Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)-to’plangan tajribani tahlil yetish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Bu bosqichda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanadi. Milliy (yelita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va o’zini o’zi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olinadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini mohiyatini anglash uchun bu – dasturni qabul qilishga qanday sabab va oqibatlar turtki bo’lganligini qarab chiqmog’imiz, 1997-yilgacha mavjud bo’lgan yeski ta’lim-tarbiya tizimining kamchiliklari va muammolarini tahlil qilib ko’rmog’imiz kerak. Yeski kadrlar tayyorlash tizimining kamchilik va muammolari quyidagilardan iborat yedi:
kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlarini talablariga muvofiq yemasligi;
o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli yemasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi;
sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi;
ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida puxta o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integrasiyaning yo’qligi.
ta’lim tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibi, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan yemas.
amaldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiyot topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotganligi;
mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bog’lanmaganligi;
Yuqoridagi kamchilik va muammolarni hal qilishni ko’zda tutgan quyidagi omillar mavjud kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishga turtki bo’ldi:
Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat yeksport salohiyatining kengayotganligi;
davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topganligi;
milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integrasiyasi, respublikaning jahondagi mavqyei va obro’-ye’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» haqida hukumat darajasidagi bu fikrni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining «O’zbekistonning 1996-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yakunlari hamda 1997-yildagi iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlari» ga bag’ishlangan maajlisidagi nutqida bayon yetdi:
«1997-yilda biz yaxshi, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida ye’tibor berishimiz kerak.
Ta’lim tizimi tubdan qayta ko’rib chiqish vaqti yetdi, professional bilimlarni yegallash imkoniyatlarini kengaytirish, mama’mur-menejerlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo’lga qo’yish lozim.
Biz bugun shunga tayyormizmi? Buning uchun zarur kuch va resurslarimiz bormi?
Mana shu minbardan turib, qat’iy aytamanki, ha O’zbekiston ana shunday kuch-quvvat va resurslarga yega» («Ma’rifat» gazetasi, 1997 yil 1 mart).
Do'stlaringiz bilan baham: |