O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat



Download 425,5 Kb.
bet57/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

Ommaviy jamoat tashkilotlari. Jamiyat siyosiy tizimida ijtimoiy tashkilotlar bilan bir qatorda ommaviy jamoat tashkilotlari ham muhim rolp o’ynaydi. Ommaviy jamoat tashkilotlari ijtimoiy siyosiy tuzumi qanday bo’lishidan qat’iy nazar barcha mamlakatlarda amal qiladi. Avvalo demokratik jamiyatni barpo etishda BMT hujjati (memorandumi)da ko’rsatilganidek, 3 ta (soha) sektorning o’zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular: 1) davlat; 2) bozor (iqtisodiyot); 3) jamoat tashkilotlari. Uchinchi sektor haqida gap ketganda ular tarkibiga kasaba uyushmalari (avvalo, buni ijtimoiy tashkilotlarning asosi sifatida ham qaraladi), jamg’armalar, yoshlar va xotin-qizlar harakatlari, kasbiy assotsiatsiyalar, klublar, akademik institutlar va boshqalar kiradi.
Uchinchi sektor sub’ektlari turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada xayriya muassasalari, AQSHda nohukumat yoki notijorat tashkilotlari, ayrim mamlakatlarda esa ular ko’ngilli jamiyatlar deb yuritiladi. Lekin ko’pincha mutaxassislar, olimlar o’rtasida ham ishlatiladigan nohukumat, nodavlat atamalariga shubha bilan qarash mumkin. Bu haqda BMT tizimining ma’lumotnomasida shunday deyiladi: «Nohukumat tashkilotlari atamasi unga qarama-qarshi bo’lgan davlat tashkilotlari atamasining ayni teskari ma’nosiga ega. BMT tizimida hukumat tashkilotlari davlatlararo bitimlar asosida yuzaga kelib, unga a’zo bo’lgan hukumatlardan tashkil topadi. Nodavlat tashkilotlari esa davlatlararo bitimlar asosida tuzilmaydi va unga kiruvchi hukumatlardan iborat emas. Nodavlat tashkilotlari milliy va xalqaro, umumiy va yuqori ixtisoslashgan bo’lib, unga BMT tarkibiga kiruvchi tuzilmalar bilan maslahat hamda operativ vakolatlar asosida o’zaro hamkorlik qilish mumkin». Jamoat tashkilotlari tuzish va faoliyat printsiplari: 1) ixtiyoriylik; 2) teng huquqlilik; 3) o’zini-o’zi boshqarish; 4) oshkoralik; 5) qonuniylikka asoslanadi. Jamoat tashkilotlarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ko’ngillilik – ularning mutlaqo ixtiyoriy asosda tuzilganligi. Unda a’zolik va faoliyat ko’rsatish har bir fuqaroning xohishi hamda roziligi bilan amalga oshiriladi.
2. Mustaqillik – mavjud qonunlar va o’z nizom qoidalariga ko’ra faoliyat ko’rsatish. Biror bir o’zga tashkilotning qonunsiz aralashuvidan xoli bo’lish.
3. O’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlash. Nizom maqsadlarini amalga oshirish uchun qonunchilik talablariga muvofiq tadbirkorlik, ishlab chiqarish – xo’jalik va boshqa man qilinmagan faoliyat bilan shug’ullanish.
4. O’z nomidan kelib chiqib, jamoatchilik, ya’ni ko’pchilik uchun xizmat qilish. O’ziga tegishli ma’lum qatlam yoki guruh manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy yordam ko’rsatish va hokazo.
2002 yilga kelib mamlakatimizda respublika va xalqaro ahamiyatga molik 220 dan oshiq jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan 4 ta siyosiy partiya, 2 ta harakat, 46 ta jamiyat, 5 ta qo’mita, 24 ta assotsiatsiya, 18 ta tarmoq kasaba uyushmalari, 35 ta jamg’arma, 15 ta uyushma, 32 ta federatsiya, 31 ta boshqa tashkilotlar mavjud. SHuningdek, respublikamizda hisob ro’yxatiga olingan 1500 ta viloyat, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning jamoat tashkilotlari ham bor. O’zbekistonda 1286 ta jamoat birlashmalaridan 292 tasi ro’yxatga olingan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIII bobida, «Fuqarolik kodeksining» 73–75-moddalarida «Jamoat birlashmalari to’g’risida», «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining asoslari haqida», «Siyosiy partiyalar to’g’risida» (1996)gi qonunlarda nohukumat tashkilotlarining faoliyatini ta’minlashga qaratilgan qoida va me’yorlar o’z aksini topgan bo’lsa, Prezident Farmonlari va VM qarorlarida ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, imtiyozli soliq to’lovlarini belgilash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash shart-sharoitlari yaratib berilmoqda. 1992 yil Oliy Kengash XI sessiyasida Prezidentimiz Iislom Karimov ta’kidlaganidek, «davlat siyosiy partiyalarning, jamoat birlashmalarining huquqiy manfaatlarini muhofaza etadi, ularga ijtimoiy turmushda ishtirok etish uchun teng huquqiy erkinlik yaratib beradi» (Asarlar, 1-tom, 126-bet).
Prezidentimiz I.Karimov «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida «Jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tizimlarining mavqei o’sib bormoqda, – degan edi. – So’nggi 5 yil ichida jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari soni 1500 taga ko’payib, bugun (1999) ularning soni 2300 taga yetdi. Ular faqat aholi fikrining turli ko’rinishlarini ifoda etib qolmasdan, odamlarning ijtimoiy fikrini shakllantirishga ham faol ta’sir ko’rsatmoqda» (Asarlar, 7-tom, 384-bet).
Mamlakatimizda fuqarolar yoki yuridik shaxslar tashabbusi bilan tuzilgan va ko’ngilli, o’zini-o’zi boshqaruvchi tashkilotlar xilma-xilligi bilan farqlanadi. O’zbekistondagi barcha nodavlat va jamoat birlashmalarini 8 guruhga bo’lish mumkin:
1. Aholi muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlarini ko’zlab ishlashga ixtisoslashgan hukumatga qarashli bo’lmagan umummilliy tashkilotlar. Bu tashkilotlar jumlasiga:
1) «Mahalla» jamg’armasi.
2) O’zR xotin-qizlar qo’mitasi.
3) Nogironlar uyushmasi.
4) «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati.
5) «Nuroniy» faxriylar jamg’armasi kiradi.
2. Ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamg’armalar:
1) «Ekosan».
2) «Sog’lom avlod uchun» jamg’armasi.
3) «Umid» jamg’armasi.
4) Amir Temur madaniy-tarixiy jamg’armasi.
5) Matbuotni demokratlashtirish va jurnallarni qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi.
6) Orolni qutqarish jamg’armasi.
7) Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniyat va fan arboblari anjumani.
3. Hukumatga qarashli bo’lmagan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar:
1) Inson huquqlarini himoya qilish qo’mitasi.
2) Inson huquqlari va gumanitar huquqni o’rganish markazi.
3) Huquqiy yordam ko’rsatish jamiyati.
4. Ijodkor ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlariga:
1) Yozuvchilar.
2) Artistlar.
3) Rassomlar.
4) Bastakorlar.
5) Arxitektorlar.
6) Kinemotografchilar.
7) Sudyalar.
8) Advokatlar – jamoat tashkilotlari kiradi.
5. Milliy madaniyat markazlari (yuzdan ziyod): O’zbekistonda yashovchi milliy (ozchilikni tashkil etuvchi) jamoalar vakillarining madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlarini saqlab qolish maqsadida birlashtirilgan.
6. Umummilliy xayriya jamiyatlari, jamg’armalari:
1) Bolalar jamg’armalari.
2) Bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish jamg’armasi.
3) Respublika talabalar jamg’armasi.
7. Ijtimoiy ahamiyatli va ijodiy izlanishlar bilan bog’liq, asosan ekologik masalalar bo’yicha mahalliy birlashmalar:
1) Sayyohlik va badiiy havaskorlik klublari.
2) Nogiron bolalar ota-onalarining birlashmalari.
8. Jamoat muassasalari:
1) «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi.
2) Jurnalistlarni tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi.
3) «Sabr» ishonch markazi – Samarqanddagi mushkul vaziyatlarda ayollar va o’smirlarga yordam ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi hukumatga qarashli bo’lmagan ijtimoiy muassasalar.
SHuningdek, jamoat tashkilotlariga dunyodagi bir qator:
1) «Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy tashkiloti.
2) «CHet mamlakatlar bilan madaniy aloqa bog’lash O’zbekiston jamiyati».
3) Yozuvchilar, teatr xodimlari, rassomlar, jurnalistlar uyushmalari.
4) Mahalla kengashlari.
5) «El» xalqaro uyushmalar mavjud.



Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish