O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti


II.I. Ulug‘bek Hamdamning “So‘z”, “Pillapoya” hikoyalarida inson



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana28.09.2021
Hajmi0,66 Mb.
#188416
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
abdulla qahhor va ulugbek hamdam hikoyalarida ijtimoiy-manaviy qashshoqlik masalalari

II.I. Ulug‘bek Hamdamning “So‘z”, “Pillapoya” hikoyalarida inson 

ma’naviyati tasviri 

 

Ulug‘bek  Hamdamning  hikoyalarida  ham  oddiy  xalq  hayoti  birinchi  o‘ringa 

chiqadi.  Abdulla  Qahhorning  hikoyalaridan  Ulug‘bek  Hamdamning  hikoyalari 

keskin farq qiladi. Abdulla Qahhor hikoyalarida xalqning yashash sharoiti, moddiy 

qiyinchilik  kabi  masalalar  aks  etsa,  Ulug‘bek  Hamdam  hikoyalarida  insonning 

ruhiy evrilishlari, ko‘ngil jumboqlari ifodalanadi. 

Ulug‘bek Hamdamning “So‘z” hikoyasi uslubi jihatidan boshqa hikoyalaridan 

farq  qiladi.  Hikoyaning  boshlanishi  oddiy  xuddi  er-xotinning  munosabati 

yoritilganga  o‘xshaydi.  Er-xotinning  munosabatini  aks  etishidagi  voqea-hodisalar 

“So‘z”  sarlavhasi  bilan  ifodalanadi.  Sarlavhaning  o‘zi  ham  o‘quvchini  o‘ziga 

tortadi.  

“Er-xotin mashinaga o‘tirishdiyu dala hovliga yo‘l olishdi. Yo‘l uzog‘i undan-

bundan  gaplashib  borishdi.  Ayniqsa,  erning  zavqu  shavq  bilan  aytgan 

askiyalaridan  xotinning  ichaklari  naq  uzilgudek  bo‘ldi.  “Bas,  bas  qiling,  deyman, 

iltimos!”  deya  qiyqirgancha  erning  yelkasiga  urib  ham  turdi  xotin.  Xullas, 

mashinaning ichida mashinani boshiga ko‘tarib kelishdi. Aytgancha, bozor-o‘char 

uchun  yo‘l-yo‘lakay   allaqaysi  bir  guzarda  to‘xtashib  oldi.  Shoshmasdan,  bir-bir 

bosib,  sotuvchilar  bilan  hazil-mutoyibalashib  qilishdi  xaridlarini.  “Xudo  xohlasa, 

bundan  keyingi  hayotimiz  yanayam  go‘zal  bo‘ladi!”  —  deya  ayoliga  mehr  bilan 

boqdi  er  mashinaga  kelib  o‘tirishganda.  Zavja  javob  o‘rniga  kulib  qo‘ydi.  “Axir, 

bola-chaqadan  tinchib,  o‘zimiz  uchun  yashaydigan  vaqtga  kirib  kepqoldik, 

asalim!”  —  erkak  ayolning  qo‘lini  ushlab  siqdi.  —  Endi  har  kunimiz  bayramdek 

o‘tadi,  eshityapsanmi,  bayramdek!  Yura-yura  manzilga  kelindi.  Dala  hovlining 

temir  darvozasini  lang  ochib  ichkarilashdi.  Ostonada  ularga  yangilangan  fasl 

peshvoz chiqdi. “Iya, xotinjon, qara, kuz ham kelib qolibdiyu, o‘zimiz bilan bo‘lib 

payqamabmiz ham”  — dedi er dov-daraxtlarning oltin ranglariga qarab-qarab. — 

“Yo‘lda  ham  e’tibor  qilmaganimizni-chi…”  So‘ng  mashinadan  yuklarni 

tushirishga  unnadi.  Ayol  esa  bu  vaqtda  to‘ridagi  hovuzning  oldiga  borib 




 

32 


cho‘nqayib  o‘tirib  oldi-da,  yuzadagi  yaproqlarni  nari-beri  surgan  ko‘yi  negadir 

suvdagi  o‘z  aksiga  qaramoqchi  bo‘lardi.—  Shuncha  ko‘zgular  kamlik  qildi-a, 

sizga…  Undan  ko‘ra  kelib,  ko‘zim  oynasiga  qarang,  bu  yerda  siz  o‘sha-o‘shasiz, 

sira  o‘zgarmagansiz…–saslandi  erkak  negadir  xotinini  “siz”lab.  Ayol  adoqsiz 

minnatdorchilik bilan jilmaydi”

11



Asarning  boshlanishidagi  har  bir  so‘zning  o‘z  vazifasi  bor.  Har  biri  er-xotin 

munosabatini  yanada  to‘laroq  namoyon  qilishga  xizmat  qiladi.  Erning  ayoliga 

bo‘lgan  muhabbati  cheksiz,  uni  hech  bir  so‘

z

  bilan,  harakat  bilan  tasvirlab 



bo‘lmaydi.  Tabiat  tasviri,  suv,  kuz,  sarg‘aygan  barg  kabi  detallar  er-xotin 

munosabati, umrning o‘tib borayotgani kabilarni yoritib beradi.  

“Er  va  xotin  —  qo‘sh  xo‘kiz,  hademay  baravar  ishga  tushib  ketishdi:  ayol 

anchadan beri qarovsiz qolgan imorat ichiniyu tashini supurib-sidirdi, erkak bo‘lsa, 

o‘choq osib, o‘tin yordi. Bir pasda dala hovli sarishtali-farishtali makonga aylandi. 

– Vah’da qilgan oshingiz qachon pishadi?—ichkaridan ayolning nozli ovozi keldi. 

-Sizni  kuttirmaymiz,  xonim!  —  qichqirdi  erkak  sabzini  maydalab  to‘g‘rarkan.  – 

Bir  soatda  dasturxonga  qo‘ymasam,  har  balo  bo‘lay.  -Tavba,  deng,  farishtalar 

hamma gapga omin deydi-ya. Uzoqroq qaynatavering, shirinroq bo‘ladi. -Siz nima 

desangiz  —  shu,  jonim.  Aytdim-ku,  endi  faqat  o‘zimiz  uchun,  siz  uchun 

yashayman,  deb!  Hozir,  zirvagini  tayyorlab,  tuzini  ko‘rib  olay,  sizni  pastga, 

daryoga  olib  tushaman!  -Oqib  ketmaylik,  tag‘in…-Qo‘rqmang,  sizni  shu 

choqqacha  oqizmadik,  bundan  buyon  ham  ehtiyot  qilamiz…Bir  pasdan  so‘ng  er 

xotinining  qo‘lidan  tutib,  pastga  —  suvning  bo‘yiga  boshladi.  Suv  deganimiz 

Chirchiq daryosining bir qo‘li bo‘lib, u katta shaharga kirayotganda Bo‘zsuv, kirib 

olgach  esa  Anhor  deb  ataladi.  Bu  yerda  uni  Zaxariqdaryo  deyishadi.  Chindanam 

kattakon,  naq  daryo  deysan.  Lekin  daryodan  nimasidir  kamga  o‘xshaydi,  shu 

uchun  bo‘lsa  kerak,  nomining  ichida  arig‘i  bor.  Qiziq-a,  bir  qarasang,  daryo,  bir 

qarasang,  ariq!  Ustiga  ustak,  zaxi  ham  mavjud.  Suv  oqqan  joyda  zax  bo‘ladi-da! 

Ha,  nima,  Zaxariqdaryoga  qarab,  birov  zax  suvni,  birov  ariqni  va  yana  boshqa 

birov  daryoni  ko‘rsa  ko‘raversin.   Hamma  ham  bu  dunyoda  niyatiga  yarasha 

                                                           

11

 Улуғбек Hамдам. Ватан ҳақида қўшиқ. Тошкент: Академнашр. 2014 йил 491-бет. 




 

33 


nasibasini  olaverar  ekan-da.  Boshqa  tomondan,  o‘sha  uchta  “birov”ning  bitta 

odamga  aylanib,  Zaxariqdaryoni  hayotining  uch  pallasida  uch  xil  ko‘rdim  desa, 

nima  deysiz?  Masalan,  yoshligida  daryo,  o‘rta  yoshida  ariq  va  keksayganda  zax 

suvni ko‘ryapman, deb qolsa-chi?.. Bundan chiqdi, faylasuflar aytganlaridek, olam 

bu  bizning  tasavvurimizmi?  Odamzod  nimani  ko‘rishni  xohlasa,  shunga  ro‘baro‘ 

keladimi?..  Eh,  bularning  siriga  kim  yetibdiki,  biz  yetsak…  Anglab  yetganimiz 

birgina  narsa  shuki,  dunyoda  hamma  narsa  tashqaridan  ko‘ringanidek  emas, 

yo‘q!..Xullas,  Zaxariqdaryo  buralib-buralib  oqib  yotardi.  U  ham  faslga  mos 

kiyingan:  tiniq,  muloyim  mavjli  matodan  tikilgan  ko‘ylagini  ustiga  yengilgina 

tashlab  olgan.  Shunday  yengilki,  xuddi  hademay  uni  ham  chiqarib  otadigandek 

avzoyi  bor.  Suv  bo‘yiga  kelishgach,  er  sarg‘ayibroq  qolgan  o‘t-o‘lanni  qayirib, 

uydan  olvolgan  to‘shakchani  to‘shadi-da,  “marhamat  qilsinlar!”  deya  iltifot 

ko‘rsatdi.  Xotin  avaylanib  o‘tirib  bo‘lgach  esa,  er  uning  qo‘lini  tutgancha  yoniga 

cho‘kdi


12

 Parchadan  ko‘



r

inadiki,  er-xotin  munosabati  o‘ziga  xos  takrorlanmas 

munosabat.  Xuddi  yosh  kelin-kuyovlardek,  bir-biriga  mehribon,  bir-birini  endi 

ko‘rayotgandek.  Ularning  munosabati  Zaxariqdaryoga  o‘xshaydi.  Shuning  uchun 

ham  adib  asarga  Zaxariqdaryo  obrazini  olib  kirgan.  Er-xotin  suv  bo‘yidan 

qaytishgach,  oshni  damlashga  urinishadi,  shunda  ko‘chadan  kimdir  chaqiradi.  Er 

ko‘cha tomon yurib ketadi. Xotin esa oshni o‘zi damlaydi, tuzini ko‘radi, tuzi pas 

ekan deb, tuz soladi.  Er ko‘chadan qaytib kelgach, xotinning telefoni jiringlaydi. 

Xotin  dugonasi  bilan  gaplashish  uchun  uyga  kirib  ketadi.    Oshni  damlab, 

o‘choqdagi  cho‘g‘ni  tortgan  er  xotinning  orqasidan  uyga  kiradi.  Xotinining 

telefondagi gapini eshitib lol qoladi.  

“—  Asti  so‘rama,  dugonajon,  shunaqangi  bema’ni  kun  bo‘ldiki, 

zerikkanimdan  naq  yorilib  o‘lay  deyapman.  Bir  nimalarni  bahona  qilib  vahliroq 

qaytsam kerak…Chiqqin-a oldimga kechqurun, hasratlashamiz…Er eshik dastasini 

tutgan  ko‘yi  haykaldek  qotdi.  Allabir  zamondan  keyingina  uni  qo‘yvorib,  ortga 

chekindi.  Garangsirab  qozonning  boshiga  bordi.  Nima  qilarini  bilmay, 

                                                           

12

 Улуғбек Ҳамдам,  Ватан ҳақида қўшик,  Тошкент, Академнашр. 2014 йил,  493-бет. 




 

34 


g‘ayriixtiyoriy  ravishda  atrofida  aylana  boshladi.  Xuddi  xayolida  aylanayotgan 

o‘sha bir juft so‘z kabi. Bu so‘zlar esa xonaga kirib qolgan bir juft xira pashshani 

eslatardi:  miyaning  ichida  tinimsiz  g‘ing‘illardi:  BEMA’NI  KUN!  BEMA’NI 

KUN!  BEMA’NI  KUN!..  G‘IIING,  G‘IIING,  G‘IIING…Er  beixtiyor  hovli 

tomondagi eshikdan pastga, daryoga qarab enib bordi. Suvning bo‘yiga cho‘kdiyu 

nigohini oqimga berdi…”

13

 

Shu  parchada  “So‘z”ning  barcha  vazifasi  namoyon  bo‘ladi.  Er  xotin  uchun 



kuyib pishdi, kunning yaxshi o‘tishi uchun tinimsiz izlandi, mehnat qildi. Xotin esa 

dugonasiga  shunday  kunni  “bema’ni  kun”  deb  atadi.  Ana  endi  erning  ongidagi 

evrilishlar yuzaga chiqadi. Dilidagini tiliga chiqarmaydi, lekin ich-ichidan eziladi. 

Erga  bo‘lgan  xotinning  munosabati.  Xotin  hech  qachon  eridan  nolimaydi,  unga 

ko‘nglidagini  aytmaydi.  Shu  o‘rinda  ayolning  holati  ma’naviy  qashshoq  insonni 

bizga  namoyon  qiladi.  Ayol  ma’naviy  qashshoq,  chunki  erining  unga  bergan 

shuncha  mehri  va  munosabatini  birgina  so‘z  bilan  yo‘qqa  chiqaradi.  Ayol  uchun 

hamma narsani muhayyo qilgan er ko‘ngli o‘ksib, dili vayron bo‘lib, xotinini hech 

qachon  tushunmagan  ekanligini  his  qilib,  yuragi  ezilib,  savollarga  javob  topa 

olmaydi.  Agar  xotin  ham  er  kabi  ma’naviy  boy  bo‘lganida  telefonda  dugonasiga 

bunday  gap  aytmas  edi.  Hikoyada  ma’naviy  qashshoq  bo‘lgan  ayol  obrazi 

ifodalanadi.   

Adibning  “Pillapoya”  hikoyasi  ham  o‘ziga  xos  tarzda  ifodalangan. 

Hikoyaning 

boshida 

ikkita 


epigraf 

berilgan. 

Hikoyada 

“ustozlarimga 

bag‘ishlayman”  degan  fikrdan  keyin  epigraf  beriladi.  “Agar  haqiqat  mening 

yuzimga  oyoq  bosib  o‘tishni  taqozo  etsa-yu,  sen  buni  qilmasang,  aslo  rozi 

emasman” – Bahouddin Naqshband. 

“Pillapoya bo‘ldim senga, azizim, 

Sen ham gal kelganda pillapoya bo‘l” – Erkin Vohidov. 

Adibning  bu  hikoyasi  boshqa  asarlaridan  farq  qiladi.  “Yo‘l”  romanini 

yozishdan  oldin  yozilgan  yoki  romanni  yozishga  turtki  bo‘lgan  hikoya  desak 

mubolag‘a bo‘lmaydi. Hikoyani birinchi bor o‘qiganizda hech narsa tushunmaysiz, 

                                                           

13

 Улуғбек Ҳамдам,  Ватан ҳақида қўшиқ,  Тошкент, Академнашр. 2014 йил,  495-бет 




 

35 


go‘yo  uning  mohiyati  yo‘qdek.  Asar  qahramoni  va  bir  qancha  odamlar  zinaga 

oshiqishadi,  tinimsiz  pillapoyalardan  yurib,  tepalikka  chiqishadi.  Asar  qahramoni 

esa  hammani  kuzatadi,  biroq  o‘zi  ham  shu  tepalikka  intiladi  va  pillapoyalardan 

o‘tib yuqoriga chiqadi.  

“Odamlarning  oqimi  xuddi  pishqirib  oqayotgan  daryoni  eslatardi.  Kimdir 

qaddini  tik  tutgan  holda  o‘rtada  gerdayib  borar,  kimdir  egilib,  chetda  pillapoya 

tutqichiga  suyangan  ko‘yi  arang  harakatlanardi.  Hamma  o‘z  kuchi  yetgancha 

ko‘tarilib  borardi-da,  uzun  yo‘lakdan  boshlangan  qavatlarga  kirib  ko‘zdan  g‘oyib 

bo‘lishardi. Ammo ko‘pchilik, baribir, imkon qadar yuqoriroq chiqishga orzumand 

edi. Atiga bir qavat bo‘lsa ham teparoqqa ilashgisi kelardi ularning. Shuning-chun 

ham  vujudini  kuch-quvvat  butunlay  tark  etgunga  qadar  ko‘tarilib  kelib,  nihoyat, 

holi  o‘ziga  ayon  bo‘lgachgina  qarshisidan  chiqqan  qavatga  chor-nochor  o‘zini 

topshirardi. “Chekimizga  tushgani  shu  ekan,  nimayam  qilardik,  peshona…”,  deya 

o‘zaro  g‘udranishadi  odamlar  qavatlariga  kirib  ketisharkan.  Ammo  yana 

shundaylar  bor  ediki,  ular  o‘z  hollarini  bilmasdilar:  charchab,  hansillab,  tili  bir 

qarich bo‘lib osilib qolganiga qaramay, ko‘zlari yuqorida olma terar, yonidan o‘tib 

ketayotgan  har  qanday  bir  yo‘lovchining  qo‘ltig‘iga  bezbetlarcha  kirib,  tag‘in  bir 

necha  zina  teparoqqa  chiqib  olishardi.  Lekin  “o‘zingda  yo‘q,  olamda  yo‘q” 

deyishganidek,  hatto  miskanadek  yopishqoq  va  sur  mana  shular  ham  birovning 

ko‘magida  uzoqqa  borisholmay,  zinada  yoki  biron  qavatning  kirishida  yiqilib, 

yerlarda  xor  bo‘lishardi.  Ularga  qarab  tursang,  nigohlaring  bulg‘anib  ketadi. 

Yaxshisi,  ko‘zni   pok  tutmoq  kerak,  deysan  o‘zingga  o‘zing  ulug‘larga  ergashib. 

Zinalar bo‘ylab ko‘tarilish, bir qarashda, sport musobaqasini yodga solardi: hamma 

birinchilikni  olishni,  g‘olib  bo‘lishni  istab,  go‘yo  jon  olib,  jon  berardi.  Kuzatib 

qarasam,  izdihomning  bunday  kayfiyati  menga  yoqmadi.  (O‘zi  shunaqaman: 

ko‘pchilik istagan narsalardan qochib yuraman. Musobaqa ruhini yoqtirmayman.). 

inchunun, oqimning ichidan ayrilib chiqdimu pastga, kelgan joyimga qaytib tusha 

boshladim… 

Tushish yomon bo‘larkan. Chiqayotganda hansirab, toliqib, o‘pkam shishgan 

ediyu,  baribir,  ko‘pchilik  hosil  qilgan  katta  oqim  ko‘magida  uncha  malollik 




 

36 


sezmagan ekanman. Enishda esa nafasim ravon, yengil bo‘lib qolganiga qaramay, 

oqimga  qarshi  borayotganim  uchun  bo‘larim  bo‘ldi:  hali  u,  hali  bu  yelkalaru 

o‘mganlarga  urinib  chirpiragim  chiqadi.  Ayniqsa,  odamlarning  savolchan 

nigohlari,  “jinnimi  bu?”,  degandek  jirkanib  qarashlari  serandisha  tabiatimni  

nayzalab  tashladi.  Lekin  nima  qilay,  tushishdan  boshqa  ilojim  yo‘q,  tepadagi 

talashib-tortishish menga manzur kelmadi. Yana deng, umuman, pillapoyaga duch 

kelganimdan  buyon  ixtiyorim  o‘zimdadek  tuyulgani  bilan  juda  unaqa  emasdi. 

Mening  menligim  shu  bilan,  pillapoya  bilan  tirik  edi.  Shu  ma’noda  men  unga 

bog‘liq  edim…Shunday  qilib,  men  zinaning  eng  quyi  qismigacha  inishga  qaror 

qildim. Qani, u yerda nima bor ekan?..  Tepadan pastga qarab kelayotganda yakka 

o‘zim edim. Menga shunday tuyulgandi. Bir necha zina pastga tushganimdan keyin 

ortimga  boqib,  menga  o‘xshaganlar  anchagina  ekanligini  ko‘rdim.  Yana  biroz 

o‘tgach  esa  “men”  “biz”ga,  “biz”  esa  “oqim”ga  aylanganini  bildim.  Demak, 

oqimga  qarshi  oqim.  Biri  tepaga,  boshqasi  esa  pastga  qarab  oqadi… 

Men pastdagi yalanglikka qadar enib bordim va negadir ilkis to‘xtadim. Chunki… 

chunki yerga tushgandan keyin ortga, tepaga qaytgim kepqoldi. Buning sirini sizga 

tushuntirib  berolmayman.  Tepada  ekan,  birdaniga  pastga  tushgim  kelganidek 

bo‘ldi hozir ham. Nima qilay, aytdim-ku, hech bir narsa mening ixtiyorimda emas 

edi deb, shunga. Qolaversa, u yer zerikarli tuyuldi menga. Qiladigan ish ham yo‘q, 

boradigan  joy  ham.  Ammo  men  bilan  tushganlarning  asosiy  qismi  yalanglikda 

qolib  ketishdi.  To‘g‘rirog‘i,  bepoyonlikka  o‘zlarini  topshirishib,  ko‘zdan 

yo‘qolishdi.  Demak,  qismat  bo‘lsa,  kiradigan  teshik  hamisha  topilaqolarkan-da… 

Sarsor  solsam,  ularning  orasida  qariyalaru  betoblar  ko‘pchilikni  tashkil  qilar 

ekan…  Men  va  yana  bir  necha  kishilargina  ortga  qaytib,  yana  o‘zimizni  boyagi 

pillapoyaga urdik…”

14



Pillapoya  asarda–detal,  pillapoya  –peyzaj,  pillapoya  –obraz  vazifalarini 

bajaradi.  Biroq  asarda  pillapoya  ramziylikka  yo‘g‘rilgan.  Asardagi      pillapoya  –

hayot  ramzi.  Insonning  yashashdan  maqsadi  nima,  hayotning  ma’nisichi  –  bosh 

qahramon shu kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ladi.   Asar qahramoni hayotni 

                                                           

14

 Улуғбек Ҳамдам,  Ватан ҳақида қўшик,  Тошкент, Академнашр. 2014 йил,  485-бет 




 

37 


shu  zinalarga-pillapoyaga  qiyoslaydi.  Har  bir  inson  o‘z  kuchiga  qarab,  holi 

yetkanicha zinaga ko‘tariladi.  

Insonlarning  yashash  tarzi  ham  xuddi  shu  pillapoyadan  ko‘tarilayotgan 

insonlarga  o‘xshaydi.  Kimdir  yashashning  mohiyati  moddiy  boylikda  deb  bilsa, 

yana  kimdir  yashash  tarzini  ma’naviy  boylikda  deb  biladi.  Hikoyadagi  qahramon 

moddiy  boylik  haqida  fikr  yuritmaydi.  Uning  fikri,  umuman,  boshqacha, 

boshqalarga o‘xshamaydi. U yashashning mohiyatini qidiradi. Shu zinalarga chiqib 

tushishdan  maqsad  nima,  insonlar  qayga  shoshadi.  Har  bir  ishning  o‘z  mohiyati 

bo‘lishi kerakku, lekin bunda mohiyat ko‘rinmaydigandek edi.  

Asar  qahramoni  zinadan  tushayotganda  bir  kampirni  ko‘radi.  Kampir  qush 

bo‘lib,  uchib  ketishni  orzu  qiladi  va  shu  yerda  joni  uziladi.  Bosh  qahramonning 

xayolidan  ketmaydi  bu  hodisa,  ammo  vaqt  o‘tishi  bilan  esidan  chiqadi.  Bosh 

qahramon yo‘lida davom etadi. Endi uning nigohi judayam unga tanish bo‘lgan bir 

chehra  bilan  ko‘rishadi.  Uning  nigohidan  o‘tmishini  uqib  oladi.  U  mo‘ysafid 

nigohida  ham  shunday  hol  yuz  beradi.  Bosh  qahramon  hayoti  va  kelajagini, 

o‘tmishini o‘qib oladi.  

Asardagi  bosh  qahramon  mo‘ysafidning  nigohidan  ko‘p  narsani  uqadi,  biroq 

unga  e’tibor  bermaslikka  harakat  qiladi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  xuddi  haligi  kampir 

singari  buni  ham  unutaman  deb  o‘ylaydi,  biroq  unuta  olmaydi.  Asarning  oxirida 

esa bosh qahramon bu pillapoyaning mohiyatini topgandek bo‘ladi.  

Meni  o‘sha  yoqqa  boshlayotgan  kuch  ustozim  aytganidek,  faqat  va  faqat 



ko‘nglimning  shu  ondagi  holati,  xolos.  Bor-yo‘g‘i  —  shu!  Olamning  mazmuni 

bizning  o‘z  ko‘nglimizdagi  mazmun  bilan  qoimdir!  Axir  men  hozir  yosh  va 

g‘ayratliman, umid va orzu ichimda bolalab yotibdi. Ular-chi, ular — o‘sha ayol, 

ustoz? Ularning tanalari qaridi. Ichlaridagi orzu-umidlar esa qush misol birin-sirin 

uchib ketdilar. Shuning uchun ham ko‘zlarida tiklab bo‘lmas horg‘inlik aks etgan. 

Axir,  ularning  qiyofalaridagi  surunkali  charchoq,  aslida,  ko‘ngillarining  ifodasi 

emasmi? Ustozning “yuqorida hech narsa yo‘q”, degani aslida, shu tobdagi bo‘m-

bo‘sh ko‘nglidan chiqayotgan sado edi-da!.. Ammo… ammo bilasizmi, ustoz endi 

pastdan  —  pillapoya  ibtidosidan  nimadir  kutayotgan  edi.  Nazarimda,  bu  uning 



 

38 


yuragini  tark  etmagan  yakkayu  yagona  ilinji  edi…  Axir,  men  kuni  kecha  o‘sha 

quyiga tushib borganim bilan ko‘pchilik kirib ko‘zdan yo‘qolgan joyga, pardaning 

ortiga  o‘tmadim-da!  Ustozning  umidi  o‘sha  pardaning  orqasidagi  dunyo  bilan 

bog‘liq  edi  endi…   Har  holda  uning  ko‘zlarida  shu  ma’no  ham  bor  edi… 

Lekin,  men  davom  etardim.  Aytim-u  boya,  men  hech  kimning  soyasida  namoz 

o‘qimayman,  deb.  Yana  mingta  erkagu  ayol  yo‘limdan  chiqib,  nigohlari  orqali 

menga  o‘sha  birgina  haqiqatni  uqtirishga  urinishsa  ham,  men,  baribir,  o‘z 

yo‘limdan  qolmasligimni  bilardim.  Chunki  mening  ichim,  muborak  zotning 

huvillab qolgan botinidan farqli o‘laroq, orzu-umid bilan to‘la edi. Nazarimda, ular 

allaqanday, o‘zim ham tuzukroq anglamaydigan g‘aroyib bir mo‘jizaga qaratilgan 

edi. Bu mo‘jiza o‘zimgacha mavjud bo‘lgan har qanday haqiqatdan yuksakroq va 

kuchliroq  tuyulardi  men  uchun.  Mo‘jizani  esa  o‘zgalar  bosib  o‘tgan  yo‘l  emas 

(hatto  ular  ustoz  bo‘lsa  ham),  balki  oldimda  qaddini  g‘ozdek  kerib  turgan  mana 

shu  pillapoyagina  hadya  qilishi  mumkin  edi.  Garchand  u  hamma  yuradigan, 

hamma  bir-bir  bosib  o‘tadigan  bitta,  yagona  pillapoya  bo‘lsa  ham.  Kim  biladi 

deysiz,  ehtimol,  men  ustozim  chiqib  ulgurgan  zinalarning  yarmini  ham 

bosolmasman, balki undan ikki hissa balandroq ko‘tarilarman. Bunisi noma’lum va 

bilasizmi,  xuddi  mana  shu  noma’lumlik  meni  o‘ziga  ohanrabodek  tortardi.  Shu 

sabab  men  ustozim   o‘gitini  bag‘rimga  mahkam  bosib,  Xudo  degancha  pillapoya 

bo‘ylab oldinga — yuqoriga talpindim…”

15



  Asar qahramoni asarning oxirida ko‘ngilning ishini, hayotning mashaqqatini, 



yo‘lning oxiri yo‘qligini tushunadi. Inson hech qachon ko‘nglini to‘ldira olmaydi. 

Agar  inson  ma’naviy  jihatdan  boy  va  bekamu  ko‘st  bo‘lsa  ham  hayot  mohiyatini 

qidirib,  tushunishga  harakat  qilib  yashaydi.  Hikoyadagi  qahramon  pillapoyadan-

hayotdan ana shu ma’noni qidiradi. Ustozini o‘gitiga amal qiladi.  

Insonning  ongi,  ma’naviy  boyligi,  dunyoqarashi  juda  ko‘p  narsani  belgilab 

beradi. Hikoya qahramoni o‘z dunyoqarashiga ega shaxs.   

                                                           

15

 Улуғбек Ҳамдам,  Ватан ҳақида қўшиқ,  Тошкент, Академнашр. 2014 йил,  490-бет 




 

39 



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish