O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
______ GURUH TALABASI ____________________________NING
KURS ISHI
Mavzu: Katta maktab yoshi o’quvchilarida bo’ladigan psixologik o’zgarishlar.
Bajaruvchi: ________________________.
Ilmiy rahbar: _________________________.
GULISTON – 2022
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………3
I. BOB. Katta maktab yoshi rivojlanishning umumiy xususiyatidir..5
1.1. Katta maktab yoshidagi o'quvchilarning psixologik xususiyatlari……………………………………………………………6
1.2. Erta o'smirlik - bu shaxs rivojlanishidagi o'ta muhim va hal qiluvchi davri………………………………………………………….11
II. BOB. Katta va o’rta maktab davrlarida o’quvchilarning kasb tanlashga bo’lgan munosabatlari va uning psixologik xususiyatlari.20
2.1. Yuqori sinf o'quvchilarining kasbiy o'zini o'zi belgilashi……...21
2.2. Yoshlik va uning psixologik muammolari………………………29
Xulosa………………………………………………………………….34
Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………………...36
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda qonunlar ustivorligiga amal qilinadigan demokratik jamiyatni barpo etishga kirishilgan bugungi kunda jamiyatimizning barcha a’zolarini, birinchi navbatda o‘sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash g‘oyat dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, har bir shaxs birinchidan, jamiyatimizning a’zosi sifatida ijtimoiy hayotimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlarning yaratuvchisi, jamiyat sub’ekti bo‘lsa; ikkinchidan esa, u mazkur jarayonning qatnashchisidir. Bu jihatdan olganda inson jamiyatning ob’ektidir.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod - iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar.
Kurs ishining maqsadi.
Katta maktab yoshi o’quvchilarida bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni o’rganish.
Kurs ishining obekti.
Katta maktab yoshidagi o’quvchilar
Kurs ishining predmeti.
Katta maktab yoshi o’quvchilarida bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni o’rganish va aniqlash jarayoni
Kurs ishining vazifasi.
- O’quvchilarida bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni o’rganish;
- Mavzuga oid manbalarni o’rganishda va tahlil qilish natijasida amaliy taklif berish;
- Mavzuga oida manbalarni o’rganish mobaynida tmavzuga oid tavsiyalar berish;
- Tahlil qilish mobaynida xulosa chiqarish;
Kurs ishining ilmiy nazariy va amaliy tuzilishi.
Katta maktab yoshi o’quvchilarida bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni o’rganish va tahlil etish va amaliyotga tatbiq etilsin.
Kurs ishining metodi.
- Kuzatish metodi ;
- Suhbat metodi ;
- Pedagogik tahlil metodi;
- Psixologik tahlil metodi;
- Adabiyotlar tahlili metodi;
Kurs ishining metodologik asoslari:
Ommaviy madaniyatli yoshlar tarbiyasiga tabiiy ta’sirni bartaraf etish, ularni milliy ong milliy o’zlikni anglash, milliy qadryarlarimizni o’rganish, ularni e’tiqodli insonparvar madaniyatli qilib tarbiyalash asoslarini hamda ularni ustuvor yo’nalishlarini amalga tahlil etishga oid nazariy yondoshuvlar : Davlat dasturi ta’lim to’g’risidaqi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O’zbekiston respublikasi Prezidenti farmonlari “Ta’lim to’g’risida” qonun. Oliy majlis tomonidan qabul qilingan dahldor qonunlar buyuk allomalarning ilmiy nazariy ma’lumoti O’zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti barkamol avlod ilmiy nazariya asoslari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev “Xalq bilan muloqot inson manfaatlari yili”.
Do'stlaringiz bilan baham: |