O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


-Mavzu: Siyosiy qarashlar va ta’limotlar: shakllanishi va rivojlanishi



Download 425,5 Kb.
bet10/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

2-Mavzu:
Siyosiy qarashlar va ta’limotlar: shakllanishi va rivojlanishi.


REJA:



  1. Siyosiy qarashlar va ta’limotlarning shakllanishi.

  2. SHarqda siyosiy fikr va g’oyalar.

  3. Yangi davrda siyosiy qarashlar.

  4. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G’arb va SHarqdagi siyosiy g’oyalar.



1. Siyosiy qarashlar va ta’limotlar
Diniy qarash. Siyosiy qarashlarning shakllanishi va qaror topishida o’ziga xos an’analar mavjud bo’lib, siyosiy hodisalar turli xil talqin etilgan. Qadimgi xalqlar deb hisoblangan misrliklar, xitoyliklar, hindlar, bobilliklar, yahudiy, fors, greklar va rimliklarning qarashlarida yer yuzidagi tartib va tartibotlarni ilohiy kuch bilan bog’lab tushunish, Allohni uning sababi, manbai deb hisoblash an’anasi mavjud bo’lgan. Bu siyosiy qarashlarda diniy an’ana hisoblanadi.
Masalan, qadimgi Xitoyda imperator yer yuzidagi tartiblarni ilohiy tartiblar bilan bog’lab turuvchi yagona shaxs deb qaralgan. Davlat hokimiyatining turli bo’g’inlarida ishlayotgan boshqa shaxslar imperator hokimiyati tartibotlarini amalga oshiruvchilari hisoblangan. Xitoy imperatori osmonning o’g’ligina emas, o’z xalqining otasi ham hisoblangan. Uning hokimiyati, ota-onaning oilada bolalarga nisbatan mavjud bo’lgan hokimiyatiga o’xshashdir, deb yondoshilgan.
Qadimgi Misrda esa Alloh - hukmdor hokimiyatning ilk manbai sifatida qaralgan. Yerda ham uning ta’siri xuddi shunday saqlanib qolgan. Bu o’ziga xos piramidaga qiyos etilgan, uning uchi xudo va uning saylab qo’ygan fir’avnlari, asosi esa oddiy xalq deb qaralgan. Ular o’rtasida ruhoniylar va zadagonlar turgan. Jamiyat va davlatning xulq - atvori insonning ko’proq qaysi toifaga tegishliligi bilan belgilangan.
Qadimgi Hindistonda ham jamiyat va davlatning kelib chiqishi ilohiy, mavjud tartib va qoidalar ham shu asosda o’rnatilgan, degan g’oyalar mavjud bo’lgan. Masalan, rigvedalarda (er. o, 11 ming yil) dunyo tartiboti ilohiy qonunlarning hukmronligiga va insonlar o’rtasidagi munosabatlarning urug’-kastachilikka asoslangan yagona g’oyaga tayanadi. Bu tartiblarni: ma’naviy (braxma) va dunyoviy (kshatra) tomonidan, garchi ular turli vazifalarni bajarsa-da, lekin o’zaro bir-birlari bilan munosabatda amalga oshiradilar. Yerdagi tartiblar dunyo tartibotlarining bir bo’lagi, uning ta’sirida amalga oshadi, deb hisoblangan. Siyosiy fikr tarixida diniy an’analarning eng klassik ko’rinishi Avgustin (shimoliy Afrika, 354-430 yillar) ning siyosiy nazariyasida o’z ifodasini topgan. Xristian cherkoviga xos belgilar uning davlatdan ustun turishiga asoslangan. «CHerkovga bo’ysunmagan davlat qasoskorlar to’dasidan farq qilmaydi», degan g’oya ilgari suriladi. Insonlarni esa «ilohiy odam», «erdagi odam»ga bo’ladi. Avgustin qarashlariga Platonning ikki dunyo; Stoiklarning ikki polis to’g’risida, zardushtiylarning bir - biriga qarama - qarshi ikki asos (yaxshilik va yomonlik) to’g’risidagi qarashlarining ta’siri borligi ko’rinib turadi.
Ma’lumki, islom manbalarida «xalif», «amir», «imom» kabi tushunchalar hokimiyat sub’ektlari, davlat hokimiyatini yurituvchi shaxslarga nisbatan ishlatilgan.
Muhammad (S. A. V) dan keyingi to’rt xalifa - Abu Bakr Umar, Usmon, Ali ham hokimiyatning diniy va dunyoviy asoslarini o’zaro yaxlit holda birlashtirganlar. Alidan so’ng taxtga kelgan xalif dunyoviy davlat tamoyillariga alohida e’tibor bera boshlaydi. «Amir» dinning himoyachisi unvoniga sazovor bo’lgan, dunyoviy va davlatga xos ishlarini ham o’zaro bog’liq tarzda amalga oshirgan.
F.Akvinskiy (1225-1274 yillar) ning siyosiy qarashlari o’rta asrda diniy an’analardagi siyosiy qarashlarning eng cho’qqisi deb baholangan. Hayotligi davridayoq Rim katolik cherkovining «doktori» faxriy unvoniga muyassar bo’lgan. Uning qarashlari XIX asrda Rim papasi Lev - XIII tomonidan «katolitsizmning yagona haqiqiy falsafasi», deb e’lon qilingan. F. Akvinskiy hokimiyatni talqin etishning ilohiy nazariyasini ifodalab, uch elementning bir-biridan farqini ko’rsatadi: mohiyat, shakl (ega bo’lish va tuzilish) va foydalanish. Hokimiyat o’z mohiyatiga ko’ra ilohiylikning o’rnatilishidir. SHuning uchun u insonlarga yaxshilik, ezgulikni olib keladi. Faqat hokimiyatning konkret shakli, hokimiyatga ega bo’lish usullari, uning tuzilishi va undan foydalanish Allohning g’oyalariga zid, adolatsiz bo’lishi mumkin, deb hisoblagan. Siyosiy qarashlaridagi diniy an’analar amaliy hayotda ham o’z ifodasini topadi. Masalan, turli mamlakatlarda, dunyoviy dinlar ko’rinishlari bilan mos ravishda din bilan davlat o’rtasida o’ziga xos munosabat bo’lib, CHerkov bilan podshoh o’rtasida, ruhoniylar bilan shohlar, amirlar, xalifalar o’rtasida hokimiyat uchun nizolar va o’zaro kelishmovchiliklar bo’lib turgan. Bu o’rta asrlarda asosan teokratik davlat hokimiyati ko’rinishini olgan.
Davlatni boshqarishda Konstitutsiyaviy asosga o’tilgandan keyingina din va davlat munosabatining huquqiy asoslari aniq ko’rsatila boshladi. Din davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Bugun O’zbekiston Respublikasi ham Konstitutsiya asosida, dunyoviy davlat qurish vazifalarini amalga oshirmoqda. Konstitutsiyaning 61-moddasida ham «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan, hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi», deb qayd etilgan. Bu davlat va dinning o’zaro munosabatlarini belgilab berish uchun asos hisoblanadi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish