O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Jamiyat hayotini demokratlashtirishda «to’rtinchi hokimiyat»ning o’rni va roli



Download 425,5 Kb.
bet58/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

3. Jamiyat hayotini demokratlashtirishda «to’rtinchi hokimiyat»ning o’rni va roli
Ommaviy axborot vositalari – jamoatchilik ongini shakllantiruvchi, demokratik rivojlanishning asosiy printsiplari, madaniy va axborot berish vazifalarini amalga oshiruvchi hamda millatning inson huquq va erkinliklarini ta’minlovchi tizim. Ommaviy axborot vositalari (OAV) mustaqil kuchga, «to’rtinchi hokimiyat»ga aylanmoqda. O’zR Konstitutsiyasiga va «Ommaviy axborot vositalari to’g’risida»gi (1997 yil 26 dekabrp) qonunga muvofiq har bir fuqaroga so’z erkinligi: radio orqali, matbuot, televidenie va boshqa OAVlarda chiqish, o’z fikri va e’tiqodini bayon etish huquqi havola etiladi. Demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy shartlaridan biri – matbuot va axborot erkinligidir. Ammo so’z va matbuot erkinligi mutlaq bo’la olmaydi. CHunki televizor ekranidan yangragan, gazetada e’lon qilingan axborotni millionlab odamlar eshitadilar, o’qiydilar. Agar qandaydir bir odam, korxona, ishlab chiqarish tarmog’i haqida yangilish ma’lumotlar aytilsa, bu bilan ularning nufuziga putur yetkaziladi, huquqlari buziladi. Konstitutsiyaning 67-moddasida qayd etilganidek, ular «axborontning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar». Demak, OAV ning ijtimoiy hayotdagi o’rni va roli oshib bormoqda. «Axborotlashgan jamiyat» to’g’risidagi qarashlar negizi ham dunyoda axborot ko’lamining ortib borayotgani bilan bog’liq. XXI asr «axborot asri»ga aylanmoqda. OAV jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil inson tarbiyasi, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi milliy g’oya va mafkura bilan sug’orilgan g’oya va maqsadlarni xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchini shakllantirishda hamda xalqning, millatning o’tda yonmaydigan, suvda cho’kmaydigan o’lmas e’tiqodini (I.A.Karimov) uyg’otishda va qaror toptirishda muhim rolp o’ynaydi. OAV insonlarni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan uzviy bog’laydi. SHunda «axborot xolis», «ishonchli», «aniq» bo’lishi mumkin. OAVlarni «to’rtinchi hokimiyat»ga aylantirish jarayoni kechmoqda, lekin bu jarayon murakkab hollarda kechmoqda. Xususan, axborot tahlilida eskicha fikr yuritish o’z ta’sirini saqlab turibdi. Hozirgi vaqtda axborot «chegara» bilmaydigan omilga aylanib qoldi. Prezident Islom Karimov 2002 yil 29 avgustda ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 9-sessiyasidagi «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» mavzusidagi ma’ruzasida «to’rtinchi hokmiyat»ni o’z nomiga yarasha ko’tarish lozimligini bayon etdi.
O’zbekiston jamiyati hayotida OAV rolini faollashtirish quyidagicha tassavvur etilmoqda:
1) OAV imkoniyatini oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratish, ularga jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida munosib o’rin berish, jurnalistlar faoliyatini ijtimoiy va huquqiy kafolatlash.
2) OAV mamlakatda yuz berayotgan jarayonlarga turlicha qarashlarni erkin va xolis ifodalashga qodir bo’lishi, hokimiyat bilan jamiyat o’rtasida xolis vositachi bo’lishi va muhimi, inson va jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo’lishi uchun professional jurnalistlar va OAVlarini tayorlash jarayonini ko’rib chiqish. Axborot olish, tahlil qilish, ishlash va yetkazishning zamonaviy usullari va vositalarini o’zlashtirishda ularga yordam berish.
3) OAV faolligi va ularning samarali ishlashiga yordam beradigan mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Matbuot to’g’risida, jurnalistlar faoliyati, axborot olish bilan bog’liq me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Umuman, “avvalo ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy erkinligini ta’minlash kerak; degan edi Islom Karimov; bu ularning mustaqil faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun asosiy omil bo’lishi lozim
Biz matbuot va axborot erkinligining kafolatini bozor munosabatlari, axborot maydonida sog’lom rafqobat taomyillarining rivojlanishida ko’ramiz”28
Matbuot erkinligi muhim o’rinda turadi. U siyosiy qarorlar qabul qilishda bevosita ishtirok etadi. Axborot siyosat, mamlakat siyosiy rejimi, xarakteri bilan bevosita bog’liq. Masalan, avtoritar va totalitar rejimlar «axborot»ni bo’g’ish, «sir» saqlashdan, unga «hukmronlik» qilishdan ko’proq manfaatdor. Demokratik jamiyat esa erkin almashish, uning xilma-xilligini ta’minlashdan manfaatdor, bu jamiyatlarning yashovchanligini ta’minlaydi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish