O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya


Pedagogik tizimni vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi



Download 1,31 Mb.
bet110/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

Pedagogik tizimni vazifalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. O’qituvchilar va boshqa pedagogik xodimlarni tayyorlash ishini jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasida tashkil etish.

  2. Ota – onalar, bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanadigan jamoat tashkilotlari xodimlari orasida pedagogik bilimlarni yoyish.

  3. Amaliy faoliyatda odamlar bilan muloqotda bo’ladigan kasb egalarini tayyorlashda ta’lim – tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ruhshunoslik, pedagogikaga doir bilimlar berish.

  4. Pedagogik xodimlar va xalq xo’jaligining barcha sohalarida mehnat qiladigan mutaxassislarning malakasini oshirish jarayonida ularni pedagogik bilim va malakalar bilan qurollantirish.

Turli yo’nalishda va turli darajada xodimlar tayyorlash va ularning yuqori malakali sifatida voyaga etkazish pedagogik tizimning bosh vazifasi hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ishlash uchun tayyorlanayotgan kadrlar: pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; umuminsoniy va milliy – madaniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, shuningdek umuminsoniy qadriyat sifatida ilohiy ishlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol, fuqarolik burchini anglagan, ixtisosiga doir bilim, ko’nikmalarni, psixologo – pedagogik, metodik bilimlarni egallangan; kasbi va bolalarni yaxshi ko’radigan, talabchan, adolatli, pedagogik odobli bo’lib etishishlariga ko’maklashadigan kishi bo’lmog’i kerak.

YUqoridagi vazifalarni bajarish uchun o’qituvchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishni takozo qiladi.

Buning uchun:



  • davlat jamoatchilikning, ota-onalarning kuch-g’ayrati: pedagogika o’quv yurtlari va pedagogika universitetlari uchun ajratilgan mablag’larni ko’paytirish orqali ularning o’quv-moddiy bazasini mustahkamlash; o’qituvchining maoshini jumhuriyatda o’rtacha maoshdan yuqori bo’lishini ta’minlab, ularning ishlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga erishib, jamiyatdagi mavqeini oshirish;

  • pedagogika o’kuv yurtlariga qabul qilish mexanizmini takomillashtirish, pedagogik faoliyatga qobiliyatli, qiziqishi bor, bilimdon kishilarni o’qishga qabul qilish;

  • pedagogik kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda, shartnoma asosida maqsadli tayyorlash tizimiga o’tish;

  • bo’lajak o’qituvchilar, pedagogik xodimlarni kichik mutaxassis, bakalavr va magistr darajalarida tayyorlashni yo’lga qo’yish zarur.

O’zbekiston oliy maktabi tizimida 58 oliy o’quv yurti, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o’z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta’lim olmoqda; 16 universitetning o’n ikkitasi O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta’limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan xususiy yo’nalishga o’tkazish ishi olib borilmoqda, o’quv yurtlarining tarmog’i kengaymoqda, universitet ta’limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirilmoqda. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg’or usullari joriy etilmoqda.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestasiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo’lib, ulardan 69 foizi oliy ta’lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta’lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi.

Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli o’smir va qizlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste’dodini o’stirish bo’yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlari va ilmiy markazlarda o’qitish va stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi.

Fan va ta’lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.

Shunga qaramay, sodir etilgan o’zgarishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo’lishini ta’minlay olmadi.

O’zbekiston Respublikasida bugungi kunda 1 ming 394 ta kasb-hunar kolleji, 142 ta akademik lisey, 9 ming 772 ta maktab, o’nlab oliy o’quv yurtlari faoliyat olib bormoqda.

O’zRda o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zR VMning 1998 yil 13-maydagi 204-son qarori tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to’g’risida”gi qarori 2012 yil 25 iyul, 228-son qabul qilindi.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish