O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat



Download 425,5 Kb.
bet12/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

Siyosiy sotsiologik qarash. Siyosiy qarashlarda siyosiy sotsiologik yondashuv antik davrga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Gretsiyada siyosiy g’oyalar ijtimoiy - siyosiy institut sifatida polis, shahar - davlat va shahar - jamiyat tarzidagi qarashlarda o’z ifodasini topgan. Politologiya tushunchalari «siyosat», «davlat», «ijtimoiy ish», «hokimiyat», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy boshqaruv», «boshqaruv san’ati» va boshqa nomlar bilan keng ishlatilgan. Siyosiy - sotsiologik an’ana to’g’risida fikr yuritganda Demokrit (er. o. 460-370-yillar), Platon (er. o. 427-347-yillar), Aristotelь (er. o. 384-322-yillar) ning siyosiy qarashlarini hisobga olish muhim. Demokrit, davlat ishlarini boshqa ishlarga qaraganda muhimroq deb hisoblab, har bir kishi davlatni qulay bo’lishi uchun harakat qilishi lozimligini, ko’proq hokimiyatga ega bo’lishga emas, balki umumiy ish uchun foydali bo’lgan tomonlarni o’ylash kerakligini ta’kidlab, to’g’ri yo’ldan borayotgan davlatni eng katta tayanch deb qayd etadi. Qachon u halok bo’lsa, hamma halok bo’ladi, deb hisoblaydi. Bunday bo’lmasligi uchun uning uch yo’lini: 1) tarbiya, ta’lim, ma’lumot berish; 2) yagona fikr bo’lishi; 3) boshqara olishni to’g’ri olib borishni ko’rsatadi, hamda boshqaruvchining quyidagilarga: siyosiy boshqaruv san’atini egallash, shunday bilim va qadrga ega bo’lmaganlarga ishonishni va aksincha, bunga ega bo’lganlarga ishonmaslikni, Polis ishlarini aniq va to’g’ri baholay olishni, insonlarning kayfiyati va talablarini bilishni, psixologik (ruhan) tayyor bo’lishni, boshqalar ustidan hokimiyatni amalga oshirishdan oldin o’z ustidan hokimiyatga ega bo’lish sirlarini o’rganishi zarurligiga e’tiborni jalb etadi.
Platon siyosiy qarashlarida dastlab Sokrat ratsionalizmining ta’siri ko’proq sezilsa-da, keyinchalik uning «Davlat», «Siyosatchi», «Sofist», «Parmenid» va «Qonunlar» kabi asarlarida diniy an’ana ko’proq seziladi. Platonning ikki dunyo to’g’risidagi qarashlari muhim o’rin tutadi. G’oyalar dunyosi - bu haqiqiy borliq bo’lib, o’zgaruvchan inson dunyosining abadiy o’zgarmas ilohiy ko’rinishidir, hodisalar dunyosi g’oyalar dunyosining buzilgan ifodasidir. Platon siyosatga ham shundan kelib chiqib yondoshadi, hamda ideal davlatning sifatlarini ta’riflaydi. Davlatni idora etishning aristokratiya shaklini yoqlaydi. Uning boshqa shakllarini: timokratiya, oligarxiyadan demokratiyaga va demokratiyadan tiraniyaga o’tishi mumkin degan fikrni keltiradi.
Aristotel (er. o. 384-322-yillar) siyosiy - sotsiologik an’analar rivojiga ulkan hissa qo’shgan. U o’zining «Siyosat», «Etika» va «Ritorika» kabi asarlarida o’z siyosiy g’oyalarini bergan. Individlarning siyosiy hayoti polisda (shahar - davlatda) mujassamlashadi, degan fikrni ilgari tashlaydi. Unda inson siyosiy mavjudot sifatida namoyon bo’ladi. Insonga adolat va adolatsizlikning farqini anglaydigan yagona mavjudot sifatida qaraydi. Davlatning maqsadi hamma fuqarolarga farovonlik ulashishdir. Davlat individ, oiladan keyin paydo bo’lgan. Davlatning nisbiy yaxlit bo’lishini ma’qullaydi.
Davlat shakli, Aristotelcha, kim tomonidan (yakka kishi, nisbatan ozchilik, hamma) yoki qanday maqsadda (umum manfaat yoki foydasiga; yoki shaxsiy manfaat va foydaga ko’ra) amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Davlat shaklini to’g’ri va noto’g’ri shakllarga bo’ladi. To’g’ri shakliga monarxiya, aristokratiya va politiyani, noto’g’ri shakliga ega tiraniya, oligarxiya va demokratiyani kiritadi va ularning bir - biridan farqini ko’rsatadi.



Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish