O’zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Farg’ona davlat universiteti
Filologiya fakulteti sirtqi bo’lim 19.11- Guruh talabasining tayorlagan
Fan nomi : Navoiyshunoslik
Mavzu : "Hayrat-ul abror"dagi hikoyat va maqolalar
Bajardi : Muhammadsobirova Shahlo
Mavzu : "Hayrat-ul abror"dagi hikoyat va maqolalar
Qaygʻuligʻ oʻltirmish erdi Boyazid,
Soʻrdi gʻami kayfiyatin bir murid.
“Xamsa” dostonlarining birinchisi “Hayrat ul-abror”dagi avvalgʻi maqolotga bagʻishlangan hikoyat ana shunday boshlanadi. Bunda qaygʻu shayx Boyazid hol taqozosi boʻlib, murid tushinib yetmaydi va qaygʻuning oʻzini emas, “gʻami kayfiyatin” soʻraydi. Kayfiyat asl emas, araziy tushincha, maqulot ul-ashara (oʻnta kategoriya)dan biri hisoblanadi. “Sharhu Tovaliʼy”da, kayfiyat bilan hol oʻrtasida farq borligi, kayfiyat holdan avval keluvchi hodisa ekanligi aytilgan. Kayfiyat ikkiga boʻlinadi: nafsoniy (ruhiy) va jismoniyga. Sogʻlik, kasallik, idrok nafsoniy kayfiyatga kirganidan, demak, gʻam ham ruhiy kayfiyatni ifodalaydi. Mutakallim fasohatidagi malaka ham kayfiyat bilan bogʻliq. Aniqrogʻi, malaka ham kayfiyat jumlasidan. Balogʻat esa fasohatdan koʻra yuksakroq bosqich. Agar Navoiy fasohat bosqichida qolib ketganda ham bir qadar isteʼdodli shoirlar qatoridan joy olgan boʻlar, biroq faqat daho sanʼatkorlar koʻtariladigan soʻzning iʼjoz maqomiga chiqmas edi. Chunki soʻz, soʻzlovchi va tinglovchi oʻrtasida kechayotgan hodisotlar ummonida kezayotgan muallif har birining hol taqozosini koʻribgina qolmasdan ularni munosib oʻringa qoʻya bilishi ham lozim. Maʼno-maqsadni fasih lafz bilan ifodalay olishga qodir malaka fasohat deyiladi. Hol taqozosiga munosib tarzda gapirish esa balogʻat sanaladi. Bunda muqtazoi holga mutobiq ravishda soʻzlarni oʻz oʻrnida ishlata bilishdan tashqari basharni ojiz qoldiruvchi yuksak maqom ham eʼtiborli. “Balogʻat ilmi”ni juda yaxshi bilgan Navoiy bu oʻrinda murid faqat kayfiyatni, aslni emas, arazni soʻrashi mumkinligini eʼtibordan qochirmaydi. Shayxning muqtazoi holi juda yuksak, qaygʻusi ham shunga yarasha. Kelib ketuvchi kayfiyatlardan farqli oʻlaroq Boyazid qaygʻusi mohiyatdan darak beradi. Mohiyat esa malaka bilan hosil boʻlmaydi. Toʻgʻri, qaysidir darajada malaka ham ahamiyatga ega. Lekin mohiyatni anglash tugʻma sifat. Yana-da toʻgʻrirogʻi, Yaratganning inoyati. “Ularning koʻplari aqlini ishlatmaydilar”, “Ularning koʻplari tushunmaydilar”, “Ularning koʻplari fosiqdirlar”, “Ularning koʻplari inkor qiluvchidirlar”, “Ulardan koʻplari imon keltirmaydilar”, “Haqiqatda Biz jin va insdan koʻplarini jahannam uchun yaratdik” degan oyatlar xususida fikr qilsak Boyazid qaygʻusini va bu qaygʻuni mavzuga aylantirgan Navoiyni qaysidir darajada tushinib yetamiz. Oʻsha koʻplar qatorida boʻlib qolish Boyazid qaygʻusi. Lekin Navoiy bu fikrni shunday yalangʻoch tarzda aytib qoʻymaydi. Sanʼat oʻz vazifasini ado etishga kirishadi. U obrazlar orqali, muloqotda oʻz ifodasini topadi. Jonli muloqot, suhbat, bahs insoniyatning soʻz tarixida oʻzgacha bir oʻrin egallaydi. Yigirmanchi asr gʻarb adabiyotshunoslari, xususan, Mixail Baxtin “Dialog nazariyasi”ni yangicha qarashlar bilan boyitdi. Unga koʻra, har qanday fikr, gap, soʻz muloqotda paydo boʻladi. Fikr oʻzidan oldingi munosabatga javoban dunyoga keladi. Baxtin qarashlarini tafsilotlari bilan berish maqola imkoniyatidan tashqari boʻlgani uchun asosiy maqsadga oʻtamiz. Ovroʻpa adabiyotshunoslari kashfiyot hisoblagan va yigirmanchi asrda kelingan dialog haqidagi toʻxtamlar musulmon sharqi uchun ancha avval maʼlum boʻlgan tushunchalar edi. “Balogʻat ilmi” olimlarining muqtazoi hol haqidagi qarashlari bilan tanishganimizda M. Baxtin fikrlari bilan tipologik oʻxshashlikni koʻrishimiz mumkin.
“Balogʻat ilmi”da Sakokiy mazhabiga koʻra birinchi xabar “xabardan zehni holi muxotabga” qaratiladi. Bunda mutakallim maqomida baʼzan muallif oʻzi tursa, baʼzan muallif asar qahramonlaridan birini soʻzlovchi maqomiga loyiq topadi. Baʼzan esa qahramonda yashayotgan muallif soʻzlari bilan qahramon ruhiyatining ifodasi oʻlaroq dunyoga kelgan soʻz oʻrtasida shunday qorishiqlik vujudga keladiki, bu ikkilik orasida soʻz sarhadlari oʻz chegarasini yoʻqotadi. Yuqoridagi: “Qaygʻuligʻ oʻltirmish erdi Boyazid” misrasida aynan shunday qorishiqlikni koʻrish mumkin. Birinchi xabardan soʻng muridda, shu bilan birga tinglovchida ham muayyan savol paydo boʻladi. Shayxning muqtazoi holidan ancha quyi maqomda turgan murid “gʻami kayfiyatini” soʻraydi. Jonli savolga berilgan jonli javob esa buyuk sanʼat asarini vujudga keltiradi. Haqiqiy goʻzal sanʼat asarining syujeti odatda juda oddiy. Aytarli qiziquvchan oʻquvchini oʻziga tortadigan voqeaga arzigulik hech narsa boʻlmaydi. Qaygʻuli oʻtirgan shayxni koʻrib murid savol beradi. Shayx unga javob qaytaradi. Murid yana savolni davom ettiradi. Shayx yana javob aytadi. Keyin savol-javob asnosida tugʻilgan fikrni muallif xulosalaydi. Ikki kishi oʻrtasida kechgan bir dialog va bu dialogni bizga taqdim etayotgan muallif qiyofasi… Avj pardalarida tor chertuvchi sanʼatkor uchun yetarli hodisa. Ortiqcha tafsilotlar hammasi tashlanadi va eng kerakli deb bilgan kechinmalar ajratib olinadi. Saralangan soʻzlar vositasida oʻquvchi koʻz oʻngida manzara chiziladi. Ajratish va saralash ijodkor salohiyati nelarga qodirligidan darak beradi. Bunda voqea-hodisalar bosimiga qarshi tura olgan muallifni olmos donalarini muayyan shaklga keltirish uchun shafqatsizlik bilan yoʻnayotgan zargarga oʻxshatish mumkin. Yaxshi koʻrgan narsadan voz kechilmaguncha yaxshilikka yetib boʻlmaydi. Nimani aytish emas, qanday aytish, qanday koʻrsatish muhim. Hodisalar shiddati zohiriy shaklda emas, mohiyatda yuz beradi. Murid talabiga javoban aytilgan Boyazid javobi oʻzining yuksak maqomi bilan ajralib turadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |