O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona Davlat universiteti Mavzu: Sanoat siyosati va uning rivojlanishining real sektorga ta’siri Tayyoladi: Kurs ishi raxbar: farg’ona 2022 mundarija kirish
Mavzu: Sanoat siyosati va uning rivojlanishining real sektorga ta’siri
Tayyoladi: ___________ Kurs ishi raxbar: ___________ FARG’ONA 2022 MUNDARIJA KIRISH ....................................................................................................................2
I BOB IQTISODIYOTNING REAL SEKTORI TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA REAL SEKTORINI RIVOJLANTIRISH OMILLARINING NAZARIY ASOSLARI…………………………. 1.1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati...............................................................................................4
1.2. Tuzilmaviy islohotlarning iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o’zgarishlarga ta’siri va ahamiyati.......................................................................11
II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI REAL SEKTOR TAHLILI VA BASHORATI…………………………………………………………………….. 2.1. O’zbekistonning sanoat tarmogini ko’rsatkichlari tahlil ……24
2.2. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda xususiy investitsiyalar ishtiroki tahlili………………………………………………………………………………29
XULOSA VA TAKLIFLAR............................................................... ………….36 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….................................... …38 KIRISH Kurs ishi mavzusi asoslanishi va uning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2021 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida Real sektor mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga o’sganligi aytib o’tildi.1 SHu bilan birga ma’ruzada “Birinchi navbatda, jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan va keyingi bosqichda iqtisodiy o’sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bo’lgan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo’naltirilgan holda qo’llab-quvvatlashni ta’minlash zarur” ekanligi ham ta’kidlandi.
Demak, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini yanada jadallashtirish kerak bo’ladi. Bu esa raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqishning muhim omili hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyotining yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilash jarayonini jadallashtirish hisobidan mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshliligini oshirishni taьminlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish kabi vazifalar dolzarbligini saqlab qolmoqda.