I.II. “Dahshat”, “Asror bobo”, “Boshsiz chavandoz” hikoyalarida
ma’naviy qashshoqlikning ifodalanishi
“Dahshat” hikoyasining bosh qahramoni Unsin. U ayol, yosh bo‘lishiga
qaramay jabrga qarshi dadil bosh ko‘taradi, erk uchun kurashga kiradi, zolim bilan
olishadi, garchi, bu olishuvda halok bo‘lsa ham, kurashib, zolimni tahlikada
qoldirib, uni ma’naviy jihatdan yengib, so‘ng halok bo‘ladi. Xuddi mana shu narsa
qahramondagi aktivlik asardagi dramatizmni o‘tkirlashtiradi, unga shiddatkor tus
beradi.
Hikoya shiddatli shamol tasviridan boshlanadi. Yaydoq daraxtlar shoxida
chiyillab, g‘uvillab, tomlarda vishillab, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf
tortayotgan kech kuzak shamoli manzarasi chiziladi. Bu manzara go‘yo bo‘lajak
dahshatli hodisaning darakchisiday tuyuladi. Muallif tabiatning dahshatli hodisasi
tasviridan darhol odamlar orasidagi munosabatlar tasviriga ko‘chadi, o‘quvchi
diqqatini Olimbek dodho dargohiga jalb etadi: “Olimbek dodhoning sakkiz xotini
katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig‘ilib sandal atrofida o‘tirishar edi.
Shunda dodho kirib keladi. Hamma to‘zidi: xotinlardan biri uning sallasini oldi,
biri chakmoniga qo‘l uzatdi, biri mahsisini tortgani chog‘landi... Kundoshlarning
eng kichigi – bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak –
ganjiravonlik Unsinoy chilim solib tutdi.” G‘oyat ixcham lavha. Shu qisqa
dramatik lavhaning o‘ziyoq dodho dargohi ayollar uchun zo‘rlik va zulm o‘chog‘i,
kontrastlar uyasi ekanligidan dalolat berib turibdi.
Sakkiz xotin, sakkiz xil xarakter. Biroq hammasi dodhoga mute. Shu mutelik
ularning zimiston hovlida yashashga majbur qiladi. Ular hayotlaridan nolimaydi,
go‘yoki jannatda yashayotgandek, bu mutelikka qarshi hech bir ayol isyon
ko‘tarmaydi. Gapdan gap chiqib dodhoning katta xotini Nodirmohbegim bitta
qo‘ydan garov bog‘lashib go‘ristonga pichoq sanchib kelaman deb halok bo‘lgan
yigit haqidagi voqeani aytib beradi... Bu gap hammaning etini jimillashtirib
yuboradi.
21
Muallif gapni asosiy masalaga olib kelib taqaydi. Mana endi xarakterlar
orasidagi bevosita to‘qnashuvlar tasvirida ham muallif vaziyat va holatni birin-
ketin kuchaytirish, tobora keskinlashtirish, bir lavhachadan ikkinchisiga tezkorlik
bilan o‘tish yo‘lini tutadi: “Uzoq jimlikdan keyin Unsin yonida o‘tirgan
kundoshiga shivirlab:
- O‘lsin, nokas odam ekan; bitta qo‘yni deb... koshki arziydigan narsa
bo‘lsa! – dedi.
Bu gapni dodho eshitib qoldi. Uning nafsoniyati qo‘zg‘aldi. Dodhoday odam
go‘riston deganda tizzasi qaltirasa, birov “olamga podsho qilaman” degan taqdirda
ham bormasa, borolmasa-yu, bu qiz, mushtday boshi bilan “arziydigan narsa
bo‘lsa men boraman” desa!
Dodho g‘ashi kelib Unsinni masxara qildi:
- Obbo, tegirmonchining qizi!.. Bitta qo‘yni nazarlari ilmaydi! Nechta qo‘y
bo‘lsa arzir edi? Sen o‘zing o‘nta qo‘y bersam pichoq sanchib kelasanmi? Yuzta
qo‘y, davlatimning yarmini bersam borasanmi?
Unsinoy bozvontidagi tangalarni o‘ynab:
- Menga davlat kerak emas, davlat kerak bo‘lsa borar edim, - dedi.
Bu gap dodhoga tegib ketdi.
- Nima kerak?
Unsin indamadi. Dodhoning savoli javobsiz qolishi mumkin emas edi.
Shuning uchun bittasi gunoh qilsa, hammasi baravar kaltak yeydigan kundoshlar
Unsinni turtkilashdi.
- Javob bersang-chi!
- Tildan qoldingmi?!
Yonida o‘tirgan kundoshi tirsagi bilan biqiniga ikki –uch turtganidan keyin
Unsin boshini ko‘tarib, balo-qazoday tikilib turgan dodhoga bir ko‘z tashladi-yu,
yana boshini egib, lekin dadil javob berdi:
- Javob bersangiz... Ganjiravonga ketsam... Bitta go‘rga bitta pichoq emas,
o‘nta go‘rga o‘nta pichoq sanchib kelaman...”
22
Muallif bu yerda ham go‘yo voqea dinamikasiga jindek tormoz berib oladi.
Unsinning jasorati, dadil gapi shu zamonning o‘zida dodhoga yetib borganida
qanaqa jiddiy vaziyat yuz berishi mumkin edi. Shu o‘rinda dodho obraziga
ko‘proq diqqat qilishimiz kerak, chunki bitiruv-malakaviy ishimizda oddiy xalq
hayotini yoritishni o‘z oldimizga maqsad qilib olganmiz. Dodho qarib qolgan
bo‘lsa ham uni sakkizta xotini bor. Uning bir oyog‘i go‘rda, go‘rdan qo‘rqadi,
biroq uning uyida ochilmagan gullar parvona bo‘lib uni parvarishlaydi. U bu
yoshida sajdaga bosh qo‘yib, uyida xudo deb o‘tirishi kerak, to‘g‘rirog‘i, oqibati va
oxiratini o‘ylashi kerak. U esa qizi tengi qizga uylanib o‘tiribdi, endi esa shu
mushtdekkina qizning o‘zi erkinligi uchun kurashi dodhoga yoqmaydi. Biroq
dodho Unsindan bunday gapni kutmagani uchun yanglish tushunadi. Bu ham
qarilikning alomati. “Tag‘in nima qilasan Ganjiravonda, borib kelganingga ikki oy
ham bo‘lgani yo‘q-ku!” – deydi u Unsinga. Vaziyatning bu xilda o‘ng‘arilishi
o‘tirganlarni xursand qiladi: Nodirmohbegim sandal ichidan oyog‘ini uzatib
Unsinning boldirini chimdiladi, “hayriyat , tushunmadi, bas gapirma”, deb ishora
qildi”.
Shu o‘rinda Nodirmohbegim obraziga to‘xtalsak, dodhoning eng katta xotini,
uni ham keksa avlod vakiliga qo‘shsa bo‘ladi, chunki kundoshlarining ayrimlari
uning qizi tengi bo‘ladi. Nodirmohbegim Unsinga ham rahmi keladi, ham
achinadi, shuning uchun ham dodho bilan bo‘lgan konfliktda vaziyatni
yumshatishga harakat qiladi. Hatto asar oxirida Unsinning o‘limidan keyin,
dodhoning birinchi rafiqasi bo‘lishiga qaramay uning kulbasidan butunlay ketadi.
Bir so‘z bilan aytganda Nodirmohbegim mehribon ona va mehribon kundosh
sifatida tasvirlanadi.
“Unsin jonidan kechgan kishining shijoati bilan dodhoga tik qaradi:
- Yo‘q men butkul ketsam deyman, javobimni bersangiz, demoqchiman.
Gapni aytgan Unsinu, boshqalar o‘tirgan joyida yerga qapishib ketdi”.
Bunday shijoatni kutmagan dodho lol bo‘lib qoladi. U o‘zini qariganini
balkim, shu joyda yaxshiroq xis qilgan bo‘lsa kerak. Biroq muallif bu haqida
to‘xtalmaydi. Dodho Unsin bilan muomala usulini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.
23
U Unsinga qabristonga borib pichoq sanchib kelishmas, balki qumg‘on qaynatib
kelishni buyuradi. Unsin rozi bo‘ladi, biroq dodhoga labzidan qaytmasligini aytadi.
Dodhoning dami ichiga tushib ketadi. Uning fikricha, bir gadoyvachchaning
dargohidan ketishiga oshiqishi xuddi haqorat bo‘lib tuyuladi. Dodho eski
zamonning eski odamlaridan, Unsinning erkinlik uchun kurashi unga haqoratdek
tuyulsa-da, biroq uni oshkor qilmaydi. Ich-ichidan Unsinning shijoatiga tan beradi.
Biroq Unsinning qo‘rqitish usulini bir qanchasini qo‘llaydi. Ayniqsa maymunning
qabristonga borishi, Unsinning yelkasiga chiqib olishi asosiy rejalaridan biri edi.
Unsin oldida turgan g‘ovlarning eng oxirgisi va jiddiysi bevosita dodho bilan
bog‘liq bo‘lib chiqadi. Bu bilan muallif Unsin boshiga tushgan hamma
musibatlarning chinakam aybdori dodho ekanini o‘quvchiga yana bir bor eslatib
o‘tadi. Mabodo, Unsinning go‘ristondagi sarguzashti va sarguzasht tufayli
tug‘ilgan dramatik holati hikoyadagi bosh ziddiyat bilan – Unsin va dodho
orasidagi ziddiyat bilan bog‘liq holda olib qaralmaganda, Unsin musibatlarining
aybdori dodho emas, balki tabiat stixiyasidangina iborat qilib qo‘yilganda
hikoyadagi dramatizm bu qadar o‘tkir va hayajonli chiqmagan, o‘quvchini
bunchalik to‘lqinlantirmagan bo‘lar edi. Asarning oxirida Nodirmohbegim va
dodho orasida Unsin tufayli bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv-janjal haqida ma’lumot
beriladi, Nodirmohbegimning Unsinga ko‘rsatgan himmati qayd etiladi.
Hikoyada oddiy xalq hayotidan dodho va Nodirmohbegimni ko‘rishimiz
mumkin. Asardagi qolgan obraz o‘rta yosh va eng yosh kabi obrazlarga bo‘linadi.
Chunki hikoyada asosiy obraz ikkita keksa avlod vakili dodho va uning katta
xotini Nodirmohbegim bo‘lsa, dohoning sakkizinchi xotini yosh obraz sifatida,
asarning qahramoni bo‘lib gavdalangan Unsin obrazidir. Asarning mavzusi ham,
g‘oyasi ham bu uchala obrazga borib taqaladi. Ulardan biri ishtirok etmasa go‘yo
asarning mazmun va shakli o‘zgargandek bo‘lib qoladi. Yozuvchi keksa avlod
vakillarining xarakterini ochishda bevosita yosh avlod vakillaridan foydalangan.
Agar asarda Unsin bo‘lmaganda, dodhoning ham, Nodirmohbegimning ham
xarakteri, hikoyadagi o‘rni ochilmay qolar edi.
24
“Dahshat” hikoyasi dramatik elementlarning mo‘lligi, syujet dinamikasining
keskinligi, kartinalarning aniqligi, xarakterlarning lo‘ndaligi jihatidan boshqa
hikoyalaridan ajralib turadi. “Dahshat” muallifning o‘z iborasi bilan aytganda,
“o‘tmishning o‘z vaqtida yozilmay qolgan hikoyalari”dan. Unda muallif o‘zbek
ayolining burun zamonda ko‘rgan kunini, fojiali taqdirini ko‘rsatmoqchi.
Payg‘ambar yoshidan oshib qolgan dodho oilasiga sakkizinchi kundosh bo‘lib
kelgan yosh kelinchak Unsinning bu dargoh daxshatidan qutilish yo‘lidagi
intilishi va bu intilishning barbod bo‘lishi asarning asosiy mazmunini tashkil
etadi.
Demak, asar qahramoni – tengsizlik qurboni. Yozuvchi 30-yillarda o‘tmish
hayotidan qator hikoyalar yozgan, ularda ijtimoiy tengsizlik qurboni bo‘lgan
kimsalar taqdirini tasvirlagan edi. Agar “Dahshat”ni o‘sha hikoyalarga
solishtiradigan bo‘lsa, bu yerda muallifning anchagina ilgarilab ketganini payqash
qiyin emas. Bu narsa hammadan burun asar qahramonining faolligida, xarakterlar
to‘qnashuvining keskinligida, dramatizmning o‘tkirligida ko‘rinadi.
Bu hikoya haqida professor Y.Solijonov shunday deydi: “Qahramon
psixologiyasini ochishda detallardan foydalanishning eng yaxshi namunasi sifatida
mashhur “Asror bobo” hikoyasini olish mumkin deydi. Ma’lumki, hikoyada
Ikkinchi jahon urishi yillarida o‘zlarining baholi qudrat mehnati bilan umumxalq
g‘alabasini yaqinlashtirishga munosib hissa qo‘shayotgan oddiygina o‘zbek
oilasining turmushi tasvirlangan. Hikoyani tom ma’nodagi psixologik asar deb
atash mumkin. Unda ikki qariya – Asror bobo bilan kampirning bir-biriga
hamdardligini ko‘rsatish orqali og‘ir urush yillarida qaddini bukmagan matonatli
o‘zbek kishilarining xarakteriga xos ulkan fazilat ulug‘lanadi. Bu er-xotinning bir-
biriga mehri, hurmati, bir-birini tushunishi va ehtiyot qilishidir.
Chol va kampirning katta o‘g‘illari Yodgor urushda halok bo‘ladi. Bu
mudhish xabarni avval ota, keyin ona eshitadilar. Ammo ular buni bir-birlaridan
yashiradilar, har biri dardni o‘z ichiga yutadi. Yonma-yon o‘tirganlarida iloji
boricha o‘zlarini xursand, bardam tutishga urinadilar. Lekin kasalni yashirsang,
isitmasi oshkor qiladi. Ana shu isitmaning darajasini muallif nihoyatda ishonarli
25
iboralar va detallar yordamida ko‘rsatib beradi. Adib ayriliq dardi Asror boboni
ichdan yondirayotganini, uning otashi tashqi qiyofasiga ta’sir etganini quyidagicha
tasvirlaydi: “Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi. Nazarida Asrorqul yana
ham qoraygan va hozir vujudidagi tutun chiqib ketayotganday ko‘rindi.” Asror
bobo-yu erkak kishi, ko‘cha odami deylik. U o‘zini ish bilan ovutadi, tanish-
bilishlari orasida bo‘ladi va dardini bir oz unutadi. Bechora ona bu dardni qandoq
ko‘taradi? Chunki u doimo uyda o‘tiradi, yolg‘iz, gaplashay, ko‘nglimni yozay
desa, kunduzi yonida hech kim yo‘q. Vahimali o‘ylar uni og‘ir yuk bo‘lib ezadi,
holdan toldiradi. Tabiiyki, alamini eridan olgisi keladi.
Kampir Asrorqulning do‘sti Haydar ota kelganidan foydalanib, choli o‘g‘lidan
kelgan xatlarni ancha vaqtdan beri ko‘rsatmayotganini aytib, avval xarxasha qiladi.
Keyin uyiga kelib, bilmasdan hol so‘rab qo‘ygan Abdumajiddan o‘g‘lining halok
bo‘lganini eshitib, “Kampir tovush chiqarmay kuyinib yig‘ladi” va Haydar otaga
“O‘rtog‘ingizga aytmang” deb tayinladi. Haydar ota bu sovuq xabarni eshitgach,
yuragi orziqib tiligacha muzlab ketdi”.
7
Asardan ko‘rinadiki, oddiy xalq hayoti, Haydar ota, Asror bobo va uning
kampiri bosh qahramon sifatida tasvirlanadi. Voqealar rivoji ham shu uchchala
qahramon o‘rtasida kechadi. Shu qahramonlar xarakterini, holatini ochib berishda
xat va Abdumajid obrazi muhimdir. Chunki o‘g‘ilni o‘limi haqidagi xabarni chol
ham kampir ham biladi, biroq bir-biridan yashiradi. Haydar ota aslida Asror
boboning uyiga boshqa bir niyat bilan keladi, biroq kampirning cholidan gina-
qudrati uni shoshirib qo‘yadi.
Haydar ota va Asror boboning xarakterini ochishda bola personaji muhimdir.
Chunki Asror bobo do‘sti Haydar ota haqida shogirdiga ko‘p va xo‘p gapirib
bergan bo‘ladi. Kampiri Yodgorning o‘limini Haydar otaga aytgandan so‘ng Asror
boboga aytmasligini so‘radi. Haydar baribir kampirning irodasiga ishonmasdan
Asror boboning samovarida bir piyola choy ichib suhbatlashishni taklif qiladi va
bunga erishadi ham. Chollar o‘zaro suhbatlashayotganda Asror bobo Haydar ota
uning oldiga ikkita narsani so‘rash uchun kelganini eslatadi.
7
Солижонов Й. Сўз сеҳргари. Тошкент, Ниҳол, 2007 йил, 8-9-бет.
26
“Haydar ota unga “men sendan ikki narsani so‘ramoqchi bo‘lib keldim”
deganida Yodgorboydan kelgan xatlarni ko‘zda tutgan edi, hozir nima deyishini
bilmay, shoshib qoldi.
- Ikkinchisi, endi, o‘zing bilasan... Yodgorboydan xat kelmay turgan bo‘lsa,
kampirni shunaqa ovuntirib turganing ham tuzuk... kelib qolar.
Asrorqul uzoqdagi ko‘m-ko‘k adirlarga soya solib turgan oppoq bulut
parchalariga qarab jim qoldi; anchadan keyin chilim solib chekdi.
- Qanchadan beri xat kelmaydi?- dedi Haydar ota.
- Anchadan beri.
Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi; nazarida Asrorqul yana ham
qoraygan va hozir vujudidan tutun chiqib ketayotganday ko‘rindi.
- Kelib qolar, do‘stim, har xil xayollarga borma.
Asrorqulning ko‘z atrofi qizarib, yuzida soxta tabassum aks etdi.
- Nima xayolga borar edim? Yodgorboy ovga borgani yo‘q, urushga
borgan!..
Kampirga
bildirmasang,
rostini
aytaman.
Kampirga
aytma,
ko‘tarolmaydi... Qora xat kelgan!
Haydar ota kampirning eshitganini aytishini ham bilmay, aytmasligini ham
bilmay, bir lahza o‘ylanib qolgan edi, Asrorqul:
- Ha, eshitganmiding? – dedi.
Haydar ota birining bilganligini ikkinchisidan yashirishga qaror berdi,
chunki birining qayg‘usi ikkinchisining qayg‘usiga qayg‘u qo‘shishiga ko‘zi yetib
qoldi”
8
.
Abdulla Qahhor qahramonlarining ruhiy holatini ana shunday parallel
ravishda chuqur tahlil qiladi. Yozuvchi Asrorqul bilan kampirning ichki olamini
xatti-harakatlariga mos ravishda nutqlari zimmasiga yuklaydi. Ona har doim
o‘g‘lini eslaydi. Ayonki, uning kuchi faqat yig‘iga yetadi. O‘choq boshida ham,
dasturxon ustida ham betoqat bo‘lib o‘tiradi. Kampirning dasturxon ustidagi
xarxashasining boisi o‘g‘lining sog‘inganligi bo‘lib, adib tomonidan nihoyatda
xarakterli detallar va iboralar orqali ishonarli yoritilgan. Ko‘zi yoshlanganiga
8
Абдулла Қаҳҳор. Анор. Тошкент. Ғ.Ғулом номидаги нашриёт, 2005 йил,102-бет.
27
o‘tinni, bolasiga oshdan ilinganiga cholining turp chaynashini bahona qilishi
xarakter tabiatini nihoyatda ochib yuborgan.
Asarda Asror bobo bilan kampir sadoqat timsoli bo‘lib tasvirlanadi. Ular
hamdard, hamfikr bo‘lgan do‘stlari Haydar ota esa mehribon, do‘sti uchun hamma
narsaga tayyor personajdir. Bunaqangi sadoqatli chol-kampir, qariya do‘stlarni
hozirgi kunda uchratish dushvor. Shuning uchun bo‘lsa kerak oradan shuncha vaqt
o‘tgan bo‘lsa-da, hikoya o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan. O‘ylaymanki ushbu
hikoya hozirgi yoshlarimizga ham o‘rnak bo‘ladi.
Yozuvchining ilk hikoyalaridan biri bu - “Boshsiz chavandoz”. Bu hikoyada
ham oddiy xalq hayoti tasviri berilgan. Asar qahramonlari usta Abdurahmon,
Nisobuvi, Mehri va Faxriddin. Oddiy xalq hayoti Nisobuvi va Abdurahmon ham
yoshlik yillarini yozuvchi Faxriddin va Mehri xarakteri bilan parallel tarzda
tasvirlaydi. “Yozuvchining usta Abdurahmon, Nisobuvi, Mehri xarakterining
tiniqlashuvi ustida olib borgan kuzatishlari va tuzatishlari ham ibratlidir. Ilk
nushada esa usta Abdurahmon hali Nisobuviga uylanmay turib u bilan gaplashadi
va o‘ziga o‘zi xarakteristika beradi. So‘z orasida “Bular (qizlar demoqchi) uchun
alohida qozon qo‘yarmiding” degan ibora ham bor. Keyingi nushada esa usta
Abdurahmonga xarakteristikani sovchi beradi va u “Bular uchun alohida qozon
osilarmidi” deya chinakam o‘zbekona iborani ishlatadi. Mana shu so‘z xalq tili va
tushunchasiga ko‘proq mos keladi. Chunki qozon o‘choqqa qo‘yilmaydi, balki
osiladi. Qumg‘on bo‘lsa, boshqa gap edi”
9
.
Nisobuvining eri o‘lib ikkita qizi bilan yolg‘iz qoladi va usta Abdurahmonga
turmushga chiqadi. Vaqt o‘tib qizlari katta bo‘lib, katta qizi Mehrini cholning
o‘g‘li Faxriddinga uzatishadi. Mehri homilador bo‘ladi va bola boshsiz tug‘iladi.
Faxriddin kasalxonada yotgan xotinini ko‘rgani bormaydi. Nisobuvi aytgandan
keyin dadasidan ruxsat olib keyin borib keladi. “Chorshanba bozor kuni edi. Usta
Abdurahmon Faxriddinga ikki so‘m pul berdi.
- Ma, yo‘ldan mayda-chuyda ol. Kirganingdan keyin avval so‘ra, yengil
bo‘lsa “hayriyat” degin. Sening yo‘qliging uchun uyda tura olmayotibman. Yomon
9
Солижонов Й. Сўз сеҳргари. Тошкент. Ниҳол 2007, 16-бет.
28
bo‘lar ekan degin”
10
. Faxriddin kasalxonaga borib otasining gapini oqizmay-
tomizmay xotiniga aytadi. Mehri kasalxonadan chiqqandan so‘ng Nisobuvi ikkala
qizi bilan bosh olib chiqib ketadi.
Asarda usta Abdurahmon jahldor, pishiq, ziqna chol ma’naviy jihatdan
qashshoq qilib tasvirlanadi. Nisobuvi esa mehribon ona, erga tik qaramaydigan
sodda ayol sifatida tasvirlanadi. Hikoyadagi bu choli-kampirlar yozuvchining
boshqa asarlarida ifodalangan oddiy xalq hayotidan farq qiladi. Bunga asosiy
sabab, cholda ham kampirda ham o‘gay farzandning borligi, shuning uchun ham
ular inoq cholu kampirlar emas.
Ko‘rinadiki, Abdulla Qahhorning bu uch - “Dahshat”, “Asror bobo”, “Boshsiz
chavandoz” hikoyalarida xalq hayoti tasviri ota-ona, er-xotin, ona va qiz, ota va
o‘g‘il munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Adibning har bir hikoyasida oddiy xalq
hayoti ifodalanadi. Hikoyalarda ma’naviy qashshoqlikdan ko‘ra moddiy
qashshoqlik ko‘zga ko‘rinadi. Agar adibning “Dahshat” hikoyasidagi Unsin obrazi
boy xonadonning farzandi bo‘lganida, otasi tengi cholga sakkizinchi xotin bo‘lib
tegmas edi.
“Boshsiz chavandoz” va “Asror bobo” hikoyalarida moddiy qashshoqlikdan
ko‘ra ma’naviy qashshoqlik ko‘proq aks etgan. Lekin diqqat bilan qaralsa, bu
uchala hikoyada ham bosh omil bu moddiy qashshoqlikdir. Ma’naviy qashshoqlik
ham aks etgan, biroq moddiy qashshoqlik uni yengib o‘tgan. Adibning har bir
asarida, moddiy va ma’naviy qashshoqlik parallel holda tasvirlangan.
Abdulla Qahhor asarlarida ma’naviy qashshoqlikdan ko‘ra moddiy
qashshoqlik ustun turadi. “Dahshat”, “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Anor” hikoyalarida
moddiy qashshoqlik birinchi o‘ringa chiqadi. Chunki bu hikoyalardagi obrazlar
moddiy qashshoqlik tufayli taqdirlari ayanchli tusga kiradi va fojia bilan tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |