O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti “iqtisodiyot” kafedrasi


Soliqlarni to’lash bo’yicha majburiyatlar va to’lash muddatlari va Soliq qarziga yo’l qo’yish oqibatlari



Download 83,19 Kb.
bet10/14
Sana20.07.2022
Hajmi83,19 Kb.
#826325
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Soliqlar va Soliqqa tortish” fanidan kurs ishi mavzu Soliqlarni 777

18

  1. Soliqlarni to’lash bo’yicha majburiyatlar va to’lash muddatlari va Soliq qarziga yo’l qo’yish oqibatlari

Soliq tơlovchining soliq tơğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan soliqlar va boshqa majburiy tơlovlarni tơlash majburiyatlari bajarilishini sơzsiz ta'minlash choralari quyidalarni ơz ichiga oladi:
115-modda. Soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash
Soliq to‘lash majburiyatiga ega bo‘lgan soliq to‘lovchi uni to‘lashga doir to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatuvchi bankka, o‘zining bank hisobvarag‘ida pul mablag‘lari bor-yo‘qligidan qat’i nazar, ushbu Kodeksda belgilangan to‘lov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.
Agar soliq to‘lovchida to‘lanmagan soliq qarzi mavjud bo‘lsa, soliq organi unga soliqlarni to‘lash muddati o‘tganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
116-modda. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma
Soliq to‘lovchiga uning zimmasidagi soliq qarzi summasi to‘g‘risida, shuningdek shu qarz summasini belgilangan muddatda to‘lash majburiyati haqida xabar yuborish soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomadir.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha unda ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan soliq qarzi yoki foizlar mavjud bo‘lgan taqdirda yuboriladi.


19
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘iga doir soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma ushbu soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisiga yuboriladi.5
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishidan qat’i nazar yuboriladi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomada soliq bo‘yicha qarz summasi, talabnoma yuborilayotgan paytga hisoblangan penyalar miqdori, jarimalar summasi, shuningdek soliq to‘lovchi talablarni bajarmagan taqdirda, soliq qarzini undirish va soliq majburiyati bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘riladigan choralar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga yuboriladigan talabnomalarga ham tatbiq etiladi.
Ushbu Kodeksning 120-moddasi sakkizinchi — o‘ninchi qismlarida va 122-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq to‘lovchining soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma boshqa shaxslarga yuborilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu bobda nazarda tutilgan barcha qoidalar mazkur shaxslarga yuborilgan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomalarga ham tatbiq etiladi.
117-modda. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani yuborish tartibi va muddatlari
20
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga u hisobda turgan soliq organi tomonidan yuboriladi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan e’tiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgan sanadan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuborilishi kerak.
Ushbu Kodeks 116-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomalar boshqa shaxslarga ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma olingan sanadan e’tiboran ko‘rsatilgan boshqa shaxslar ushbu talabnomani bajarish qismida soliq qarziga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarga tenglashtiriladi.
118-modda. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani o‘zgartirish
Agar soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yuborilganidan keyin ushbu talabnomada ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha qarz summasi, penyalar yoki soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar summasi o‘zgarishiga olib kelgan holatlarni aniqlagan taqdirda, soliq organi ushbu soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnomani yuborishi yoxud ilgari yuborilgan talabnomani chaqirib olishi shart. Mazkur qoida soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomada ko‘rsatilgan soliq, penya yoki jarimalar bo‘yicha qarzlari qisman to‘langan hollarga tatbiq etilmaydi.
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan talabnoma yoki ilgari yuborilgan talabnomaga doir chaqiruv xati soliq to‘lovchiga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan o‘zgarishlarga olib kelgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran uch kun ichida yuboriladi
21
119-modda. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani bajarish
Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qismi bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida soliq qarzi to‘lanmagan taqdirda va agar ushbu Kodeksning 120 — 122-moddalarida nazarda tutilgan choralar qo‘llanishi natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, soliq organlari undiruvni ushbu Kodeksning 123-124-moddalarida belgilangan tartibda soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratadi.
1) Ơzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasiga asosan soliq qarzi paydo bơlganda soliq tơlovchi ơzining bank hisobvarağida pul mablağlari mavjud bơlishidan qat'iy nazar, soliq qarzini belgilangan tơlash muddatidan kechiktirmay ularni xizmat kơrsatayotgan bankka tơlash uchun tơlov topshiriqnomasini taqdim qilishi shartligi belgilangan.
Soliq to’lovchilarga yaratilgan qulayliklarga muvofiq, ular ơz shaxsiy kabinetlari orqali tơlov topshiriqnomalarini elektron kơrinishda tijorat banklariga yuborish imkoniyatiga ega.
2) Davlat soliq xizmati organi soliq qarzi paydo bơlgan kundan boshlab uch ish kuni ichida yuridik shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bơyicha yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq qarzini uzishi tơğrisidagi talabnomani yuboradi.
Jismoniy shaxslar bơyicha soliq majburiyatlarini bajarish muddatlari tugagandan keyin soliq qarzini majburiy undiruvga qaratish tơğrisida ariza bilan sudga murojaat qilinadi.
3) Soliq tơlovchi soliq qarzini belgilangan tơlash muddatidan kechiktirmay xizmat kơrsatayotgan bankka tơlash uchun tơlov topshiriqnomasini taqdim etmagan taqdirda, soliq qarzi summasini ơtkazish tơğrisidagi inkasso topshiriqnomalari soliq va boshqa majburiy tơlovlarni tơlash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim tiladi. 22
4) Soliq kodeksining 64-moddasiga muvofiq, talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan e'tiboran ơn kun ichida davlat soliq xizmati organlariga debitorlar bilan ơzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini yoxud tơlov muddati ơtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi tơğrisida yozma bildirish, shu jumladan soliq tơlovchining shaxsiy kabineti orqali boriladigan bildirish taqdim etishi shart. Davlat soliq xizmati organlari debitorlar bilan ơzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalarini olgan kundan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvni soliq tơlovchiga uning debitorlaridan ơtkazilishi lozim bơlgan summaga qaratadi.
5) yuqorida nazarda tutilgan choralarni qơllash natijasida yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bơyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan talabnoma olingan kundan e'tiboran ơttiz kun ichida soliq qarzini uzmagan taqdirda, uning qarzini mol-mulkiga qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan kơp bơlgan summadagi soliq qarzi uzilmay qolsa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni Soliq kodeksning 65-moddasida belgilangann tartibda soliq tơlovchining mol-mulkiga qaratadi.
6) 2016 yil 27 dekabrdagi 417-sonli Qonun bilan 2017 yildan boshlab soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bơlgan, biroq tơlash muddati tugaganidan keyin bir yil ichida tơlanmagan hollarda ham ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan undiruvni soliq tơlovchining mol-mulkiga qaratish choralari qơllanilishi belgilab qơyilgan.

Download 83,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish