Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi vaqtda yadro fizikasi fani oldida yadro kuchlar tabiatini, elementar zarralar xususiyatlarini hamda termoyadro reaksiyasini boshqarish kabi eng muhim muammolar turibdi. Turli xil muammolarni hal etishda, yagona nazariyani yaratishdagi asosiy qiyinchilik shundan iboratki, yadrodagi nuklonlar orasidagi o‘zaro ta’sirlashuv kuchlarini bilmaymiz. Bu kurs ishining dolzarbligi shundaki Yadro fizika tez rivojlanib borayotgan sohadir. Ayniqsa keyingi yillarda texnika taraqqiyoti ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish bu bilan barcha elementlar yadrolari kvant xususiyatlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Kurs ishi maqsadi: Elementar zarralar fizikasi, adronlar, adronlar tuzilishi, adronlar yemirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish. Mavzuga oid ilmiy va metodik adabiyotlarni o‘rganish va taxlil qilish, mavzuni o‘rganish davomida bilim va ko‘nikmalarni oshirish.
Kurs ishi vazifasi: Elementar zarralar fizikasi, adronlar, adronlar tuzilishi, adronlar yemirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish.
Kurs ishining predmeti: Mavzuga oid ilmiy va metodik adabiyotlarni o‘rganish va taxlil qilish, mavzuni o‘rganish davomida bilim va ko‘nikmalarni oshirish.
Kurs ishining tuzilmasi: Ushbu “Elementar zarralar fizikasi. Adronlar. Adronlar tuzilishi. Adronlar yemirilishi.” mavzusidagi kurs ishi kirish, 2 bob, 6 bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
(Har kim o‘z mavzusidan kelib chiqib yozadi. Ushbu gapni ko‘chirib qo‘ymang.)
I BOB. ELEMENTAR ZARALARNING ASOSIY MANBAI
1.1. Elementar zarralar fizikasi tarixi va tushunchalari
Kuchsiz va gravitasiya ta’sirlashuvlari ham yadro ta’sirlashuviga qaraganda juda sust hamda gravitasiya ta’sirlashuvi esa o‘zoq masofada ta’sirlashuv xususiyatiga ega bo‘lgani sababli yadro ta’sirlashuvi bo‘laolmaydi. Shunday qilib, yadro kuchlari yadrodagi nuklonlarni bog‘lab turuvchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan alohida kuchdir. O‘z navbatida yadro kuchlarini o‘rganishlik yadro strukturasi va yadro reaksiyalar mexanizmini chuqur o‘rganish imkonini beradi.
Yadro kuchlarini o‘rganish uchun faqat neytral zarralar yoki faqat zaryadli protonlardan (M: ikkita neytron, ikkita protondan) tashkil topgan yadrolar yo‘q. Yadro kuchlari xususiyatlari nuklonlarning nuklonlar bilan, nuklonlarning yadrolar bilan, yadrolarning yadrolar bilan ta’sirlashuvlarida hamda yengil yadrolar, ko‘zguli yadrolarning xususiyatiga ko‘ra o‘rganish mumkin.
Klassik fizikada ikkita zarralarning ta’sirlashuv qonuniyatini bir-birlariga nisbatan turli masofada, har xil tezlikda turlicha oriyentasiyada o‘lchab, qonuniyatlarini aniqlaganlar. Xuddi shu usullar bilan elektromagnit va gravitasiya o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlari o‘rganilgan edi. Lekin yadro kuchlari qisqa masofada katta intensivlikda ta’sirlashganligi uchun bu usulni qo‘llash imkoniyatini bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |