4
K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi.
Adabiyotimizdagi o‘zgarishlar o‘z mohiyatiga ko‘ra
inson qalbi va ongi bilan chambarchas bog‘liq. Ijodkorlarimiz odamning ichki
kechinmasi, o‘y-fikri, orzu-umidini tasvirlayapti. Buning ortida adabiyotning odam
uchun hayot maktabi ekanligini anglash, muqaddas bilish an’anasi mavjud. Bir
so‘z bilan aytganda, xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug‘ dargoh deb biladi.
Ana shunday bahoning o‘zi el-yurtimiz hayotida bu soha namoyandalariga,
ularning haqqoniy so‘zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, e’tibor va ehtirom
azaldan yuksak darajaga ko‘tarilganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
“Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat
jarchisi
bo‘lib
keladi.
Xususan,
mustaqillik
yillarida
yurtimizda
ma’naviyatimizning g‘oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan adabiyotni
rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib
rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini berayotgani,
badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham
rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo
bo‘layotgani
kitobxon
xalqimizni
albatta
quvontiradi”
1
.
Shunday
yozuvchilarimizdan biri ulkan so‘z san’atkori Abdulla Qahhor ijodi XX asr o‘zbek
adabiyotining shonli sahifalaridan birini tashkil etadi. G‘afur G‘ulom, Hamid
Olimjon, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda kabi atoqli ijodkorlar bilan birgalikda
Abdulla Qahhor yangi o‘zbek madaniyatini yaratish, qahramon xalqimizning
mehnati va oliyjanob fazilatini butun dunyoga mashhur qilishda unutilmas xizmat
ko‘rsatgan zahmatkash insonlardan hisoblanadi.
O‘zbek adabiyotining taraqqiyotida, ayniqsa, unda yangi janr hisoblangan
realistik hikoyaning kamol topishida, yuksak cho‘qqiga ko‘tarilishida ulkan so‘z
san’atkori Abdulla Qahhorning xizmati katta bo‘ldi. O‘zbek adabiyotida
yangilanish jarayonini boshdan kechirayotgan XX asrning 20-30 yillarida xuddi
1
Каримов И. А, Юксак маънавият-енгилмас куч, Тошкент: Маънавият, 2008 йил, 137-бет.
5
Abdulla
Qodiriy
o‘zbek romanchiligida, Hamza Hakimzoda Niyoziy
dramaturgiyada, Cho‘lpon she’riyatida isloh yasagani singari Abdulla Qahhor ham
epik turning kichik janri hisoblangan hikoyachilikning rivojlanishiga ana shunday
hissa qo‘shdi.
Badiiy adabiyot razmlar tili, ezgulik va qabohatning mangu jangohi, inson
qalbidagi cheksiz iztiroblar suratidir. Bugunning iqtidorli ijodkorlari insonning
botiniga, his-tuyg‘ulari to‘lqiniga, orzu-armonlariga diqqatni qaratmoqda.
Serqirra ijodkor Ulug‘bek Hamdam asarlari ham bundan mustasno emas.
Ulug‘bek Hamdam adabiy-tanqidiy maqolalari, she’riy turkumlari, nasriy asarlari
bilan abadiy jamoatchilik e’tiborini tortdi. Ijodkorning ko‘ngil xazinasi turli janr
va uslubdagi asarlar shaklida maydonga chiqadi va muallifning adabiy shaxsiyatini
namoyon etadi.
Ushbu bituruv-malakaviy ishda Abdulla Qahhor va Ulug‘bek Hamdam
hikoyalarida ma’naviy qashshoqlikni yoritish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: