2.3. Adronlarning yemirilishi va energiyasi
Adronlar - kuchli o‘zaro ta'sirlarda ishtirok etadigan zarralarning umumiy nomi. Ism "kuchli, katta" degan ma'noni anglatadigan yunoncha so‘zdan olingan. Barcha adronlar bo‘linadi katta guruhlar- mezonlar va barionlar. Barionlar (yunoncha “ogʻir” degan maʼnoni anglatadi) yarim butun spinli hadronlardir (qarang Spin ). Eng mashhur barionlar proton va neytrondir. Barionlar, shuningdek, bir vaqtlar g‘alatilik deb ataladigan kvant soniga ega bo‘lgan bir qator zarralarni ham o‘z ichiga oladi. Lambda barioni (l 0) va sigma barion oilasi g‘alatilik birligiga ega. +, -, 0 pastki belgisi elektr zaryadining belgisini yoki zarrachaning neytralligini bildiradi. Xi barionlari ikkita g‘alatilik birligiga ega. Baryon Ō - uchga teng g‘alatilikka ega. Ro‘yxatda keltirilgan barionlarning massalari proton massasidan taxminan bir yarim baravar ko‘p va ularning xarakterli umri taxminan 10-10 s ni tashkil qiladi. Eslatib o‘tamiz, proton amalda barqaror, neytron esa 15 daqiqadan ko‘proq yashaydi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni takidlash joizki, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi fanidan dars jarayonida o‘tilgan mavzularimizga nisbatan ushbu kurs ishi tayyorlash davomida qo‘shimcha ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Asoson elementar zarralar fizikasi, adronlarning tuzilishi, adronlarning yemirilishi haqidagi keng ko‘lamli ma’lumotlarni izlash orqali turli xil ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘laoldim.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Kuchli o‘zaro ta’sirda qatnashuvchi zarralarga adronlar deb yuritiladi.
Adronlarning yemirilishlarida nurlanishlarning kechikishi quyidagi sabablarga ko‘ra deb qaraladi:
1) Zaryadli zarralar yadrodan chiqishda kulon to‘sig‘iga uchrashligi. (Kulon to‘sig‘i og‘ir yadrolarda ~30 MeV, yemirilish energiyasi- 4 MeV. Klassik fizika qonunlari bo‘yicha yadrodan zarra chiqishi mumkin emas, kvant mexanikasi bo‘yicha zarra to‘siqdan sizib o‘tishi mumkin).
2) Radioaktivlik kuchsiz ta’sirlashuvga ko‘ra ro‘y berishligi. (Yadroda beta-yemirilish kuchsiz ta’sirlashuvga ko‘ra amalga oshadi, shunga ko‘ra yadro ta’sirlashuvdan kuchsiz ta’sirlashuv necha marta kichik bo‘lsa, yemirilish vaqti shuncha marotaba kechiqadi).
3) Yemirilish energiyasining kichik bo‘lishligi radioaktivlik vaqtini kechiqtiradi. (Masalan, yuzta nuklonli A=100 yadro o‘yg‘onish energiyasi 10 MeV bo‘lsin. Har bir nuklonga 0,1 MeV to‘g‘ri keladi, bu energiya solishtirma bog‘lanish energiyasidan kichik, lokin hamma o‘yg‘onish energiyani birorta nuklonga berishi, bu bilan nuklon chiqib ketishi ehtimoliyati bor).
Xuddi shuningdek, elementar zarralarni ham ma’lum qonuniyatlar asosida jadvalga joylashtirish, ya’ni klassifikatsiyalash fiziklarning azaliy orzusidir. Shu maqsadda ularni to‘rt guruhga bo‘lishga kelishilgan.
Zarralar bilan to‘qnashganda annigilyatsiyaga uchrashi antizarralarning uzoq vaqt zarralar orasida bo‘lishiga imkon bermaydi. Shuni alohida takidlash kerakki, annigilyatsiya jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Solishtirish uchun aytish mumkinki, ajralib chiqadigan energiyadan millionlab marta kattadir. Shunday qilib, annigilyatsiyada o‘zaro ta’sirlashadigan zarralarning barcha energiyasi boshqa turdagi energiyaga aylanadi, ya’ni annigilyatsiya mavjud energiya manbalari orasida eng katta energiya ajraladigan jarayondir. Agar olamning bizga yaqin biror joyida antimodda mavjud bo‘lganda edi, kuchli miqdorda energiya ajralishi kerak edi. Lekin astofiziklar hanuzgacha bunday holni etmaganlar. Shuning uchun ham antimoddani o‘rganish hozircha, faqat modda tuzilishini o‘rganish yo‘nalishidagi fundamental izlanishlardan iborat bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |