1. Xavfsizlik muammosi. Xalqlar va davlatlar tarixida bu muammo hamisha muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Ammo bu muammo insoniyat tarixining hech bir davrida XX asr oxiri va XXI asr boshidagi singari ma’no va ahamiyat kasb etmagan. XX asrda ro’y bergan ikkita dahshatli jahon urushi, o’nlab mahaliy urushlar insoniyat boshiga qanchadan-qancha kulfatlar keltirganligi barchaga ma’lum. Insoniyat hayotining 6 ming yili davomida 14513 ta turli darajadagi urushlar sodir bo’lib, bunda 3 mlrd. 640 mln. kishi qurbon bo’lgan. Yadroviy va boshqa qirg’in qurollarining ishlab chiqilganligi va ular zahiralarining behad ko’payib ketganligi ham XX asrning mahsulidir. Hozir mavjud bo’lgan ommaviy qirg’in qurollar: termoyadro, neytron bombalari, lazer quroli, kimyoviy binar snaryadlari, radiologik qurol kabi turlari insoniyatni yo’q qilib yuborishi mumkin. Bularning barchasi xavfsizlikni ta’minlashni umumjahon muammosiga aylantiradi.
2. Tinchlik uchun kurash muammosi. Tinchlik uchun kurash har bir davrning dolzarb muammosi bo’lib kelgan va hozirgi kunda ham u o’zining dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Tinchlik uchun kurash barcha mamlakatlar va xalqlar uchun baravar ahamiyatga ega bo’lgan muammodir. Garchi urushlar dunyoning har yerida ro’y berib tursada, uning oqibatlari ko’pchilik mamlakatlar va halqlar taqdiriga u yoki bu darajada daxl qiladi. BMT Xavfsizlik Komiteti, YeXHT tomonidan o’tgan o’n-yigirma yillar davomida tinchlikni saqlab qolish uchun Xelpsinki, Sovet-Amerika, Rekyavik, Malpta, Vashington, Toshkent, Istambul uchrashuvlari o’tkazildi. Ularda ma’lum natijalarga erishildi. SHuning uchun ham tinchlik uchun kurash umumbashariy mohiyat kasb etadi.
3. Terrorizm muammosi. Terrorizm o’zining barcha ko’rinishlari bilan XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida eng dahshatli hodisasiga aylandi. Endilikda bu hodisa dunyoning ko’pchilik mamlakatlari va mintaqalariga tarqalib, jahon ahlini g’oyat tashvishga solmoqda. Uning salbiy oqibatlari xalqaro munosabatlarga, davlat boshliqlari, ayrim shaxslar va tinch aholi hayotiga, turli xildagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy tuzilmalar va faoliyatiga tobora kuchli salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Terrorizmning buzg’unchilik va qo’poruvchilik harakatlari jamiyat va uning rivojlanishi uchun juda qimmatga tushmoqda. SHu sababli ham davlatlar terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga, uning barcha ko’rinishlariga qarshi birgalikda kurash olib borishga harakat qilmoqda. “Bugungi kunda; degan edi Islom Karimov Xalqaro terrorizm, ekmtrimizm va radikalizmga qarshi kurash dunyo mamlakatlarini birlashtiradigan asosiy omil bo’lib qolmoqda. XXI asr vabosi bo’lgan ushbu illatga qarshi jahon hamjamiyatining murosasiz kurashini O’zbekiston to’la qo’llab-quvvatlaydi”36.
Do'stlaringiz bilan baham: |