5-ilova
Mashg’ulotning uslubiy ta’minoti:
1. E.Q.Qosimov, T.A.Otaqo’ziev. Mineral bog’lovchilar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984 yil.
2. L.M.Botvina. Stroitelьnыe materialы iz lessovidnыx suglinkov. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984.-128 s.
3. G.N.Maslennikova i dr. Keramicheskie materialы. M., 1991.
4. L.I.Popov.Qurilish materiallari va detallaridan laboratoriya ishlari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil.
5. Stroitelьnыe materialы /Pod obщey red. V.G.Mikulьskogo. M.: Izd-vo ASV, 2000 g.
6. R.A.Rahimov, L.M.Botvina. Silikat g’isht mustahkamligini oshirish. TAQI, Toshkent, 2002 y.
2 – amaliy mashg’ulot
Ishdan maqsad: Talabalarni qurilish keramikasi mahsulotlari haqida ma’ruza mashg’ulotlarda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish.
Ishning nazariy asoslari
Qurilish keramikasi materiallari va buyumlari qatoriga yirik va mayda donalik keramika massalari asosida olingan va imoratlar, turli muhandislik inshoatlari, yo’llar, suv va kanalizatsiya tarmoqlari qurilishida ishlatiladigan materiallar kiradi. SHuningdek, qurilish keramikasi devorbop, tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizatsiya uchun ishlatiladigan sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filьtrlovchi kovak keramika, keramzit, agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan (2-jadval).
Qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donalik keramika massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va cherepitsa kabi materiallar.Loy g’isht va cherepitsa 5000 yil oldin ishlatila boshlangan. Keramik materiallar mustahkam, uzoqqa chidamli va dekorativ bo’lgani yana fan va texnika, bog’ va parklar, turli-tuman sohalar uchun xizmat qiluvchi inshoatlar qurilishida, hamda tayyorlash oson bo’lganligi uchun keng qo’llaniladi.
Gil-keramik materiallar olish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Gil asosan loysimon minerallardan tashkil topgan cho’kindi tog’ jinslariga kiradi. Loyli minerallar turli tarkibli juda mayda zarrachalarning (0,005 dan kam) bo’sh aralashmasidir. Bu minerallar o’z sirtida namni yaxshi adsorbtsiyalash (namni yutish va tutib turish) xususiyatiga ega. Loylardan loysimon minerallardan tashqari .yirikroq zarrachalar-chang (o’lchamlari 0,005…0,15 mm) va qum (o’lchamlari 0,015…5 mm) ham bo’ladi.
Loysimon minerallar loyga xarakterli xossalar beradi: loy namlanganda bo’kadi va plastiklashadi; nam loy quriganda hajmi kamayadi (cho’kadi) va gil tosh ko’rinishidagi mustahkam materialga aylanadi. Loyning plastik holatdan tosh ko’rinishiga o’tishi qaytuvchandir: tosh ko’rinishidagi loy namlanganda yana dastlabki holatga qaytadi.
Loyda loysimon minerallar qancha ko’p bo’lsa, u o’ziga shuncha ko’p suv oladi, ko’proq bo’kadi, lekin qurishi qiyinlashadi va ko’p suv oladi, ko’proq bo’kadi, lekin qurishi qiyinlashadi va ko’p kirishadi. Bunday loylar «mayin» loylar deb ataladi.
Loy tarkibida qum donachalari ko’p bo’lsa, bunday loyning bukishi va qisqarishi kamayadi, oson quriydi, lekin plastikligi kamayadi. Bunday loylar «dag’al» loylar deb ataladi.
Qurilish keramikasi buyumlari texnologik xususiyatlariga ko’ra ikki katta guruxga bo’linadi.
Birinchi «A» guruxiga keramika sopolagining suv yutuvchanligi 7 % dan kam bo’lgan buyumlar.
Ikkinchi «B» guruxiga esa suv yutuvchanligi 7 % dan ko’p bo’lgan buyumlar kiradi.
Qurilish keramikasi buyumlari an’anaviy keramika buyumlari guruxiga mos bo’lib, uning qatoriga sanoat va grajdan qurilishida keng qo’llaniladigan quyidagi buyumlar kiradi:
- devorbop keramika materiallari – oddiy kurinish g’ishti va boshqalar;
- tombop keramika materiallari – cherepitsa; tashqi yuza keramikasi;
- ichki pardozlash materiallari;
- effektiv g’ovak to’ldirgichlar;
- keramikadan yasalgan quvurlar
– kanalizatsiya va drenaj maqsadlarida ishlatiluvchi buyumlar;
Qurilish keramikasi buyumlari asosan kuydirib olinadigan buyumlar bo’lib g’ovakli (devorbop materiallar, arxitektura – pardozlash keramikasi, dikarativ keramika, cherepitsa, issiqlik izolyatsiyasi va boshqalar) va tosh - keramika buyumlari (klinkerli g’isht, kanalizatsiya quvuri, kislotaga chidamli quvur va buyumlar, pol uchun ishlatiladigan plitka va boshqalari) ga ajraladi.
Qurilish keramikasi buyumlari orasida devorbop keramika, drenaj quvurlari va cherepitsa alohida o’rinni egallaydi (3-jadval). Ular ko’p tonnali buyumlar sinfiga mansub bo’lib, har bir shahar va xar bir qishloqda ko’p miqdorda ishlab chiqariladi va quvurchilarga uzatiladi
Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagilarni o’z ichiga oladi: xom ashyo materiallarini olish va tayyorlash, buyumlarni qoplash, quritish va pishirish. Quritish va pishirish keramika texnologiyasida eng muhim operatsiya hisoblanadi. Quritish va pishirish rejimining buzilishi buyumning darz ketishi va tob tashlashiga sabab bo’ladi.Devor tashqarisini qoplash uchun ishlatiladigan materiallar atmosfera ta’siriga uchraydi. SHuning uchun ular dekorativ bo’lishlari bilan birga sovuqqa chidamliligi yuqori bo’lishi kerak.Tombop materiallar (shifer, temir tunka va boshqalar) orasida keramikadan yasalgan cherepitsa muhim material hisoblanadi. SHifer vaqt o’tishi bilan darz ketadi va sinadi, temir tunka har yili surish uchun bo’yok talab qiladi. Ammo tuproq asosida yasalgan cherepitsa 100 yil va undan ko’p hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |