O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLANGAN»
Universitet kengashining
2021 y. «__» __________ oyidagi yig`ilishi,
bayonnoma №____
o`quv ishlari bo`yicha prorektor
__________ dots. R.Shukurov
«___»_________2021 y
Fizika-ниях событие А осуществится ровно того, что при жет появиться либо не появиться. matematika fakul’teti
“Fizika” kafedrasi
5110200 – Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi
ta’lim yo`nalishi uchun
MALAKAVIY AMALIYOT
DASTURI
“MA’QULLANGAN”
Fakul’tet kengashining 2021 y.
«____» avgust yig`ilishi, bayonnoma №______
Kengash raisi: ________ Q.G`oziyev
«_____» _______________2021 y
|
“TAVSIYA ETILGAN”
Fizika kafedrasi 2021 y. «___» avgust yig`ilishi, bayonnoma № ____
Kafedra mudiri:
__________prof. K.Onarqulov
«_______» ______________2021 y
|
Farg`ona-2021
Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida»gi qonuni
va boshqa me’yoriy hujjatlar hamda «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy o`quv yurtlarida talabalarni “Malakaviy amaliyoti» haqidagi Nizomi va 5110200 -“Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi” ta’lim yunalishining malaka talablari asosida ishlab chiqildi.
Malakaviy amaliyotini o`tash muddati 14 hafta bo`lib, 7–o`quv semestrida o`tkaziladi. Dastur talabalarga amaliyotning maqsadi, vazifalari va uning mazmuni, hisobotlarni yozish va himoya qilish, shuningdek boshqa tashkiliy masalalar to`g`risida ma’lumot beradi.
Tuzuvchilar:
Onarqulov K.E - FarDU “Fizika” kafedrasi mudiri, f-m.f.d., professor
Yakubova Sh.K - FarDU “Fizika” kafedrasi dotsenti, p.f.n
Yusupova D.A - FarDU “Fizika” kafedrasi dotsenti, f-m.f.n.
Dehqonova O.Q - FarDU “Fizika” kafedrasi o`qituvchisi
Takrizchi:
M.M.Sobirov - “Fizika” kafedrasi dotsenti, f-m.f.n.
K I R I SH
Malakaviy amaliyot dasturi O`zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda tasdiqlangan “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623-son “Malakaviy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 287-son “O`zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko`nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to`g`risida”gi qarorlarida ko`rsatilgan oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ta’lim muassasalarida o`tkazishni samarali tashkil etish, har bir talabaning tegishli sohaning muayyan ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda o`tkazilishini tashkillashtirish, ustoz-shogird tizimi asosida o`tilishini ta’minlash hamda talabalarni ta’lim muassasasi yangi me’yoriy hujjatlari, zamon talablariga mos keladigan dars o`tish uslublarini tajribali o`qituvchilardan o`rganish hamda zamonaviy informatsion va ilg`or Malakaviy texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo`llash kabi belgilangan vazifalar amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |