O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti fizika texnika fakulteti


-rasm.Ikkita inersial koordinatalar sistemasi



Download 225,99 Kb.
bet3/12
Sana14.07.2022
Hajmi225,99 Kb.
#796918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
To`lanova Rayhona To`lqinbek qizi

1-rasm.Ikkita inersial koordinatalar sistemasi
Biroq bu absolyut fazoga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan, ya’ni absolyut fazoga nisbatan inersial bo’lgan barcha sistemalarda mexaniq progresslarning qonunlarini absolyut fazodagidek ta’riflaSh mumkin va mexanika nuqtai nazaridan bu sistemalar bir-biriga ekvivalent bo’ladi.
Shunday qilib, mexaniq progresslar ustida o’tkazilgan ko’zatishlar cheksiz ko’p inertsial sistemalar ichidan absolyut fazoni ajratib olish imkonini bermaydi. Bu holat klassik mexanikaning nisbiylik prinsipi degan nom oldi, binobarin, Nyutonning muhitlar mexanikasi nisbiylik prinsipiga muvofiqlashtirib qurilgan.
Bir inertsial sistemadan ikkinchisiga o’tishda tezlanishlar o’zgarmasdan qoladi, lekin koordinata va tezliklar o’zgaradi. Ular orasidagi munosabatlar almashtrish formulalari (yoki tenglamalari) orqali ifodalanadi. Bu tenglamalar bir sistemaning koordinatalari va vaqtini (x, y, z, t) ikkinchi sistemaning koordi natalari va vaqti (x', y', z', t') bilan bog’laydi. Nyuton mexanika­si foydalanadigan almashtrish formulalari mutlaqo to’g’ridek bo’lib ko’ringan edi. Ikkinchi sistema x o’q bo’ylab birinchi siste­maga nisbatan +v tezlik bilan (yoki birinchi sistema ikkinchisiga nisbatan -v tezlik bilan ) harakatlanayotgan, sistemalarning o’qlari bir-biriga parallel va t = 0 paytda koordinata boshlari bir nuqtada bo’lgandagi hol uchun (Galiley formulalari deb ataluvchi) bu formulalar
, , , (1.1.1)
ko’rinishda bo’ladi. Mexanika tenglamalarining bu almashtrish formulalariga nisbatan invariant bo’lishi (buni osongina tekshirib Kursa bo’ladi) mexanikaning nisbiylik prinsipining matema­tik ifodasidir. Nyuton mexanikasi qonunlarining tajribaga muvofiq kelishi bu prinsipni eksperimental ravishda asoslaydi*.

1.2.Harakatlanuvchi muhit elektrodinamikasi


Harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasi (optikasi) ham yo’qoridagidek yo’sinda ko’riladi. Tajribadan topilgan muayyan fizik asoslarga tayangan holda, harakatlanayotgan muhitlardagi hodisalarga tatbiq etiladigan elektrodinamika qonunlari sis­temasi barpo qilinadi, Shu bilan bir vaqtda bir inertsial sis­temadan ikkinchisiga o’tishga imkon beradigan almashtrish for­mulalari Kursatib o’tiladi. SHu yo’sinda vujudga kelgan nazariyaning xulosalarini tajribaga taqqoslab, qonunlarning to’g’riligini nazorat qilish mumkin.
Koordinatalarni almashtrish formulalari xususida shuni aytish kerakki, Galiley formulalari mutlaqo ravshan va tajribaga muvofik keladigan bo’lib ko’rinar edi. Shuning uchun harakat­lanayotgan muhitlar Elektrodinamikasini qurishda ham bu formu­lalar to’g’ri deb (tahlil qilmay) ishlatildi. Efirni yo harakatsiz, yoki harakatlanuvchi muhit deb, asosiy faraz qilinishi asosida harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasi yaratishga ko’p urinishlar bo’ldi. Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan turli nuxtai nazarlar bir-biridan keskin farqlanuvchi muhim nazariyalarda: Gers elektrodinamikasi va Lorents elektrodinamikasida o’zining to’la ifodasini topdi. Ikkala elektrodinamika ham barcha elektromagnitik va.optik progresslarni butun fazoni to’latgan dunyoviy efirda yuz beradigan progresslar deb hisoblaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan muhitlar elektrodinamikasining asosiy masalasi jismlar harakatining efirga Kursatadigan ta’siri to’g’risidagi masala edi. Bu masalani fakat tajribagina hal qila olardi. Aniqrog’i, efir va harakatlanayotgan moddaning o’zaro muno- sabati to’g’risidagi muayyan tasavvurlarga asoslanib, harakatla­nayotgan muhitlardagi hodisalar nazariyasini yaratish va uni tajribada tekshirib ko’rish lozim.
a. Ergashuvchi efir nazariyasi. Gers moddiy jismlar harakatlanayotganda efirni butunlay ergashtirib ketadi, degan mulohazaga asoslangan nazariya yaratdi. Shunday qilib, harakatlanayotgan muhitdagi optik hodisalar shu muhit bilan birga (undan orqada qolmasdan) harakatlanayotgan efirda yuz beradi, binobarin, harakatlanayotgan muhitlardagi hodisalar ustida o’tkazilgan ko’zatishlar bu harakatni aniqlash imkonini bermaydi. Boshqacha aytganda, Gers nazariyasi mexanikaning nisbiylik prinsipini elektrodinamikaga (optikaga) joriy etadi. Galileyning almashtrish tenglamalaridan foydalanib Gers elektrodi­namika tenglamalari to’zdi, bu tenglamalar albatta Galiley al-mashtirishlariga nisbatan invariantdir. Gers elektrodinamika­sini izchil taraqqiy ettirishda duch kelgan ko’p. qiyinchiliklarni muhokama qilib o’tirmasdan, bu nazariyaning xulosalari qator tajribalarga, jumladan Fizo (1851-y.) o’tkazgan bir muhim optik tajribaga butunlay zid ekanligini Kursatib o’tish mumkin.


Download 225,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish