VI. Amaliyot o`taydigan ta’lim muasasasi tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari vazifalari Ta’lim muassasasi tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi:
talabalarni o`z vaqtida mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi nizomlar bilan tanishtirish;
amaliyot o`tkazish davrida talabalarga yaratib berish;
talabalarni har kunlik ishiga rahbarlik qilish;
amaliyot joyi faoliyati va uni boshkarish bo`yicha ma’lumotlar berish;
talabalarni jamoat va tarbiyaviy ishlariga qatnashishini tashkil qilish;
talabalarning amaliyot bo`yicha tuzgan hisobotlarini kuzatib borish;
amaliyotning sifatini yanada yaxshilash bo`yicha takliflar kiritish.
talaba uchun amaliyot bo`yicha tavsifnomasini yozish.
Malakaviy amaliyot davrida bajaradigan ishlar mazmuni: Amaliyot o`tkaziladigan muassasa bilan tanishish;
Hayot faoliyati xavfsizligi masalalari yuzasidan suhbat o`tkazish;
Talabalarni sinflarga bo`lish va sinf rahbarining ish rejalari bilan tanishtirish, ulardan talaba uchun reja tuzdirish;
Umumiy o`rta ta’lim va o`rta maxsus ta’limdagi fizika va astranomiya ta’limi mazmuni, davlat ta’lim standartlari, fan dasturlari bo`yicha ish yuritish;
Sinf-dars tizimiga rioya qilgan holda fizika va astronomiya fanlari bo`yicha reja- konspekt, kalendar-reja asosida dars o`tish;
Kundalik.com web saytida ishlashni o’rganish;
Sinf rahbari tomonidan o`tkaziladigan sinf soatlari, majlislari, suhbatlarida ishtirok etishi, biriktirilgan sinf darslarida, predmet o`qituvchilari darslarida ishtirok etish va ularni birgalikda tahlil qilish;
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillashda ishtirok etish;
An’anaviy va zamonaviy metod hamda texnologiyalarni dars jarayonida qo`llash;
Fizikaga bag`ishlangan konferensiya o`tkazish;
Fizika o`qitishning turli usullarini, o`quvchilar bilan muloqotni, erkin holda ko`rgazma qurollarini tayyorlashni, zamonaviy interaktiv usullar va o`qitishning texnik vositalaridan foydalanishni ta’minlash;
O`quvchilar bilimini baholash usullarini bilish va ulardan foydalana olish, o`qitishning turli usullarini qo`llab fizika darsini o`tish ko`nikmalariga ega bo`lish;
Dars jadvali tuzish jarayoni bilan tanishish;
Jadval asosida talabalarni o`zaro darsga kirishlarini tashkillash va darsni tahlil qilishni o`rganish;
Laboratoriya va namoyish tajribali darslarni kuzatish, zamonaviy texnika va uskunalar bilan tanishtirish, turli xil o`lchov asboblarini mustaqil qo`llay bila olishni o`rganish;
Laboratoriya ishlarini o’tazishni va asboblarni ishchi holatga tayyorlashni o’rganish;
Sinf xonasida muomala va dars o`tish ko`nikmasi, malakasiga ega bo`lish.
Fizikaga bag’ishlangan to’garaklani tashkil qilishni va hujjat ishlarini o’rganish;
Fizikaga bag’ishlangan kechalar tashkil etish va o’tkazish;
Sinov darslarini o`tishdan oldin yangi Malakaviy texnologiya asosida dars o`tishlariga tayyorgarlik ko`rish;
Zamonaviy kompyuter texnikasi va informatsion tizimidan foydalana olishni ko`nikmalariga ega bo`lish;
Olingan nazariy bilimlarni qo`llagan holda o`quvchilarga fizika fanini taraqqiyoti va uni halq xo`jaligidagi roli haqida davra suhbatini tashkillash va o`tkazish;
O`tiladigan mavzularga animatsiyala elektron versiyalar tayyorlash;
Ochiq darsni Malakaviy texnologiya asosida dars o`tishga tayyorgarlik ko`rish;
Amaliyotni yakuniga bag`ishlangan konferentsiya o`tkazish.
Malakaviy amaliyot bo`yicha talabalar bilim, malaka va ko’nikmalarini baholash mezoni
Amaliyot davomida oliy ta’lim muassasasida olingan barcha nazariy, amaliy bilimlar va o`qituvchilik kasbi bo`yicha orttirilgan ko`nikmalar bevosita o`quv tarbiya jarayonida sinab ko`riladi. O`quv fanlaridan olingan bilimlar bilan bir qatorda Malakaviyadan, tarbiya nazariyasi va amaliyoti, o`qitish uslubiyoti bo`yicha bilimlarni amaliyotda qo`llashda ijodiy yondashish darajasi sinab ko`riladi.