O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Download 8,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/126
Sana31.05.2022
Hajmi8,76 Mb.
#622276
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126
Bog'liq
fayl 1789 20210911

Issiqlik o’tkazuvchanlik
– materialni chegaralab turuvchi 
yuzalarda temperatura turlicha bo’lganda o’z qatlami orqali issiqlik 
uzatish xossasidir. Materialning issiqlik o’tkazuvchanligi qalinligi 1 m, 
yuzasi 1 m

bo’lgan material orqali, devor qarama-qarshi yuzalari 
temperaturasi farqi 1ºS bo’lganda, 1 soat ichida o’tadigan issiqlik 
miqdori bilan baholanadi.
Materialning issiqlik o’tkazuvchanligi ko’p omillarga materialning 
xususiyatiga, uning tuzilishiga, g’ovakliligiga, namligiga, shuningdek, 
issiqlik uzatish sodir bo’ladigan o’rtacha temperaturaga bog’liq. Kristall 
tuzilishiga ega materialning issiqlik o’tkazuvchanligi tuzilishi amorf 
materialning issiqlik o’tkazuvchanligi odatda yuqoriroq bo’ladi. 
Materialning 
issiqlik 
o’tkazuvchanligiga 
g’ovaklik 
miqdori, 
g’ovaklarning o’lchamlari va xarakteri ancha ta’sir qiladi. 


16
O’tga chidamliligi
deb materialga yuqori temperatura uzoq vaqt 
ta’sir qilganda erimasdan va shakli o’zgarmasdan chidash xossasiga 
aytiladi. O’tga chidamlilik darajasiga ko’ra materiallar olovga chidamli, 
qiyin eriydigan va oson eriydigan materiallarga bo’linadi. 
O’tga chidamli materiallar 1580ºС dan yuqori temperaturalarning 
uzoq muddatli ta’siriga chidamlidir. Ular sanoat pechlarining ichki 
yuzalarini qoplash uchun ishlatiladi. Qiyin eriydigan materiallar 1350 va 
1580ºС gacha temperaturaga bardosh bera oladi. Oson eriydigan 
materiallar 1350ºС dan past temperaturada yumshaydi. 
1.3. Materiallarning mexanik xossalari 
Materiallarning mexanik xossalari tashqi kuchlarning yemiruvchi 
va shaklini buzuvchi ta’siriga qarshilik ko’rsatish xususiyatlaridir. 
Mexanik xossalar mustahkamlik, egiluvchanlik, plastiklik, mo’rtlik, 
zarbga qarshiligi, qattiqligi, ishqalanib yedirilishi, yeyilishi va 
hokazolardan iborat.
 
Materialning mustahkamligi tashqi kuchlardan vujudga keladigan 
ichki kuchlanishlar ta’siri ostida yemirilishga qarshilik ko’rsatish 
xossasidir. Bino va inshootlarda materiallar turli kuchlar ta’sirida har xil 
ichki kuchlanishlar (siqilish, cho’zilish, egilish, kesilish va boshqalar) ga 
duch keladi. Mustahkamlik ko’pchilik qurilish materiallarining asosiy 
xossasi hisoblanadi, muayyan kesimda ayni material o’ziga olishi 
mumkin bo’lgan yuklamalar kattaligi uning qiymatiga bog’liq bo’ladi. 
Qurilish materiallari kelib chiqishi va tuzilishiga qarab turli 
kuchlanishlarga turlicha qarshilik ko’rsatadi. Masalan, mineral 
materiallar (tabiiy tosh, g’isht, beton va boshqalar) siqilishga yaxshi, 
kesilishga deyarli yomon va cho’zilishga bundan ham yomon qarshilik 
ko’rsatadi, shu sababli ulardan, asosan, siquvchi kuch ta’siriga 
uchraydigan 
konstruktsiyalarda 
foydalaniladi. 
Boshqa 
qurilish 
materiallari (metall, yog’och) ning siqilish, egilish va cho’zilish 
xususiyati yaxshi, shu sababli ular eguvchi kuch ta’siriga uchraydigan 
turli konstruktsiyalarda (balkalar, fermalar va shunga o’xshashlar) 
muvaffaqiyatli ishlatiladi. 
Materialning mustahkamligi mustahkamlik chegarasi bilan 
tavsiflanadi. Mustahkamlik chegarasi deb material namunasini yemira 
oladigan kuchga teng bo’lgan kuchlanishga aytiladi. Siqilishda R
siq 
yoki 
cho’zilishda R
cho’z
mustahkamlik chegarasi (MPa) quyidagi formula 
bilan hisoblab topiladi: 
R
siq 
(R
cho’z 
) = R / F, 

 
(1.7) 


17
bu yerda: 
R
– yemiruvchi kuch, N; 
F
– namuna ko’ndalang kesimining 
yuzasi, mm
2

Ba’zi 
materiallarning 
siqilish, 
egilish 
va 
cho’zilishga 
mustahkamlik chegaralari 1.3-jadvalda keltirilgan. 
Qurilish materiallarining mustahkamligi odatda markasi bilan 
belgilanadi. Marka qiymati bo’yicha standart shakl va o’lchamli 
namunalarni sinashda olingan siqilishga mustahkamlik chegarasiga 
muvofiq bo’ladi. Tosh materiallar uchun quyidagi markalar belgilangan: 
4, 7, 10, 15, 25, 35, 50, 75, 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 
1000. Masalan, siqilishga mustahkamlik chegarasi 20 - 29,9 MPa 
bo’lgan materiallar 200 markaga taalluqli bo’ladi. Ko’tarib turadigan 
konstruktsiyalar tayyorlanadigan materiallar, buyumlar va detallar uchun 
mustahkamlik markasi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. 
Ba’zi materiallarning mustahkamligi 
1.3-jadval 
Materiallar 
Mustahkamlik chegarasi, MPa 
siqilishga 
egilishga 
cho’zilishga 
Granit 
150 – 250 
– 
3 – 5 
Og’ir beton 
10 – 50 
2 – 8 
1 – 4 
Keramik g’isht
7,5 – 30 
1,8 – 4,4 
– 
Po’lat 
210 – 600 
– 
380 – 900 
Yog’och-taxta 
30 – 65 
70 – 120 
55 – 150 
SHisha plastika 
90 – 150 
130 – 250 
60 – 120 

Download 8,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish