13.3.Olovbardosh mahsulotlar tayyorlash
Olovbardosh mahsulotlar tayyorlash usuliga ko’ra, shliker yoki eritmadan quyilgan, plastik formovka qilingan, yarimquruq preslangan, plastikmas kukunsimon massadan jipslashtirilgan.
Tog’ jinsi va quyma bloklardan arralab yasalgan turlarga, termik ishlov berilishi jihatdan: kuydirilmagan (shamot g’isht) va eritib quyilgan (kvartsli blok) mahsulotlarga, sindirib ko’rganda yuzasining tuzilishiga qarab, mayda tolali va yirik tolali tuzilishdagi buyumlarga ajratiladi. Qo’yish jarayonida mayda zarralarning bir-biriga yopishish darajasiga qarab, mahsulot (g’isht) ning tanasi tosh qotgan yoki kovakli bo’lishi mumkin. Tanasi tosh qotgan g’isht mustahkam, sindirilgan yuzasi yaltiroq chig’anoksimon bo’ladi, ochiq va tutashgan g’ovakli bo’lmaydi. Tanasi kovakli g’isht yaltiramaydi, yuzasi xira, bo’zrang va birmuncha kovak bo’ladi.
Olovbardosh va yuzali g’ishtlarning olinishda asosan tarkibida alyuminiy oksidi ko’p bo’lgan va kimyoviy formulasi gidroalyumosilikatga tug’ri kelgan oq kaolin tuprog’i hamda tog’ jinslarining barcha turi qo’llaniladi. Masalan, shamot g’isht nomli o’tga chidamli materialning olinishida ishlatiladigan tuproqning haroratga chidamliligi 1580 darajada, undagi alyuminiy (III)-oksidining miqdori esa 28 % dan kam bo’lmasligi kerak.
Olovbardosh materiallar asosan, yuqori harorat ta’sirida erimasligi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, o’tga chidamli ashyolar yuqori haroratda kuch ta’siriga chidamli bo’lishi Bilan birga deformatsiyalanmasligi ham kerak.
SHakli va o’lchamiga ko’ra «tug’ri» va «qiyiq» normal g’ishtlar hamda oddiy murakkab, o’ta murakkab va yirik blok-shakldor buyumlarga, haroratga chidamliligi jihatdan to’rt guruhga bo’linadi:
Qiyin eruvchan (erish harorati 1380-1580 oS);
O’tga chidamli (erish harorati 1580-1770 oS);
Yuqori haroratga chidamli (erish harorati 1770-2000 oS);
Juda yuksak haroratga chidamli (2000 oS dan yuqori bo’lgan).
Yuksak temperaturaga bardosh bera oladigan mahsulotlar va materiallarning turi juda ko’p. SHunday material olinadigan xom ashyoning xili yanada ko’prokdir.
Sanoat qurilishida ishlatiladigan olovbardosh materiallar xom ashyoning fizik va kimyoviy tabiatiga, kimyoviy-mineralogik tarkibiga hamda tayyorlash texnologiyasiga qarab asosan sakkiz gruppaga ajratiladi:
1. kremnezemli,
2. alyumosilikatli,
3. magneziatli,
4. xromitli,
5. tsirkoniyli,
6. uglerodli,
7. oksidli,
8. kislorodsiz moddadan iborat materialdir.
Har gruppa kompozitsiya tashkil etuvchi asosiy materialning o’zaro nisbatiga qarab tiplarga ajratiladi.
1-gruppaga dinasli va kvartsli tiplar,
2-gruppaga shamotli, yuqori glinozyomli va yarim nordon tiplar,
3-gruppaga magnezitli, forsteritli va shpineli tiplar,
4-gruppaga xromitli, xrommagnezitli va magnezitli tiplar,
5-gruppaga tsirkoniyli va tsirkonli tiplar,
6-gruppaga koksli va grafitli tiplar,
7-gruppaga oksidli,
8-gruppaga karborunli va boshqa tiplar kiradi.
Mahsulotlar tayyorlash usuli, shakli va o’lchamli, ko’rinishi, yuksak temperatura hamda kislota ta’miriga chidamliligi va boshqa xususiyatlariga qarab gruppa va turlarga ajratiladi.
Tuproqlarning pishish darajasi miqdoriy jihatdan haroratga oid pishish oralig’i hamda pishib chiqish holati oralig’ini tavsiflaydi. Haroratga oid pishish oralig’i deb, o’ta pishib ketish alomatlari kuzatilishi harorati (erib suyuqlanish yoki ko’pchish) bilan kuydirilayotgan tuproqning jadal ravishda zichlashuvi boshlangan pishish boshlanishi harorati orasidagi farqqa aytiladi.
O’ta pishib ketish alomatlari kuzatilgan harorat bilan materialning suv yutish xususiyati 5 % ga teng bo’lganidagi haroratlar (bu miqdordan pastda pishganlik holati yotadi) farqi pishganlik holati oralig’i deb ataladi.
Pishish oralig’i eng muhim texnologik ko’rsatkich bo’lib, u buyumlarni kuydirilishining oxirgi pallasi rejimini aniqlaydi, qaysiki bunda kuydirilgan buyum konditsion xususiyatga ega bo’ladi. Oson eruvchi tuproqlarning eng past pishish oralig’i: 50-100 oS, eng yuqorisi esa 400 oS gacha, bulardan ikkinchisi olovbardosh tuproqlarga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |