O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat


Ijtimoiy va ommaviy jamoat tashkilotlari – siyosatning sub’ektlari sifatida



Download 425,5 Kb.
bet55/85
Sana03.06.2022
Hajmi425,5 Kb.
#633513
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
Bog'liq
Политология маруза

2. Ijtimoiy va ommaviy jamoat tashkilotlari – siyosatning sub’ektlari sifatida
Jamiyat hayotida ko’p sonli ijtimoiy va ommaviy jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi, ular bevosita siyosatning sub’ektlaridir. Ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan maqsadlarni amalga oshirish uchun fuqarolar tomonidan ixtiyoriy tarzda tuzilgan uyushmalar ijtimoiy va ommaviy jamoat tashkilotlari deb ataladi. Ijtimoiy va ommaviy jamoat tashkilotlari o’z maqsad va vazifalariga ko’ra har bir mamlakatda ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan siyosatda bevosita qatnashadi. Bu tashkilotlarning shakllanishi uzoq tarixiy taraqqiyot natijasidir. Masalan, qadimgi quldorlik davlatlarida quldorlar sinfining yuqori qatlamlariga mansub bo’lmagan ozod fuqarolar, ozod ishlab chiqaruvchilar o’z manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni himoya qiluvchi ijtimoiy jamoat tashkilotlarini tuzib, jamiyat siyosiy tizimining amal qilishi jarayonida u yoki bu darajada ishtirok etganlar.
Ijtimoiy tashkilotlar bilan ommaviy jamoat tashkilotlari aynan bir xildagi tashkilotlar emas. Ijtimoiy tashkilotlar ommaviy tashkilotlardan o’zining jamiyat siyosiy tizimida tutgan mavqei, olib boradigan ishlarining ko’lami, maqsad-vazifalari, jamiyat siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlaridagi ishtiroki bilan ommaviy jamoat tashkilotlaridan farq qiladi. Ommaviy jamoat tashkilotlari ijtimoiy tashkilotlarga nisbatan juda ko’p sonli bo’lib, ular jamiyatning barcha sohalarida ish olib borayotgan fuqarolarning nisbatan kichikroq uyushmalarini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy tashkilotlar va ularning turlari quyidagilardan iborat. Avvalo, bu tashkilotlar jamiyat siyosiy tizimida davlat va siyosiy partiyalardan keyin muhim o’rin egallaydi. Ular:
1. Kasaba uyushmasi tashkilotlari. Bu ijtimoiy tashkilot bo’lib, o’z saflarida 7,5 mln. dan ortiq aholini birlashtirgan (1997), 53 mingdan ko’p boshlang’ich tashkiloti mavjud bo’lib, uning tarkibida 21 ta tarmoq uyushmalari bor. Mustaqillik yillarida birinchi marta «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlanganligi» to’g’risida qonun qabul qilindi. O’zKUTlari tizimida 450 dan ko’proq madaniyat saroyi va uyi, klublar, 338 ta kinoqurilma mavjud, 2 mln. dan oshiq kitob jamg’armasiga ega bo’lgan 400 dan ziyod klubxona faoliyat ko’rsatmoqda. Mingdan oshiq to’garak va badiiy havaskorlik jamoalarida 30 dan ziyod havaskor ishtirok etmoqda. O’zKUTlari:
1) Hukumat tarmoqlarining rahbarlari, mulkchilikning barcha shakllari rahbarlari va tadbirkorlar bilan yirik bitim va jamoat shartnomalari tuzadi.
2) Ijtimoiy sug’urta mablag’larining bir qismini tasarruf etadi.
Kasaba uyushmalari tashkiliy-siyosiy kurashga uyushqoqlik asosida yetakchilik qiladi va ko’p hollarda o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. Jamiyat taraqqiyotida shunday voqealar ham sodir bo’lganki, kasaba uyushmalari mustabid tuzumga qarshi demokratik siyosiy tuzumni o’rnatganlar va davlat boshqaruvini qo’lga kiritganlar. Masalan, 1974 yilda Germaniyadagi «qora polkovniklar» diktaturasining qulashi va demokratik siyosiy tuzum o’rnatilishiga kasaba uyushmalari uyushtirgan va boshqargan ish tashlashlar sabab bo’lgan. Polpsha Xalq Respublikasida «Birdamlik» kasaba uyushmasi uzoq yillar davomida olib borgan kurashi natijasida siyosiy hokimiyatni o’z qo’llariga olgan edi.

Download 425,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish