqishi. Yerda hayotning paydo bo’lishi xaqida 3 xil gepotezalar mavjud. 1. yerda xayot doimo bo’lgan lekin, ular faqat o’zlarining shakllarinigna o’zgartirgan. 2. Boshqa planetadan sodda organizmlar tariqasida kelgan. 3. Yerda hayot o’z-o’zidan paydo bo’lgan, ya`ni sintetik reaktsiyalarning murakkablashish natijasida aniqrog`i uglerod, azot birikmalari bilan qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan. Xozirda 3 ta gepoteza xaqiatga yaqinroqdir. Avval yerda ximiyaviy evolyutsiya, so’ngra biologik evolyutsiya bo’lgan. Buni bilish uchun 1 tup o’simlikni yuksak avaal suv bug`lari ajralib chiqadi. So’ngra karbonat angidridda ajraladi kenyin kulga aylanadi. Uning tarkibida: Uglerod-45 Kislorod -42 Vodorod-6.5 Azot-1.5 Qolganlari oltingugurt, R, K, Sa, Mg, Fe, Cl, Si, I, Br, Na Bulardan S, O, N, N-95% qolganlari 5% tashkil etadi. Bu elementlarsiz o’simlik yashay olmaydi. O’simliklar tanasini tashkil etgan elementlarni shimadi. O’simliklar uchun eng muhimi moddalarning almashinuvidir.
O’simliklar mineral moddalarni faqat suvda erigan xolatda ildiz tuklari va barglari orqali so’radi. O’zbekiston o’simliklarining umumiy tavsifi. O’zbekiston o’simliklarini asosiy qismi 6 tomli “O’zbekiston florasi”da keltirilgan. Lekin usha vaqtda unga kirmay qolgan turlar ham bor. Chunkiy G`arbiy TyanSHan 1956 yilgacha Qozog`iston respublikasi xududida edi. O’zbekiston o’simliklar er qoplami 145 oila, 1028 ta turkum va 4230 turni o’z ichiga oladi (Taxtadjyan bo’yicha 1956). Bulardan 492 tur madaniy o’simliklar. Ular ichida 26 oila, ko’p uchraydigan madaniy ekiladigan o’simliklar. Yirik oilalardan Asteran, fabaceae, Poaceae. Lekin o’simliklar qoplamini asosiy qismini turlarning soni jixatidan Chenopodiaceae so’ngra Asteraceae va Poaceae lar tashkil eatdi, qolgan oilalarning ichida turlarini ko’pligi jixatidan Roaceae oilasi turadi. Oilalarning ichida eng ko’p turga ega bo’lgan turkumlar: Astargalus – 224 SaPsola-49 Consinta-136 Polugonum-44 Calligonum-74 Carex -44 Allium-68 O’zbekiston florasi ichida endemik turlar uncha ko’p bo’lmasdan 390 ta yoki barcha o’simliklarning 9.2% tashkil etadi. O’rta Osiyoda 3336 ta tur endemdr. Endem turlar Asteraceae-84, fabaceae-70, Apiaceae (Umbelliterae-39)? Lamiceae (labiatea)-35, Polugonacea-26, Libiceace-23, Caryophullaceace-16, Poacea-11 to’g`ri keladi.
Demak o’simliklarning turli tumanligi, Respublikaning ekologik sharoiti va iqlimning bir xilda emasligini ko’rsatadi. Bular esa o’simliklarning xayotiy shakliga fotosintezning tarkibiga ta`sir ko’rsatadi. I.G.Serebryakov va uning o’quvchilari o’simliklarning novdalarining shakllanishiga va ildizlarning rivojlanishiga qonuniyatlarini o’rganib chiqdilar. Natijada olim ayrim xayotiy shakllarning asosiy guruhlarini o’rtasida filogenetik bog`lanishlar borligini aniqladilar va ochiq va yopiq urug`li o’simliklarning xayotiy shakllarini sistemasini tuzib chiqadilar. So’ngrabu sistemani E.P.Korovin (835) to’ldirdi. O’zbekiston o’simliklarini xayotiy shakllarini tarkibi: Bo’lim, daraxtsimon o’simliklar Tip 1. Daraxtlar. Guruxlar 1. doimiy yashil bitta tanali daraxtlar 2. mevali daraxtlar 3. bargsiz mavsumiy sukkulen daraxtlar 4. sukkulent daraxtlar Tip 2 Guruxlar 1. Oddiy butalar 2. Afillar (bargsiz) va barglari qisqargan. 3. Sukkulent bargli va sukkulent poyali. 4. yerda yotib o’suvchi va lianasimonlar. Tip 3 butachalar. Guruhlar. 1. butachalar . 2. estiqsimonlar. 3. afilar. 4. sukkulentbargli va sukkulentpoyali. Bo’lim 2. 4.Tip. Yarimbutalar va yarimbutachalar. Guruxlar. 1.oddi yarim butalar. 2.sukkuluntbarglilar. 3.oddiy yarimbutachalar 4.sklurofnllar . 5.sukkulentbargli va sukkulentpoyali. 6. yer ustki qismi boshchali kaudeks xosil qiluvchi yarim butachalar Bo’lim 3. Yer ustki o’tsimon o’simliklar. 5 tip. O’tsimon polikarpiklar. Guruhlar. 1. Ko’p boshchali o’q ildizli 2. bitta asosiy o’q ildizli 3. cho’tkasimon ildizli 4. qisqa ildiz poyali 5. uzun ildizpoyali 6. poyasining pastki qismi zichlashgan zich novdalar xosil qilgan tip. 7. poyasining pastki qismi zichlashgan, sirak novdali tup o’smimlik. 8. poyasining pastki qismi zichlashgan uzun ildizpoyali. 9. piyozboshli 10.tugunak piyozli 11.tugunakli 12.12. tugunaksimon kengaygan. 13.ildizbachkili 14.saprofit va parazit 6 tip. O’tsimon monokarpiklar. Guruhlar 1. ko’p yilliklar 2. ikki yilliklar 3. bir yilliklar 4. erta gullovchilar 5. kech gullovchilar 6. sukkulentlar 7. sklerofillar 8. parazitlar bo’lim 7. Suv o’tlari
Do'stlaringiz bilan baham: |