OLOVBARDOSH G’ISHTLAR
Olovbardosh g’ishtlarning deyarli barcha turlari 1350 oS dan yuqori haroratda ishlovchi issiqlik agregatlarini qurishda ishlatiladi.CHo’yan va po’lat ishlab chiqarish, qolaversa eritish hajmi har bir davlat og’ir sanoatining qudratini belgilovchi omil bo’lib hisoblanadi. Lekin metallurgiya sohasida erishilgan ulkan yutuqlarni texnik vositasiz tasaffur qilish qiyin. Masalan, metall eritadigan pechni olaylik. Yuzaki qarashda u go’yo oddiy g’ishtdan qurilganday ko’rinadi.aslida unga ishlatilgan g’isht oddiy g’isht emas. Agar bunday pechga oddiy g’isht ishlatilsa, metall eriydigan temperatura ta’sirida pechning devorlari butunlay erib ketgan bo’lar edi. Vaxolanki, ular juda yuksak temperaturaga ham bardosh beradi.Xo’sh metall eritiladigan pechlarning devoriga qanday g’isht ishlatilgan? Ularni tabiatning o’zi yaratganmi yoki inson mehnati, aql-zakovati va ijodining mahsulimi?
Olovbardosh g’isht o’z navbatida 8 ta katta gruppaga bo’linadi. Bular – kremnezyom (dinas va kvarts), alyumosilikat (yarimnordon, shamot va ko’pglinzyomli), magnezial (magnezit, dolomit, forsterit va shpinel), xromit (xromit, xromomagnezit va magnezitoxromit), tsirkon (tsirkon va tsirkon oksidi), karbon (koks va grafit), oksid va kislorodsiz o’tga chidamli moddalar gruppalaridir.
Bundan tashqari, bu materiallar haroratga chidamliligi bilan chidamli (1580-1770) va o’ta chidamli (2000 darajadan yuqori), formasiga qarab «tug’ri» va «klinli» g’isht kabi turlarga bo’linadi.Umuman olganda, g’isht deganda qurilish, olovbardosh va texnika g’ishtini tushunamiz. U avvaldan arxitektura va qurilish bilan bog’liq bo’lib, unda Fan va texnologiya, san’at va estetika o’z ifodasini topgan.
14.2.Olovbardosh g’ishtlarning yaratilishi.
Yuksak temperatura va erigan metall ta’siridan yemirilmaydigan, o’tda yonmaydigan, suvda zanglamaydigan o’ta pishiq sun’iy toshlar zukko olimlarimiz mehnati ularoq asrimizda yaratilgan keramika mahsulotlari sirasiga kiradi.
Granit, ohaktosh, qumtosh o’tga chidamli tabiiy materiallardir. Insoniyat tarixidagi eng uzoq davom etgan tosh davrida inson ana shunday tabiiy materiallardan o’choq va pechkalar qurib turar joylarni isitishgan va taom tayyorlashgan. Qadim zamonlarda tabiiy toshlardan qurilgan chiroyli oromgoh-qasrlar, obidalar, yodgorliklar va hokazolarning ko’pchiligi zamonamizgacha saqlanib qolgan. Xullas, inson ko’p asrlardan bezaklar, naqshlar solib, tabiatning jozibali obidasi, yodgorligi sifatida avloddan avlodga meros qoldirmoqda.
Qadimdagi Xitoyda o’tga chidamli toshdan keng qo’lamda va turli maqsadlarda foydalanish yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Masalan, eramizdan uch ming yil muqaddam xitoyliklar rudadan ushbu materiallar vositasida qimmatbaho moddalarni simob ishtirokida qotishma xoliga keltirib ajratib olish usulini topganlar va ular yordamida ba’zi yuqumli kasalliklarni davolaganlar.
Hozirgi Markaziy Osiyo, Kavkaz orti va Eron atroflarida o’rta asrlarda yashagan xalqlar tuproqqa turli qo’shilmalar aralashtirib o’tga chidamli materiallarning eng oddiy turlarini yaratganlar.
Qadimgi kimyogarlar, alximiklar ana shunday materiallardan yasalgan va maxsus sir bilan qoplangan kuzacha va idishlarda oddiy ma’danlarni qizdirib, ularni kumush va oltinga aylantirishga uringanlar. Ularning simobdan oltin olish borasidagi urinishlari zoe ketgan bo’lsada, o’tkazilgan tajribalar simob kabi moddalarning kimyoviy tarkibi va xossalarini aniqlashga yordam bergan, ruda tarkibidagi oltin va kumushni simob vositasida ajratib olish mumkin ekanligini ko’rsatgan.
O’sha davrlarda g’alaba ramzi hisoblangan va diniy bayramlarda buyoq sifatida ishlatilgan, kosmetika va farmotsevtika extiyojlari uchun foydalanilgan mashxur qizil bo’yok ham kinovarь mineralidan yoki sun’iy simob sulьfiddan ana shunday o’tga chidamli kuzalarda eritib olingan va saqlangan. X11 asr oxirlarida CHingizxonning xarbiy yurishlari, bosqinchiligi vaqtida bu o’lkalarni qayratishi va aholisini qirib tashlanishi oqibatida qadimgi kulol-kimyogarlarning o’tga chidamli mahsulot tayyorlash usullari, metodlari deyarli unitilib ketgan.
Mis bilan kaliy qotishmasidan iborat bronzaning paydo bo’lishi kulolchilik bilan degrezchilik kasbini birlashtirdi. Natijada tabiiy tosh va gilning maxsus turlari asosida sun’iy g’isht, ixcham ko’ralar tayyorlash usuli vujudga keldi.
X1–X asrlarda rudadan temir ajratib olish va temirdan qurol-aslaha tayyorlash keng yo’lga qo’yildi. Bu esa, o’z navbatida, metall ishlab chiqarish sanoatiga asos soldi. Yevropada shu davrda birinchi domna pechlari qurilib, o’tga chidamli mahsulot tayyorlana boshladi va ularning miqdorini ko’paytirish, sifatini yaxshilash zarurati tug’ildi.
Keyinchalik po’lat ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. SHu munosabat bilan cho’yandan po’lat oladigan mahsus qurilmalar-konvertor va marten pechlari qurilib barpo etiladi. Bu esa, o’z navbatida, o’tga chidamli mahsulotlarning yangidan-yangi turlarini paydo bo’lishiga olib keldi va uning issiqqa chidamliligini oshirish ustida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirishni taqoza qildi.
XX asrning elliginchi yillaridan boshlab og’ir sanoatning barcha sohalari, shu jumladan o’tga chidamli mahsulot ishlab chiqarish tarmog’ini yuksak sur’atlar bilan rivojlantirish choralari ko’rildi. Sanoatni xom ashyo bilan ta’minlash uchun birinchi navbatda kon qidiruv ishlariga katta e’tibor berildi. SHu maqsadda geolog-mutaxasislardan katta-katta qidiruv otryadlari tashkil etilib, Ural, Kavkaz, Ukraina, Qozog’iston, O’rta Osiyo va boshqa o’lkalarga yuborildi. Respublikamizning ko’pgina rayonlarida har xil foydali qazilmalar, jumladan, kaolin, magnezit, dolomit, kvarts, alunit, boksit, xromit, talьk konlari topildi. SHuni aytish lozimki, O’zbekistonda olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida boshqa konlar qatori Angrenda kaolin zapasi borligi aniqlandi.
Sanoatning o’tga chidamli mahsulot ishlab chiqaradigan tarmog’ini kengaytirish, topilgan xilma-xil xom ashyoni chuqur fizik va kimyoviy analiz qilish, tayyor mahsulotning turini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tuzilishi va hususiyatlarini keng o’rganib, klassifikatsiyalashga o’zbek olimlari ham katta xissa qo’shishmoqda.
Respublikamiz, shu jumladan Toshkent olimlari ham bu soxada muhim izlanishlar olib borishmoqda. Masalan, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Kimyo-texnologiya fakulьtetidagi olimlar O’zbekistonning Angren kaolini va Turkmanistonning Badxiz aluniti asosida o’tga chidamli shamot g’ishti tayyorlash yo’lini ahtarmoqdalar.
Toshkent temir yo’llari instituti olimlari har xil qo’shimchalardan o’tga chidamli mahsulot olish uchun eng maqbul kompozitsiya tanlash, tayyor buyumning xususiyatlarini o’rganish yuzasidan tadqiqot olib bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |