O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat



Download 425,5 Kb.
bet65/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

Ijtimoiy siyosiy ong – bu rasmiy siyosat bo’lib ishlab chiqiladigan, asoslanadigan, amalga oshiriladigan va siyosiy munosabatlar tartibga solina-digan siyosiy ong darajasidir. Uning tashuvchilari – davlat institutlaridir. Bu institutlar siyosiy munosabatlarni turli qonun loyihalar, dasturlar, qarorlar, konstitutsiya va ularning moddalariga tuzatishlar va boshqalarni ishlab chiqish, qabul qilish orqali amaliyotga tatbiq etish yo’li bilan tartibga soladi.
Siyosiy ong uchun siyosiy voqelikni oqilona - pragmatik uslubda idrok etish – hokimiyatni egallash, qo’lda ushlab turish jarayonida muvaffaqiyatga erishishni mo’ljallash ham xarakterlidir.
Oddiy siyosiy ong – bu ijtimoiy qatlam yoki kishilar guruhlarining kundalik hayotida bevosita paydo bo’ladigan g’oyalar va qarashlar yig’indisidir. U mazmuniga ko’ra ko’p jihatdan emperik ongga o’xshashdir. Lekin, oddiy ong emperik ongdan farq qiladi. U muayyan mafkuraviy va nazariy elementlarga egadir.
Oddiy ongga ravshan ko’zga tashlanadigan ijtimoiy-ruhiy belgilar – ziddiyatlilik, o’zgaruvchanlik, tizimga kirmaganlik, hissiyot, kayfiyat, ehtiroslar xosdir. Bu unga o’ziga xos dinamiklik (tez o’zgaruvchanlik) siyosiy vaziyatning o’zgarishini aniq his etishni baxshida etadi.
Siyosiy ongning oddiy darajasi ratsionallik, emotsionallik, hayot tajriba va an’ana, daqiqalik kayfiyat va beqaror stereotiplarning o’zaro bog’liqligi bilan farqlanadi. SHuning uchun ham u beqaror, hissiyot va bevosita tajribaning o’zgarishiga bog’liq tebranishlarga mahkum.
SHunday qilib, siyosiy ong favqulodda murakkab va ko’p qirrali hodisadir. U nafaqat siyosiy voqelikni aks ettiradi, balki uni yaratadi, o’zgartiradi.


2. Siyosiy ong shakllanishining asosiy omillari va siyosiy tarbiya
Siyosiy ong insonda muayyan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy shart-sharoitlar negizida shakllanadi. Bunday shart-sharoitlar mavjud bo’lmas ekan, insonda siyosiy ong shakllanmaydi. U siyosatning ob’ektligicha qolaveradi. Siyosiy ongning shakllanishi – murakkab jarayondir. Bu jarayon avvalo, ijtimoiy-siyosiy tartibotning mavjudligiga bog’liqdir. Jamiyatda bunday munosabatlar mavjud bo’lmasa, mustaxkamlanib borilmasa, insonda siyosiy ong shakllanmaydi. Agar jamiyatda avtoritar, ma’muriy-buyruqbozlik siyosiy tizimi hukmron bo’lsa, u inson siyosiy ongining shakllanishiga imkon bermaydi. Aksincha, bu tizim insonni qullikka mahkum etadi, uni hokimiyatdan begonalashtiradi, biqiqlik, befarqlikni tug’diradi, boshqaruv apparatlarini xalqdan uzoqlashtiradi.
Jamiyatda demokratik siyosiy tizimning mavjudligi va uning mustah-kamlanib borishi – insonda siyosiy ong shakllanishining hal qiluvchi shartidir. Bunday siyosiy tizim inson siyosiy onggi va faoliyatining rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratadi, uni rag’batlantiradi. Jamiyat siyosiy tizimi qanchalik demokratik bo’lsa, inson shunchalik siyosiy hayotda faol ishtirok etadi.
Siyosiy ongning shakllanishi jamiyatda faqat demokratik siyosiy tizimning mavjudligi bilan belgilanmaydi. U jamiyat iqtisodiyoti taraqqiyoti xalqning moddiy farovonligiga ham bog’liq holda shakllanadi.
Jamiyat iqtisodiyotining yuqori darajada taraqqiy etishi fuqarolik jamiyatining bilimdon, malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan boshqaruv kadrlari korpusining shakllanishi uchun zarur baza bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning taraqqiy etishi, xalqning farovonlikka erishuvi – siyosiy ong shakllanishining asosiy shartlaridan biridir. Jamiyat qanchalik iqtisodiy jihatdan taraqqiy etib borsa, idora qilishning demokratik shakllariga shunchalik sharoit yaratiladi. Xalq qanchalik boy va badavlat, farovon yashasa, u shunchalik demokratiyani qo’llab-quvvatlaydi va himoya qiladi.
Siyosiy ongning shakllanishi jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy rivojla-nishiga bevosita bog’liq. Ma’naviy qashshoq, savodsiz bo’lgan inson jamiyat va xalqaro siyosatdan yiroq bo’ladi. U siyosiy harakatlarning sub’ekti emas, balki ob’ekti bo’lib qoladi. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy sohasi, insonning ma’lumotlilik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, u shunchalik siyosiy bilimdon va siyosiy yo’naltirilgan bo’ladi. Eng asosiysi, demokratik yo’l, ko’rsatmalar, xatti-harakatlarga moyil bo’ladi. Xususan, mukammal ta’lim insonning siyosiy dunyoqarashini kengaytiradi, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bo’lishga yordam beradi, ekstremistik g’oyalarga aloqador bo’lishdan saqlaydi, saylov kompaniyalari davrida uning odil va oqilona yo’lni tanlash qobiliyatini oshiradi. Yuqori ma’lumotga ega bo’lgan shaxs hukumatning qarorlarini, ko’rsatmalarini yaxshi anglaydi, siyosiy xabarlarni chuqur biladi, keng doiradagi masalalar bo’yicha o’zining mustaqil fikriga ega bo’ladi. Inson qanchalik ma’lumotli bo’lsa, uning siyosiy bahs-munozaralarda ishtirok etish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. U o’zini kichik bir murvat emas, balki hukumatga ta’sir ko’rsatishga qodir inson, deb hisoblaydi. Individ qanchalik ma’lumotli bo’lsa, u muayyan jamoat tashkilotlarining faol a’zosi bo’lishi, o’zini o’rab turgan ijtimoiy-siyosiy muhitga ishonch bildirishi ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.
Siyosiy tarbiya insonni ma’naviy jihatdan kamol toptirishning tarkibiy qismi bo’lib, uni amalga oshirish nihoyatda murakkab jarayondir. Siyosiy tarbiya serqirra jarayon sifatida inson faoliyatida ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Mehnat tarbiyasi, axloqiy, siyosiy, huquqiy, estetik, g’oyaviy va jismoniy tarbiyalar ijtimoiy tarbiyaning alohida shakllaridir. Ijtimoiy tarbiyaning barcha shakllari o’zaro bog’liq holda kechadi va har bir kishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi.
Siyosiy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning barcha shakllari bilan bir vaqtda ular bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. Siyosiy tarbiya insonning o’zi uchun ham, uning kamol topishi va rivojlanishi uchun ham nihoyatda zarurdir. Siyosiy jihatdan yaxshi tarbiyalangan kishi ayrim hollarda uchrab turadigan siyosiy ehtiroslarga berilib ketmasdan o’zini tiya oladi, har xil siyosiy o’yinlar, siyosiy buzg’unchiliklarga xolisona baho beradi, siyosiy jarayonlar va siyosiy munosabatlarga bosiqlik bilan qatnashadi.
Davlat o’z ixtiyorida bo’lgan ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari hamda bosma nashrlardan foydalanib, jamiyat a’zolarini siyosiy ta’siriga tortishga harakat qiladi. Bu omillar o’z navbatida fuqarolarning siyosiy tarbiyasiga u yoki bu darajada ta’sir etib boradi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish