O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat



Download 425,5 Kb.
bet76/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

Xalqaro tashkilotlar deb ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy madaniy va ilmiy-texnik asoslarda umumiy maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy jamiyat uyushmalari birlashuvlaridan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Bu davlat-lar o’rtasidagi ko’p tomonlama aloqa qilishning eng muhim ko’rinishlaridan biridir.
Xalqaro tashkilotlar tuzishga bo’lgan urinishlar qadim zamonlarga borib taqaladi. Lekin hozirgi zamonaviy xalqaro tashkilotlar XIX asrning 2-yarmida shakllana boshlagan. Davr davlatlar va xalqlar o’rtasida iqtisodiy, xo’jalik aloqalarini har tomonlama yanada rivojlantirishni taqozo etadi.
Hozirgi kunda har xil mazmun va maqsadlarga bo’ysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilotlar mavjud. Bu xalqaro tashkilotlar 2 ta katta guruhga ajratiladi:
1) Davlatlararo xalqaro tashkilotlar (faqat davlatlar a’zo bo’lishi mumkin).
2) Nohukumat xarakteriga ega bo’lgan xalqaro tashkilotlar (bularga milliy uyushmalar, jamiyatlar, nohukumat xarakteridagi birlashmalar, hatto ayrim shaxslar ham a’zo bo’lishlari mumkin).
Xalqaro tashkilotlar a’zolarining soni va tarkibiga qarab ikkiga bo’linadi:

  1. Umumiy (universal) tipdagi xalqaro tashkilotlar (turli sotsial-siyosiy tuzumdagi davlatlar ishtirok etadi).

  2. Bir xil tipdagi (regional, subregional) xalqaro tashkilotlar.

Bu xalqaro tashkilotlar xalqaro munosabatlarda hamkorlik qilishlariga qarab ham farqlanadi: Masalan, tinchlik va xavfsizlik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarga taalluqli masalalar bilan shug’ullanadigan tashkilotlar.
Bundan tashqari alohida vazifalarni bajaruvchi xalqaro tashkilotlar ham mavjud. Masalan, ilmiy-texnik, madaniy, ta’lim, transport, aloqa, sog’liqni saqlash va boshqa masalalar bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar.
Barcha turdagi xalqaro tashkilotlarning o’z ustavi bo’ladi. Bu ustav xalqaro shartnoma ko’rinishiga egadir. Ustav xalqaro tashkilot a’zolari uchun qonun vazifasini o’taydi. Unda ularning maqsadi, tamoyillari, tuzilishi va faoliyat usulini belgilab beradi. Uning qoidalari hozirgi zamon xalqaro huquqning printsipi va normalariga zid kelmasligi shart.
Xalqaro tashkilotlarning ichki tuzilishi turli-tuman bo’lishiga qaramay ularning ko’pchiligi uchun bir xil bo’lgan umumiy belgilari bo’ladi. Masalan, deyarli hamma xalqaro tashkilotlarning oliy organi umummajlis (konferen-tsiya)dir. Bu majlis har xil muddatda yoki bir necha yilda bir marta chaqirilishi mumkin. Bu oliy organning vazifasiga: ta’sis Ustavini qabul qilish, o’zgartirish, qo’shimcha kiritish, yangi a’zolarni qabul qilish, a’zolik badallari miqdorini belgilash, byudjet qabul qilish va boshqalar kiradi. Konferentsiyalar oralig’ida xalqaro tashkilotlarning faoliyatini ijroiya Soveti (ijro etuvchi komissiya, prezidium va boshqalar) boshqarib turadi.
Odatda har bir xalqaro tashkilotlarning Bosh kotib (direktor) rahbarligidagi doimiy kotibiyati mavjud bo’ladi. Bundan tashqari konsul’tativ xarakterdagi boshqa yordamchi qo’mitalar barpo etiladi. Masalan, turli komissiyalar, qo’mitalar, ishchi gruppalari, kengashlar va shunga o’xshashlar.
Xalqaro tashkilotlar turli qarorlar, takliflar ishlab chiqadilar. Lekin ayrim xalqaro tashkilotlar qarorlari tavsiyanomalar shaklida bo’lib, bu tavsiyalar yuridik jihatdan bajarilishi shartligi uning hamma a’zolari uchun hisoblanmaydi. Faqat ayrim davlatlararo tashkilotlargina majburiy xarakterdagi qarorlar qabul qilishga haqlidirlar. Masalan, BMTning Xavfsizlik Kengashining xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash haqidagi rezolyutsiyalari, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining sanitariya reglamentlari barcha davlatlar, birinchi navbatda ularga a’zo bo’lgan davlatlar uchun bajarilish shart hisoblanadi.
Ko’pgina nohukumat xarakteriga ega bo’lgan tashkilotlar BMT, YuNESKO, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti kabilar qoshida konsul’tativ statusga egadirlar. Konsul’tativ munosabatlar nohukumat xarakteridagi bunday xalqaro tashkilotlarga davlatlararo xalqaro tashkilotlarning ishida qatnashish uchun ayrim huquqlarni beradi. Masalan, ular ayrim organlarining kun tartibiga qo’shimchalar kiritish, og’zaki arznomalar bilan chiqish, o’z kompitentsiyalari doirasidagi ayrim masalalar yuzasidan maxsus tadqiqotlar o’tkazib, shu asosda hujjatlar tayyorlash, u yoki bu organlarning majlislariga, shuningdek shu davlatlararo tashkilotning chaqirilayotgan xalqaro konferentsiyasiga o’z vakillarini yuborish huquqlari beriladi.
Hozirgi kunda jahonda yuzdan ortiq xalqaro tashkilotlar bo’lib, ular o’zlarining tashkil topish tarixi, maqsadi, xususiyati, vazifalari, tuzilishi va faoliyatining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ularning jahon rivojlanishida tutgan o’rni ham turlicha. Xalqaro tashkilotlar o’zining ommaviy xarakteri, ilmiy xususiyati, taraqqiyot darajasi, maqsadlari, vazifalari va xalqaro munosabatlardagi o’rniga qarab bir necha turga ajraladi:

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish