O‘rindoshlik ta’siri. Mehnat omillarining qimmatlashuvini anglatuvchi ish haqining o‘sishi sarmoya intensivroq bo‘ladigan texnologiyalarga o‘tishga turtki bo‘ladi, ya’ni qimmatroq omil-mehnat, nisbatan arzonroq omil-sarmoya bilan almashtiriladi. Natijada mehnatga talab qisqaradi. O‘sha sabablar ish haqining pasayishi, aksincha, mehnatga talabning ortishiga olib keladi (4,1-rasm). Har ikkala ta’sir bir yo‘nalishda harakatlanadi va mehnatga talabning (D) ish haqi (W) va mehnat miqdori (L) ga javob bog‘lanishni taqozo etadi. Buni mehnatga talab egri chizig‘i aks ettiradi.
W
L
1-rasm. Mehnatga talab egri chizig‘i.
Mehnat taklifi. Bozordagi mehnat taklifining egri chizig‘i (S) uning ish haqiga bevosita bog‘liqligini aks ettiradi (2-rasm). Muayyan mehnat bozorida ish haqining o‘sishi bu bozorda iqtisodiѐtning boshqa sohalarida band bo‘lgan xodimlarni ham, ilgari mehnat bozoriga kirmaganlarni ham jalb qiladi.
W
L
2-rasm. Mehnat taklifining egri chizig‘i.
Bozor muvozanati. Bozordagi talab egri chizig‘i va mehnat taklifi egri chizig‘i qo‘shilgan 3-rasm muvozanatli bozor sharoitlarida talab va taklifning o‘zaro aloqasi mexanizmini aks ettiradi.
3-rasm. Bozor muvozanati.
Boshqacha aytganda, tadbirkorlar muvozanatlangan ish haqi to‘lashga rozi bo‘lsalar, mehnat bozorida o‘zlariga zarur xodimlar sonini topadilar, ularning to‘lovga qodir ishchi kuchiga talablari to‘la qondiriladi. Muvozanatlangan narxda o‘z ishchi kuchini taklif qilaѐtgan xodimlar to‘la ishga joylashadi. SHuning uchun E nuqta ish bilan to‘la bandlik holatini anglatadi deyiladi.
Davlatning mehnat bozoridagi siѐsati. Mehnat bozori boshqa bozorlarga nisbatan ko‘proq davlat tomonidan boshqariladi. Mehnat munosabatlarini boshqarishning quyidagi turlari ko‘proq tarqalgan:
-ishga ѐllashning minimal standartlarini qonun bilan belgilash;
-ish vaqtining davomiyligi, ish haqi, boshqa to‘lov va imtiѐzlar;
-mehnat va xavfsizlik shart-sharoitlariga oid normalarni qonun yo‘li bilan belgilash;
-shaxslarning ma’lum ish turlarida ishlashga yo‘l qo‘yilishini qonun yo‘li bilan cheklash va nazorat qilish;
-fuqaro huquqlari va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik asosida ish beruvchilar hamda xodimlar xatti-harakatini boshqarish.
1.2. Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, er va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. SHuning uchun ham resurslarga bo‘lgan talab hosila talab bo‘lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |