Баркамол авлод-Ўзбекистон тараиқётининг пойдевори
Лотин графикасига ўтиш
Мустақил ишлаш ва фикрлаш
Миллий ғоя, анъаналар асосида янги адабиётлар яратиш
Чет тилини мукаммал билиш
Мактабни ўқув муассасалари билан боғлиқлиги
Кадрлар «тайёрлаш миллий дастури»ни қабул қилиш
Мақсад: Кадрлар тайёрлаш тизимининг миллий моделини яратиш.
Таълим тўғрисидаги Қонунни қабул қилиш. Мақсад: «Халқ таълим тизимини тубдан ислох қилиш»
Битирувчиларни тақдири
Бошқариш тизимини тўғри йўлга қўйиш.
Maktab va o’rta – maxsus ta’limi muassasalari faoliyatini o’rganish dasturi.
Maktab va o’rta maxsus ta’lim muassasalari mamlakat hayoti bilan mustaqillik qurishdagi amaliy ishlar bilan chambarchas bog’langan bo’lib, mustaqillik davlatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy vazifalariga xizmat qiladi.
Bu esa muassasalar zimmasiga madaniyatli, ma’lumotli, har tomonlama etuk, yuksak sifatlar egasi bo’lgan barkamol avlod etishtirish vazifasini yuklaydi.
O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash, milliy tizimni yaratishdir.
Pedagogik tizimni boshqarishning asosiy maqsadi – ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasa oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim tarbiya jarayonini ishtirokchilari bo’lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyalarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik tizimni boshqarish fani ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyati, mas’uliyati va madaniyati, boshqaruv funktsiyalari va metodlari, boshqarishning qonun qoidalari va tamoyillari, rahbar va lider fazilatlari, muassasalrni boshqarishida axborot va komunikatsiya, innovatsion faoliyati tarbiyaviy munosabatlar va rahbarlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish, rahbarning ish vaqti va undan foydalanish, personalni boshqarish hamda motivlashtirish nazariyalarini tadqiq etishdir.
Boshqarishning bosh maqsadi zamonaviy ijtimoiy – iqtisodiy shart sharoitlarda rahbarlik qila oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, ya’ni rahbarlar malakasini oshirish ularni rahbarlik san’ati sirlarini o’rgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdir.
Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutiladi: «Ta’lim to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitni shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv ilmiy ishlari bo’yicha– ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash:
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilish jarayonlariga moslash;
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim oluvchilarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimni joriy qilish;
yangi ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish;
ta’lim, fan, ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlangan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini mexanizmlarini ishlab chiqarish;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’larning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Pedagogik ta’limning maqsadi kengroq ma’noda olganda, barcha tipdagi maktablar, oliy va o’rta maxsus, kasb – hunar o’quv yurtlari, maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari tarbiya muassasalarida ishlaydigan o’qituvchilar, pedagogik xodimlarni, ota – onalarni, barcha kasb egalarini pedagogik bilimlar bilan, ya’ni barkamol insonni shakllantirish qonuniyatlari, tarbiya va ta’limning tamoillari mazmuni, shakl va usullari bilan qurollantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |