1-rasm. Kapital qo‘yilmalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibi (% hisobida).
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi.
Korxonalarning moliyaviy barqarorligi oshishiga iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, soliq-byudjet siyosatini takomillashtirishga doir qabul qilingan chora-tadbirlar, shuningdek, 2008 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan yangi Soliq Kodeksining joriy etilishi ta’sir etdi.
Moliyalashtirish manbalari tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining ijobiy tendensiyalar bilan o‘sishi yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar natijasida ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ularning o‘sishini tezlashtirdi. Joriy yilning birinchi choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida 11,4 foizni tashkil etdi va 2007 yilning I чорагига nisbatan 1,4 punktga ortdi.
Joriy yilning yanvar-martida investitsiyalarning asosiy qismi iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini (sanoat, transport, aloqa) rivojlantirishga yo‘naltirildi, bu ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 72,6 foizgacha o‘sishiga zamin yaratdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 61,0 foizni tashkil etgan edi (2-jadval). Mazkur tarmoqlarning rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish infrastrukturasining shakllanishini tezlashtirishga xizmat qiladi.
2- jadval. Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi (% hisobida).
|
07/I
|
08/I
|
Jami
|
100
|
100
|
Ishlab chiqarish sohasi
|
61,0
|
72,6
|
Sanoat
|
23,0
|
27,7
|
Qishloq xo‘jaligi
|
2,5
|
1,9
|
Qurilish
|
1,1
|
0,9
|
Transport va aloqa
|
27,6
|
30,5
|
Savdo va umumiy ovqatlanish
|
2,2
|
1,5
|
Boshqa sohalar
|
4,6
|
10,2
|
Ijtimoiy soha
|
39,0
|
27,4
|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi
|
Transport va aloqa sohasida asosiy kapitalga investitsiyalar 2,9 punktga ortdi. Ularning jami kapital qo‘yilmalardagi ulushi 30,5 foizga yetdi. Qishloq xo‘jaligining umumiy kapital qo‘yilmalardagi ulushi 0,6 punktga qisqarib, 1,9 foizni tashkil etdi.
Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar sanoatdagi investitsion talabning ortishiga olib keldi. Yanvar-martda sanoatga jalb etilgan investitsiyalar ulushi 4,7 punktga ortdi va jami kapital qo‘yilmalarning 27,7 foizini tashkil qildi. Investitsiyalarning Asosiy qismi yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik majmuasi, qurilish mollari sanoatiga to‘g‘ri keldi.
Yoqilg‘i sanoatiga kiritilgan investitsion resurslarning ulushi Sanoat rivojiga yo‘naltirilgan jami kapital mablag‘larning 59,6 foizini tashkil qildi. Qurilish materiallari sanoatiga yo‘naltirilgan investitsiyalar ulushining 2,4 punktga o‘sishi bilan uning hajmi sanoatga jalb etilgan jami investitsiyalar tarkibida 5,2 foizgacha yetdi (3- jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |